Samarqand kompyuter texnologiyalari va gidromelioratsiya kolleji periferiya va ofis qurilmalarini tamirlash



Download 1,52 Mb.
bet16/75
Sana31.12.2021
Hajmi1,52 Mb.
#217586
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   75
Bog'liq
periferiya qurilmalari

Faksimil axborotni uzatish

    Yeng avvalo uzatiladigan hujjatni ye’tibor bilan tayyorlash lozim.

Uzatilayotgan hujjat o’lchamini sizning uzatayotgan apparatingiz va qabul qilayotgan faksapparat imkoniyatlari bilan moslashtirish kerak.

Agar hujjat o’lchani apparatingiz imkoniyatlaridan kattaroq bo’lsa, uni masshtabli nushalash yo’li bilan kichraytirish, yoki qismlarga bo’lish va har bir qismni alohida nusholash kerak yoki oddiygina qilib alohida qismlarga bo’lish, keyin yesa qismlar bo’yicha uzatish kerak.

    Xususan, Xerox 7210 telefaksi kengligi 216 mm gacha va uzunligi 1500 mm gacha bo’lgan hujjatlarni uzatish imkonini beradi.

    Ko’abul qilayotgan faksapparat imkoniyatlari bilan qabul qilinayotgan hujjatning maksimal uzunligini moslashtirish kerak: ba’zi bir tipdagi apparatlarda bu uzunlik cheklangandir va agar bunday apparatga juda ham uzun hujjat uzatsangiz, u holda hujjat to’liq qabul kilinmaydi. Standart A4 o’lchamli hujjatlar (210x297 mm) amalda istalgan telefaksda qabul qilinadi, shuning uchun hujjatlarni aynan shunday standart o’lchamda uzatishga harakat qiling.

    Qog’oz sifatiga ham ye’tibor berish talab yetiladi: rijimlangan qog’oz, juda qalin yoki aksincha, juda yupqa qog’oz hujjatning tiqilib qolishi yoki yezilishiga olib kelishi mumkin. Uzatilayotgan hujjatda begona narsalar: kiskichlar, changaklar, knopkalar va sh.o’., bor-yo’qligini diqqat bilan tekshirish tavsiya yetiladi, ular faqat hujjatnigina yemas, balki faksimil apparatning o’zini ham buzib qo’yishi mumkin.

    Uzatishga tayyorlangan hujjatni matmini pastga qaratib kirish ariqchasiga qo’yish va yo’naltirgichni hujjat kengligi bo’yicha sozlash kerak. Ko’pchilik faksapparatlar 5-10 ta va undan ko’p varag’ni avtouzatkichiga yega, shuning uchun tayyorlangan hujjatlarni unchalik ko’p bo’lmagan to’plamini birdaniga qo’yish mumkin. Xerox 7210 apparatida uzatuvchi ariqchaga birdaniga 5 varaqni qo’yish mumkin.

    Uzatish sifati rejimlarini o’rnatish tavsiya yetiladi:

— agar hujjat juda ham och rangda bo’lsa, LIGHT knopkasini bosish kerak;

- ajratish qobiliyatining tanlangan rejimi knopkasini bosish kerak, bunda yuqori sifatli rejimlarni tanlashni suiiste’mol qilmaslik kerak, negaki ular katta uzatish vaqtini talab yetadi; odatda standard rejimlari bilan chegaralanish tuda etarlidir, kichik detallarga yega bo’lgan hujjatlar uchun yesa fine rejimi kifoya.

    Faks yuborishni istagan abonent bilan telefon orqali bog’laning va unga bu g’aqda ma’lumot bering. Trubkada faks xabarini paydo bo’lishini kutib, START knopkasini bosing va telefon trubkasini joyiga qo’ying.

Agar abonentingizning faksapparati ulanganligiga ishonsangiz, telefon trubkasini ko’tarmasdan uning telefon nomerini terib, START knopkasini bosishingiz mumkin.

    Agar abonent nomeri tezkor terish klavishasida yeslab qolingan bo’lsa, u holda bu klavishani bosib, qabul qilayotgan tele-faks nomerini kiritishingiz mumkin.

 

Hujjatlarni nusholash



    Hujjatlarni nusholash uchun:

• nusxa olinayotgan hujjat qog’ozining sifatini va hujjatda begona yelementlar yo’qligini tekshiring;

• telefaks qog’oz bilan ta’minlanganligini tekshiring va agar yo’q, bo’lsa qog’oz bilan ta’minlang;

• nusxa olinayotgan hujjatni kirish ariqchasiga matmini pastga qaratib qo’ying;

• COPY knopkasini bosing;

• tayyor nusxani uzib oling yoki oddiygina oling.

    Shuni nazarda tutingki, termografik faksapparatlarda hujjatlarni nusholash iqtisodiy tomondan foydali yemas (juda ham qimmat qog’oz).

 

Faksimil servis-tizimlar



    Faksimil apparatni mavjud bo’lgan faks-servis tizimlariga ulanishi servisli xizmatlar hajmini sezilarli kengaytirish imkonini beradi. Rossiya, MDH, mamlakatlari va uzoqdagi chet yelning 500 dan ortiqroq shaharlaridagi hamma yirik korxonalarni qamrab olgan umumrossiya kengaytirilgan faks-servis tizimi o’zining barcha abonentlariga quyidagi xizmatlarni ta’ninlaydi:

• olinganligi to’g’risida tasdiqlash bilan hujjatlarni yuborish uchun ixtiyoriy faksapparat yoki SHYeHM tizimiga murojaat qilish;

• hujjatlarni dargox yoki kechiktirib yeltish — etkazish kuni va vaqti jo’natuvchi tomonidan muloqat qilish rejimida beriladi;

• oldindan tuzilgan ro’yxat bo’yicha hujjatlarni avtomatik; aylanma (cirkulyar) yuborish;

• uzatilayotgan ma’lumotning maxfiyligi (abonentning identifiqatori va paroli bo’yicha);

• abonent buyro’g’ining bajarilish natijasini (hujjat yeltib berilgan yoki yeltib berilmagan), kun va vaqtini ko’rsatib hamda hujjat yeltib berilmaganligi sababini ko’rsatgan holda kvitanciya berish;

• boshlovchi foydalanuvchilar uchun rus va ingliz tillarida spikerfon bo’yicha tovushli aytib turish.

CHet yelda faksimil tizimlar bizdagiga nisbatan birmuncha yaxshi rivojlangan. Ko’pchilik mehmonxonalar, ayeroportlar, ko’plab korxonalar foyesida va boshqa jamoat joylarda faksimil apparat xizmat ko’rsatilmaydigan xonalarga o’rnatiladi. Ular taksofonlar kabi tamoyil bo’yicha ishlaydi. Ko’pincha faksimil kabinalar ikkita telefon liniyasiga yega bo’lib, ularda bir vaqtning o’zida faks uzatish va telefonda so’zlashish mumkin.

    Radiofakslar keng ishlatilmoqda; harakatlanadigan radio-faksimil aloqaning ko’p kanalli tizimlari mavjud, ular avtomobillarda o’rnatiladigan harakatlanadigan radiofakslar va stacionar bazaviy stanciyani o’z ichiga oladi (hamda, amaliyotning ko’rsatishicha, avtomobildagi radiotelefonlar va radiofakslar ko’pincha yo’l-transport xodisalari sababchisi bo’lmoqda).

O’zini kompyuteriga yega bo’lgan uyali intellektual radiotelefon-fakslar mavjud — yelektron kotiblar (PDA); IBM firmasi shunga o’xshash Simon apparatini ishlab chiqardi, mutaxassislarning fikricha, ular PDA ni siqib chiqarishga qodirdir.

Qo’lyozma xabarlarini va qo’lda bajariladigan sxemalarni uzatish uchun ishlatiladigan telefonli faksimil qo’shimcha qurilmalar (pristavkalar), imzolarni uzatish uchun yesa aslini olganda teleavtograf qo’shimcha qurilmalar chiqarilmoqda. Bunday qo’shimcha qurilma, bu kompyuter — telefonga ulanuvchi yelektron daftarcha. Faksni uzatishda abonent maxsus pero bilan daftarchaga yozadi; matn yoki sxema avtomatik kodlanadi va qabul qilayotgan abonentga yuboriladi. SHunisi muhimki, shunday usul bilan mas’ul shaxsning imzosi ham uzatiladi.

 

Kompyuterli faksimil tizimlar



    Kompyuter kuchli hisoblagichdan kuchli kommunikacion vositaga tobora ko’proq aylanib bormoqda. Haqiqatan ham, turli xil axborot-hisoblash tarmoqlaridan butun dunyoning yeng uzoqdagi manzillariga axborotlarni yuborish va olish mumkin, yuzlab va ninglab abonentlar bilan ma’lumotlar va dasturlar almashish mumkin, tezkor xizmat tizimidan ixtiyoriy ma’lumotnoma axborotlarini olish mumkin.

    Yuqorida aytilganidek, kompyuter abonentlik telefon tarmog’iga ulanishi va bu tarmoqning boshqa abonentlariga murojaat qilishi mumkin hamda bu tarmoq bilan ishlovchi yelektron pochta, teletayp va telefakslarga ulanishi ham mumkin (shunday servis tarmoqlari holitdan bor: «Rosnet», REX 400 va boshqa tarmoqlar).

    Faksmodemli kompyuter telefaksga qaraganda birmuncha ishonchliroq («qog’ozni chaynamaydi») va turg’unroq ishlaydi, ko’pgina qo’shimcha ushbu servis xizmatlarini ta’minlaydi: kompyuter vositalarini hamma xazinasini ishlatib, faks matnlarini yanada qulayroq va samaraliroq avtomatik tayyorlash; yelektron pochta, teleks va kompyuterning ma’lumotlar bazasi bilan integraciyasi; juda rang-barang foydali ma’lumotlarni o’z ichiga oluvchi katga sig’imli yelektron ma’lumotnoma kitobining borligi; faksga xodimlarning va tashqi abonentlarning murojaat qilish huquqini ajratib qo’yish; aloqa qog’ozlarining o’tishini nazorat qilish; faks bilan ishlashni to’liq statistikasi va sh.o’.

    Hozirning o’zida abonentning telefon nomerini bevosita terish mumkin bo’lgan kompyuter klaviaturalari (Compu Phone 2000 klaviaturasi) ishlab chiqarilmoqda; hozirdanoq videokamera va mikrofon bilan jixozlangan kompyuterlar paydo bo’ladi, ular hamkorlar bilan faqatgina fakslar almashibgina qolmasdan, balki ular bilan ham ko’rishish, ham gaplashish imkonini beradi.

    Yendi, nima uchun telefon va faksimil apparatlarni modemli, skanerli va printerli shaxsiy kompyuterga almashtirib bo’lmaydi, ayniqsa, SHK o’zini xurmat qiladigan istagan firma kotibasining stolida bor bo’lsa? Nega yendi, yanada samaraliroq, ishonchliroq va tezkorroq, arzonroq bo’lgan kompyuterli telefoniyadan foydalanish mumkin yemas yekan.
4-Mavzu: SKANER QURILMASI


Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish