2.Asosiy qism - 2.1 Korxonada elektron biznesning mohiyati
- Telekommunikatsiyaning rivojlanishi hozirgi kunda butun dunyo bo‘ylab jismoniy shaxslar va kompaniyalar bir-biri bilan elektron aloqa kanallari orqali bog‘lanishiga olib keldi. Internet yagona axborot muhitni tashkil qilish vositasi bo‘lib, biznesni rivojlanishning yangi bosqichiga o‘tishga imkon berdi. Bir tomondan, u ishlab chiqaruvchilarga har xil imtiyozlar bilan iste‘molchilarning maksimal auditoriyasiga kirish imkoniyatini taqdim etdi. Boshqa tomondan, bu xaridorlarga elektron interfeyslardan foydalanib, o‘zlarining buyurtmalarini ishlab chiqarishni boshqarish tizimiga o‘zlari kiritish imkoniyatini berdi. Shunday qilib, so‘nggi yillarda elektron biznes va elektron tijorat yirik va kichik firmalar hamda jismoniy shaxslar hayotiga kirib keldi. Elektron tijorat elektron biznesdan nimasi bilan farq qiladi?
- Biznes - bu mulkdan foydalangan holda, tovarlarni sotishdan, ishlarni bajarishdan yoki xizmatlar ko‘rsatishdan muntazam ravishda foyda olishga qaratilgan va sub‘ektlar tomonidan o‘zlarining tavakkallari va javobgarligi ostida amaldagi qonunchilikka muvofiq bajariladigan tadbirkorlik faoliyati. Elektron biznes (e- biznes) - bu global axborot tizimlari imkoniyatlaridan foydalanadigan biznes. Boshqacha qilib aytganda, bu uning muhim qismi axborot texnologiyalari yordamida amalga oshiriladigan biznes yuritish shakli. Elektron biznesning asosiy tarkibiy qismlariga kompaniyani yagona axborot tarmog'i (intranet) asosida tashkil etish, yani ichki sohani va tarmoqlar va Internet orqali sheriklar, etkazib beruvchilar va mijozlar bilan tashqi o‘zaro aloqalar (extranet) kiradi.
2.2 Korxona elektron tijorati. - Elektron tijorat nima ekanligini tushunish uchun "tijorat" so‘zining etimologiyasiga murojaat qilish kerak. Frantsuz tilidan tarjimada "commerce" so‘zi o‘zbek tilida "savdo" degan ma'noni anglatadi. Elektron tijorat yoki elektron savdo (e-commerce) - bu elektron aloqa vositalaridan foydalangan holda mahsulotlar, xizmatlar va ma'lumotlarni sotib olish, sotish, o‘tkazish yoki almashtirish jarayoni. Elektron tijoratning boshqa ta‘riflari mavjud, masalan, bu foyda olish maqsadida tijorat faoliyati va kompyuter tarmoqlaridan foydalanish orqali tijorat tsiklni kompleks avtomatlashtirishga asoslangan.
- Iqtisodchilar elektron tijoratni "kompyuter tarmoqlari yordamida amalga oshiriladigan operatsiyalar, moliyaviy va savdo operatsiyalari bilan bog'liq barcha biznes jarayonlarni qamrab oladigan milliy iqtisodiyot sohasi" deb ta‘riflaydilar. “Elektron tijorat to‘g‘risida” Qonunning 3-moddasiga (385-O‘RQ, 22 may 2015 yil) muvofiq “Axborot tizimlaridan foydalangan holda amalga oshirilgan, tovarlarni sotish, ishlarni bajarish va xizmatlarga ko‘rsatishga doir tadbirkorlik faoliyati elektron tijoratdir
Do'stlaringiz bilan baham: |