HUJJATLARNI QAYTA ISHLASH VOSITALARI
Zamonaviy korxonalarda hujjatlar tayyorlash tartibini, (shakl berishni, ko’rgazmali ko’rsatish va axborotlarni amalda ko’llash) bir xillashtirishga katta etibor berilmoqda. SHu maqsadda hamma hujjatlar (hisobotlar, reklamalar va boshqalar) dan nusxa olinib ko’paytirilgandan keyin komplektlanadi, muqovalanadi va foydalanuvchilar, texnik arxiv va mikrofilmlashtirishga beriladi.
Bezash, muqovalash ishlarini avtomatlashtirish uchun katta
hajmdagi texnik vositalaridan foydalaniladi. Bularga adreslaydigan va markirovka qiladigan mashinalar, jo’valaydigan, varaqlarni tanlab ajratadigan kurilmalar, kesuvchi, risolalovchi va muqovalovchi uskunalar, laminatorlar va boshqa ko’plab qurilmalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |