Majburiy sertifikatlashga turizm xizmatlarini taqdim etish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatni amalga oshirishga litsenziyasi mavjud bo‘lgan turizm faoliyati sub’ektlari tomonidan ko‘rsatiladigan turizm xizmatlari tortiladi.
Sertifikatlashni amalga oshirishda ko‘rsatiladigan xizmatlar tavsifi tekshirib ko‘riladi hamda quyidagilarga imkon beruvchi tekshirish usulla-ridan foydalaniladi:
-
xizmatlarni identifikatsiyalash (tenglashtirish, aynan o‘xshatish) ni o‘tkazish, jumladan, klassifikatsiya guruhlanishiga (OKUN) tegishli ekanini tekshirish;
-
sertifikatlanadigan turizm xizmatlarini me’yoriy hujjatlarda belgilangan majburiy talablarga mosligini tasdiqlash.
Boshqa tekshiriladigan ko‘rsatkichlar tarkibi turizm xizmatlarini sertifikatlash maqsadlaridan kelib chiqib, sertifikatsiya tekshiruvida aniqlanadi. Buning uchun bir necha sxemadan foydalaniladi.
№ 1 sxema xizmatlarni ijro etuvchi mahoratini, texnologik va me’yoriy hujjatlardagi bilimini tekshirish bilan bog‘liqdir. Xizmat natijalarini tanlab tekshirish bilan bir qatorda ijro etuvchini xizmat sifatini navbatdagi inspeksiya tekshiruvida ekspert baholashdan foydalaniladi. Pulli ekskursiyalar, dam olish kunidagi sayohat, tur byurolar uchun tavsiya etiladi.
№ 2 sxema. Yo‘llanmani sotishdan va sifat tizimi elementlarini o‘z ichiga olib to‘rning tugashiga qadar guruhlarni shakllantirishdagi xizmatlarni ko‘rsatish jarayonlarini baholashni ko‘zda tutadi:
-
turizm xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxona imkoniyatlari va iste’molchi talablari o‘rtasida farqlarni tartibga solish maqsadlarida (yo‘llanmani harid qilib olgunga qadar) taqdim etilayotgan turizm xizmatlari to‘g‘risida turistga ma’lumotlar berish jarayoni;
-
subpurdatchilar bilan shartnomalar tuzish bo‘yicha jarayonlar (turizm xizmatlarini realizatsiya qilishda o‘zaro hamkorlikda harakat qiluvchi tashkilotlar bilan shartnomalar tuzishdagi talablarni aniqlash: mehmonxonalar, transport korxonalari, sug‘urta kompaniyalari, umumiy ovqatlanish korxonalari va h.k.);
-
mos ravishdagi xodimni tanlashda, xizmatlarni taqdim etishda ishtirok etuvchi xodimlarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash bo‘yicha jarayonlar;
-
xizmalarni belgilangan talablarga mosligini tasdiqlash uchun taqdim etish jarayonida kerakli yozuvlarni yuritish bo‘yicha jarayon;
-
ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini belgilangan talablarga mosligini tasdiqlash maqsadida rahbariyat tomonidan tahlil o‘tkazish, aniqlangan nomuvofiqlik bo‘yicha va ishlarni yanada yaxshilash bo‘yicha takliflar hamda qarorlar qabul qilish.Turagentlik marshrutlari bo‘yicha turizm sayohatlari uchun tavsiya etiladi.
№ 3 sxema. Navbatdagi inspeksiya nazorati bilan xizmat natijalarini tanlab tekshirish bilan turizm korxonalarini attestatsiyadan o‘tkazishni ko‘zda tutadi. Mazkur sxema bo‘yicha sertifikatlashda korxonaga GOST 28681. -95 ga mos ravishda ma’lum kategoriya (yulduz) beriladi (taqdim etiladi). U mehmonxonalar, motellar va kempinglar uchun tavsiya etiladi.
Mehmonxonalar taqdim etadigan turizm xizmatlarini sertifikatlashni majburiy sharti bo‘lib, o‘z vakolatlari doirasida xavfsizlik uchun nazoratni amalga oshiruvchi mos ravishdagi davlat xizmatlari (yong‘inni o‘chirish xizmati, sanitar-tabbiy xizmatlar, texnik va boshqa nazorat organlari) hujjatli tasdig‘i bo‘lib hisoblanadi (ular xulosalarning mavjudligi). Bundan tashqari, mehmonxonalardagi ovqatlanish korxonalari muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lishlari kerak.
№ 4 sxema. Uni faoliyat ko‘rsatishini barqarorligi ustidan navbatdagi nazorat bilan sifat tizimini sertifikatlashtirishga yo‘naltirilgan. Bu sxema barcha turdagi turizm korxonalari va mehmonxonalari uchun zarur hisoblanadi, ammo, turizm byurolari uchun yanada afzalroqdir. Shunga qaramasdan ixtiyoriy sertifikatlash sxemasi sertifikatlashtirish bo‘yicha organlar bilan kelishuv bo‘yicha buyurtmachini aniqlaydi. Xizmatlar sifatini tekshirish uchun texnologik jarayonlar nazorati, xizmat ko‘rsatish jarayonini baholash, ijro etuvchilar mahorati (malakasi, uddaburonligi, ustaligi) tadqiqot va ijtimoiy (sotsiologik) so‘rov natijalari usullaridan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |