O’zbekiston Respublikasi qonunlarida fuqaro muhofazasi tadbirlarini moliyaviy-iqtisodiy boshqarishni tartibga soluvchi qoidalar
Barqarorlikni saqlash va milliy xavfsizlikni ta’minlashning hal qiluvchi sharti jamiyatimizning siyosiy, iqtisodiy hayotini, ijtmioiy bahosini chuqur isloh qilish va yangilash hisoblanadi. Jamiyatimizni isloh qilishga prinsipial yondashish bu iqtisodiy o’zgarishlarning ustuvorligi, ma’muriy buyruqbozlik taqsimot tizimidan voz kechish hamda bozor iqtisodiga asoslangan ijtimoiy munosabatlarni shakllantirishdir. Davlat siyosati doirasida o’tkazilayotgan islohotlar, shu jumladan aholi va hududlarni FVdan xavfsizligini ta’minlashga yo’naltirilgan va moliyaviy barqarorlikka erishish maqsadidagi islohotlar butun iqtisodiyotni barqaror o’sishga ko’maklashadi.
Turli sohalarda katta yutuqlarga erishishgan XX asrda jahon sanoati 100 martadan ziyod o’sdi, aholi umri uzunligi 2 baravar ortdi. Biroq, aynan shu asrda insoniyat hozirgacha misli ko’rilmagan qo’lamga borib yetgan muammolarga duch keldi. Bu insoniyatning hayotiy faoliyatlan kelib chiqqan xavflarni to’satdan global xususiyatli bo’lib qolishi, insoniyatning o’zigina emas, va baliki atrof-muhitni ham, Yerdagi hayotni havf ostida qolishidir.
XX asrdagi shiddatli ilmiy-texnika taraqqiyoti tabiiy atrof muhitning buzilishiga va tabiatning o’z o’rnini mustaqil to’ldira olmaydigan darajaga olib keldi. Bu shahar havosini ifloslanishi, daryolarga chiqarib tashlangan chiqindilarni aholi salomatligiga ta’siri shaklida namoyon bo’lmoqda. Insoniyat ishlab chiqargan moddalarni anchagina qismi tabiatga yot bo’lib qolmoqda, ba’zi moddalarning tabiiy parchalanmas va qayta tiklanmasligini aytish lozim. Shuningdek XX asrda ilmiy-texnikaviy taraqiyot – qatta texnik tizimlar avariyasi xavfi ko’payishiga ham olib keldi va bu mashinalar miqdori, murakkabligi, quvvatini ularning hududiy konsentrasiyasini o’sishi, bilan belgilanadi. Keyingi bir-necha yillarda O’zbekiston hududida ro’y bergan FVga oid statistik ma’lumotlarni taxlili shuni ko’rsatdiki texnogen xususiyatli FV tabiiy xususiyatli FVdan 36 marta ko’p bo’lgan. Respublikamizda yuzaga kelgan texnogen xususiti FVning asosiy sabablari:
asosiy ishlab chiqarish fondlarini eskirishi;
modernizasiya qilish, ta’minlash profilaktika ishlarini kerakli hajmda bajarilmasligi;
ishlab chiqarishdagi xodimlarning malakasini yetarli emasligi;
havfsizlik texnikasi, yong’in havfsizligi va yo’l harakati qoidalarini qo’pol tarzda tuzilish;
hayot havsizligi asoslarini bilmaslik;
obyektlardagi rahbarlar va xodimlar FV yuzaga kelgandagi harakatqoidalarini yaxshi bilmasligidir.
FVda aholining va hududlarning havfsizligini ta’minlashga qaratilgan islohotlar kursi avvalo FVni oldini olish, ular miqdorini kamaytirish, avariya va halokat oqibatlarini yengillashtirish faoliyatiga qaratilishi kerak. Bunday vaziyatlar birinchi galda texnogen sohalarda kutiladi. Chunki iqtisodni isloh qilish ishlab chiqarishni modernizasiya qilish bilan, yangi havfsiz texnologiyalar qo’llash bilan chambarchas bog’liqdir. Havfsizlikni ta’minlash, aholi va hududlarni FVdan muofaza qilish yuzasidan har qanday faoliyat qat’iyan yuridik asosga ega bo’lishi kerak. Shuning uchun O’zbekiston Respublikasining «Aholini va hududlarni tabbiiy hamda texnogen xususiyatli FVdan muhofaza qilish» to’g’risida (1999 yil 20 avgust), «Fuqaro muhofazasi to’g’risida» (2000 yil 26 may) qonunlarga katta e’tibor berilmoqda. O’zbekiston Respublikasining «Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli Fvlardan muhofaza qilish to’g’risida»gi qonunda Respublika aholisi va hududlarini FVdan muhofaza qilishga qaratilgan tadbirlarni moliyaviy-iqtisodiy boshqarishni tartibga soluvchi moddalar (7, 9, 10, 11) bor.
Qonunning 7 moddasida «O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi FVlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurlar davlat rezervlari yaratilishini ta’minlaydi hamda ulardan foydalanish tartibini belgilaydi» deyilgan. Yuqorida zikr etilgan qonunning 9 moddasida «Vazirlar va idoralar FVdan muhofaza qilish sohasida moddiy va moliyaviy resurlar rezervlarini yaratishlari, FV oldini olish, bartaraf etish rejalariga ko’ra o’z tassarufidagi obyektlarda, unga tutish hududlarda avariya qutqaruv ishlari va kechiktirib bo’lmaydigan boshqa ishlarni tashkil etish, moliyalash va o’takzishni ta’minlashlari shartligi ta’kidlangan. Ushbu qonunning 10 modasida mahalliy davlat hokimiyati organlari FVlardan muhofaza qilish sohasida moddiy moliyaviy resurlar rezervlarini yaratishlari, FVning oldini olish, ularni bartaraf etish tadbirlarini moliyalashni amalga oshirishlari-belgilangan Qonunning 11 moddasi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarni FVdan muhofaza qilish majburiyatlari xodimlar, obyektlarni FVlardan muhofaza qilish choralarini rejalashtirishdan, moliyalashdan, amalga oshirishdan va moddiy, moliyaviy resurslarini yaratishdan iboratligi ko’rsatilgan.
Bu qonunning 26 moddasi muhim hisoblanib unda FVlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy rezervlar oldindan, FVlar ro’y berganda shoshilinch tarzda jalb etish maqsadida yaratilishi ko’rsatilgan.
«Fuqaro muhofazasi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonunida «Fuqarolar muhofazasini moliyaviy ta’minlash. Fuqaro muhofazasi obyektlari va mol-mulki» maxsus V bob mavjud. Bu bob O’zbekistonda fuqaro muhofazasini tashkil etishning moliya masalalarini tartibga solishga oid 21, 22 va 23 moddalarni o’z ichiga oladi. Qonunning «Fuqaro muhofazasini moliyalash» haqidagi 21 moddasida FMni moliyalash vazirliklar, idoralar va ular tasarrufidagi byudjetdagi tashkilotlarda viloyatlar, tumanlar va shaharlarda tegishlicha respublika yoki mahalliy byudjet mablag’lari hisobidan tashkilotlarda o’z mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi deyilgan. Shuningdek FMni moliyalash ijtimoiy fondlarining mablag’lari fuqarolarning ixtiyoriy badallari va boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilishi mumkinligi ta’kidlangan.
Bu qonunning «Fuqaro muhofazasi qo’shinlarining asosiy fondlari» degan 27 moddasida harbiy shaharchalarning turur joylari, imoratlar, FM harbiy qismlarining o’quv-moddiy bazasi obyektlari, moddiy va texnik vositalari davlat mulki bo’lib FM qo’shinlarini asosiy fondlaridir deyilgan. FM obyektlari va mol-mulkni davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining himoya inshootlari, boshqaruv punktlari, himoyalanish va radiasiya saqlanish joylari, mol-mulk va texnika saqlanadigan omborxona binolari, yakka muhofazalanish vositalari, radiasion, kimyoviy nazorat priborlari, aloqa va xabar berish priborlari va shuningdek tashkiliy mablag’lari tomonidan yaratilgan boshqa moddiy texnika vositalari tashkil etilishi qonunning «Fuqaro muhofazasi obyektlari va mol mulki» degan 23 moddasida aniq ko’rsatilgan. Qonularni samarali ishlashini iqtisodiy yo’lar va qoidalarni aniq ishlab chiqilmay turib ta’minlash mumkin emas.
FM iqtisodiy asoslari bu FV yuzaga kelishi havfining rasional (oqilona) darajasiga erishish imkonini beradigan iqtisodiy rag’batlantirish yoki tartibga solish, shuningdek bunday vaziyatlarni oldini olish, ularning bartaraf etilishi va oqibatlarini tugatilish yuzasidan samarali harakatlar tashkil etilishi umumiy me’yorlari va qoidalari o’rnatilishidan iborat.
Jahon tajribasida iqtisodiy mexanizm ishlab turishga asos qilib olingan muayan prinsiplar bor. Bizning Respublika uchun bu prinsiplar quyidagilar:
FVlar sodir bo’lishi havfini kamaytirish hamda ularning iqtisodiy baholashga asoslangan oqibatlarni kamaytirish;
FVDTning har qaysi darajada hyech bo’lmasa qisman o’z-o’zini qoplash va o’z-o’zini moliyalash sharoitida ishlash;
yetkazilgan zarar uchun yoki FVlar sodir bo’lgani uchun moddiy mas’uliyat tegishli korxona, tashkilot zimmasiga yuklatiladi;
FV bo’lishi havfini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar iqtisodiy rag’batlantirilishi kerak;
FV oldini olish, ular havfini kamaytirish va oqibatlarini bartaraf etish tadbirlariga investisiya qilishni iqtisodiy rag’batlantirish faoliyati tashkil etilishini ma’qulligi.
Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda bu sohaga nisbatan iqtisodiy ta’sir ko’rsatishning butun bir tizimi (sug’arta, lisenziyalash, delarasiyalash faoliyati, maqsadli fondlar tuzish, soliq solishda, kredit berishda ilojboricha imtiyozlar berish, jarimalarni yengillatish) bor. Biroq bizda bunday mexanizmlardan kam foydalaniladi, chunki ular hozirchagi yo’lga qo’yish va ishlab chiqish pog’onasidadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |