Kompaniyaning vazifalari va funksiyalari Quyidagilar Kompaniyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
turizm sohasida yagona davlat siyosati o‘tkazilishini ta’minlash, turistlik xizmatlar infratuzilmalarini shakllantirishga ko‘maklashish;
turizmni rivojlantirish davlat dasturlarini, turistlarning muhofaza qilinishi va xavfsizligini ta’minlash dasturlarini amalga oshirish;
turistlik xizmatlarni sertifikatlashtirish;
turizm sohasida reklama-axborot siyosatini amalga oshirish;
turizmni rivojlantirish sohasiga xorijiy kreditlar va investitsiyalarni jalb etish, xorijiy mamlakatlar, shuningdek xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikning uzoq muddatli dasturlarini rivojlantirish;
turizm sohasi uchun kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish chora-tadbirlari kompleksini amalga oshirish, turizm tarmoq fanini rivojlantirishga ko‘maklashish;
8. Kompaniya o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
O‘zbekiston Respublikasida turizmni rivojlantirishning asosiy strategik yo‘nalishlarini ishlab chiqadi;
turizmni rivojlantirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda katnashadi;
turistlik faoliyatni litsenziyalash bo‘yicha ishchi organ funksiyasini amalga oshiradi;
«Turizm to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq turistlik xizmatlarni sertifikatlashtirishni amalga oshiradi;
turizm sohasida statistik hisobot tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
turizm sohasida marketing tadqiqotlarini tashkil qiladi;
tahliliy ishlarni amalga oshiradi va respublikada turizmni rivojlantirishning asosiy tendensiyalari va prognozlarini belgilaydi;
turizmni rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi hamda maqsadli tarmoq va mintaqaviy dasturlar bajarilishini muvofiqlashtirishni tashkil qiladi;
turistlik xizmatlarning amalga oshirilishini reklama-axborot bilan ta’minlash faoliyatini amalga oshiradi;
xorijiy davlatlarning milliy turistlik ma’muriyatlari va ularning O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonalari bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
Butunjahon turizm tashkiloti hamda turizm bilan bog‘liq boshqa xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikni ta’minlaydi, ularda respublika manfaatlarini ifodalaydi;
turizm industriyasini rivojlantirishga investitsiyalar jalb etish ishlarida qatnashadi;
turizm infratuzilmasini rivojlantirish sohasidagi investitsiya loyihalarini ishlab chiqadi;
tashqi bozorda O‘zbekiston Respublikasi manfaatlariga rioya etilishini tahlil qiladi hamda uning asosida turizm sohasidagi salbiy holatlarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha xalqaro dasturlarni amalga oshiradi.
9. Kompaniya o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek, mintaqaviy bo‘limlar, tasarrufidagi boshqa tashkilotlar orqali bajaradi.