Faksimil xabarlarni uzatish standartlari
Xabarlarni uzatish standarti
|
A4 Hujjatlarni yzatish vaqti (210x297),s
|
Ajratish qobiliyati, mm da nuqtalar
|
Analogli chastota- modulyacitalangan signallar
|
360 gacha
|
4tadan
|
Analogli ampletuda- modulyacilangan signallar
|
180 gacha
|
4tadan
|
Axborotni siqib raqamli kodlash
|
60 gacha
|
7-9
|
Yuqori tezlikni raqamli uzatish
|
5-10
|
16 gacha
|
Faksimil apparatlari ma’lumotlarni uzatish tezligini, agar qabul qilayotgan telefaks yoki aloqa kanali yuqori darajali xalaqitlarga yega bo’lsa, avtomatik o’rnatishi mumkin. Bu holatlarda odatda boshida maksimal o’rnatilgan uzatish tezligi, qabul qilayotgan telefaks tasdiqlagan axborotlarni ishonchli qabul qilishga yerishmagunga qadar pasayadi (uzatish seansi boshida uzatayotgan telefaks maxsus signal yuboradi; qabul qilayotgan apparat bu signalni tushunganidan keyin, axborotni qabul qilganlik xabarini yuboradi).
Masalan, A4 o’lchamdagi matnli hujjatni uzatish vaqti, uzatish tezligi 9600 bit/s bo’lganda, 20 sekundni tashkil yetadi, lekin aloqa kanalining sifati pastligi tufayli uzatish tezligi 4800 bit/s gacha pasaysa, hujjatni uzatish vaqti ikki marta ortadi, tezlik 2400 bit/s bo’lganda yesa 4 marta ortadi, ya’ni hujjat 1 minutdan ortiqroq vaqt davonida uzatiladi.
Faksimil apparatlar ishlatadigan ajratish qobiliyati rejimlari:
• Standard — oddiy, ajratish qobiliyati 100x200 dpi;
• Fine (high) — sifatli (yuqori), ajratish qobiliyati 200x200 dpi;
• Superfine (super high) — yuqori sifatli (o’ta yuqori), ajratish qobiliyati 400x200 dpi;
• Halftone (Photo) — yarim ochiq, rangli (fotorejim), qo’l rangning 64 tagacha (darajasi).
Yuqorida aytilganlarni tushuntiramiz.
Faks-hujjatning to’la satri qog’oz varaqa yeni 210 mm bo’lganda 1600 ta yelementdan tashkil toptan, ya’ni faksning ajratish qobiliyati satr bo’ylab (gorizontal bo’yicha) deyarli har doim 1 dyuymga 200 ta yelement (nuqtalar) yoki 200 dpi (dot per inch — dyuymda nuqtalar; 1 dyuym 25,4 mm) — 1 ta yelement taxminan 1/8 mm joy oladi.
Oddiy rejimda qog’ozning siljish qadami 1/4 mm ni tashkil yetadi (vertikal bo’yicha ajratish qobiliyati 100 dpi); sifatli rejimda — qadam 1/8 mm ni tashkil yetadi (ajratish qobiliyati - 200 dpi).
Yukori sifatli rejim ishlatilayotgan faksapparatga bog’liq ravishda 300—400 dpi ajratish qobiliyatiga yega.
Yarim ochiq rangli rejim qo’l rang tuslarini uzatishni ta’minlaydi va kerak bo’lganda yarim ochiq rangli fyutoso’ratlarni yoki rasmlarni uzatish uchun ishlatiladi. «qo’l rangni darajalash» yarim ochiq rangni tasvirlash imkoniyatini belgilovchi muxim kattalikdir. Fotoso’ratlar, rasmlar, reprodukciyalar, rangli hujjatlar oq-qora tasvirda uzatilishi mumkin va telefaks qo’l rang shu darajalashni (yarim ochiq rang, tuslarni) qanchalik ko’p miqdorda shakllantira olsa, uzatilgan tasvirning sifati shunchalik yuqori bo’ladi.
Shuni inobatga olish kerakki, ajratish qobiliyatining qanchalik sifatli rejimi qabul qilinsa, hujjatdan o’qilayotgan nuqtalarning soni shunchalik ko’p bo’ladi va butun hujjatni o’qib chiqishga shunchalik ko’p vaqt talab qilinadi. Ma’lumotlarni fine rejimida uzatish standard rejimiga nisbatan uzatish vaqtini taxminan ikki marta uzaytiradi, superfine rejimi yesa bu vaqtni 4 marta o’zaytiradi; halftone rejimida uzatish vaqti standart rejimga nisbatan yeng kanida 8 marta kattadir.
Umuman olganda, bir varaq hujjatni uzatishga sarflangan vaqt bu varaqning o’lchamlari, undagi tasvir harakteri, uzatish tezligi va o’tkazish tezligi rejimiga bog’liq.
Faksimil aloqa, agar YeHM faksmodem bilan jixozlangan bo’lsa, uzatilayotgan axborotni YeHM ga avtomatik kiritish uchun ishlatilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |