Samarqand iqtisodiyot va servis instituti «xalqaro turizm va turizm servisi» kafedrasi


Gastronomik turistlarning tarkibi



Download 2,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet201/298
Sana22.01.2022
Hajmi2,89 Mb.
#398959
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   298
Bog'liq
turizm

 Gastronomik turistlarning tarkibi 
 
Gastroturlar  ikki  turga  bo‘linadi:  qishloq  («yashil»  deb  nomlanuvchi)  va 
shahar gastroturlariga bo‘linadi. Buning o‘ziga xos farqi shundakim, qishloq joyiga 
sayohatga  chiqayotgan  turist  ekologik  toza  mahsulotni  tatib  ko‘rishga 
yo‘naltirilgandir.  Masalan:  «yashil»  turlarda  o‘rmonlarda  o‘sib  turgan  yovvoyi 
mevalarni  yig‘ish,  dalalarda  o‘sib  yotgan  meva  va  sabzavotlarni  yig‘ish,  ruxsat 
berilgan  joylarda  ov  va  vino  ishlab  chiqarish  yo‘llari  bo‘ylab  sayohatni  taklif 
qiladi. Shahar gastroturlari konditer fabrikasiga sayohatni yoki kichik kolbasa sexi, 
Gastroturistlar
 
 
Odatiy turizmdan o‘zgachasini istovchilar
 
 
O‘zining ovqatlanish ratsioniga o‘zgartirish kiritmoqchi 
bo‘lganlar
 
 
Gurmanlar (mazzali taom istovchilar)
 
 
Ish faoliyati taomni tayyorlash va uni iste’mol qilish bilan 
bog‘liq bo‘lganlar
 
 
O‘zining shaxsiy gastroturini tashkil etishga qiziqqan 
turistik korxonalar vakillari
 
 


200 
 
shu sex qoshida joylashgan restoran va shu yerda tayyorlanadigan tansiq taom sexi 
mahsulotlari bilan tanishtiriladi. 
Bundan tashqari, bizlarga  bir hududning turli-xil taomlari  va bir xil taomni 
turli  xil  mamlakatlarda  tayyorlanishi  bilan  ham  aynan  shu  gastroturlar 
tanishtiradilar.  Bu  juda  ham  mashhur  bo‘lgan  fransuz  bolgar  vinolari  turi  bo‘lib 
sayyohlarni  uzum  ishkomlari  bo‘ylab  sayohatga,  uzum  yig‘ishga  va  vinolar  tatib 
ko‘rish (degustatsiyasi)ga chorlaydi.  
Gollandiya,  Shvesariya  va  Italiyaga  pishloqli  turlarda  sayohatchilar 
pishloqlarni  eng  sara  navini  tatib  ko‘rishi  va  pishloqli  yarmarkalarga  tashrif 
buyurishi mumkin. Germaniya, Avstriya, Chexiya, Belgiya bo‘ylab pivo turlarida 
bu  ichimlik  ishqibozlariga  pivoning  turli-xilligidan  tashqari,  pivo  tayyorlanish 
xonalari,  mashhur  pivo  barlari  va  festivallarga  tashrifi  bilan  ham  ajralib  turadi.  
Shuni  ta’kidlash  joizki,  har  bir  davlatni  o‘ziga  xos  gastroturizm  salohiyati 
mavjuddir. 
 Zero  har  bir  davlatning  o‘ziga  xos  milliy  oshxonasi  va  unda  boshqa  bir 
mamalakatda  takrorlanmaydigan,  asrlar  osha  saqlanib  kelayotgan,  o‘zining 
takrorlanmas  mehmondo‘stligi  va  milliy  taomlari  bo‘lgan  oshxonasi  mavjuddir. 
Masalan,  Yaponiyada  turistlar  gid  boshlovchi  yordamida  ularning  milliy  taomi 
bo‘lgan «sushi»ni  tayyorlash uchun mahsulotlar harid qilishadi va sayyohlar ko‘z 
oldida  mashhur  bosh  oshpazlar  (shef-povarlar)  tomonidan  «sushi»  tayyorlanadi. 
Pasta  nazarimizda Italiya sarhadlaridan chiqib ketgan juda ham oddiy taom bo‘lib, 
ko‘ringani bilan, kulinar sayohatda turist bu taomni turli xilligi, uning takrorlanmas 
ta’mi  va  bir  xil  reseptda  turli  xil  oshpazlar  tomonidan  tayyorlangan  pastaning 
mo‘jizaviy ta’mi bilan tanishadi hamda uni bir-biri bilan qiyoslaydi. 
O‘zbekistonda  ham  turbiznesning  bu  yo‘nalishi  bo‘yicha  afzalliklarini 
tushunayotgan  turfirmalar  soni  tobora  ko‘paymoqda.  Bizda  asosan  «yashil 
gastroturizm keng rivojlanadi», degan fikrdamiz, chunki, O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar  Mahkamasining  2012-yil  10-oktabrda  «Umumiy  ovqatlanish  tashkilotlari 


201 
 
faoliyatini takomillashtirish va  xodimlar malakasini oshirish bo‘yicha» Qarori
21
ga 
asosan O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi qoshida milliy oshpazlik san’ati xalqaro 
Markazi  tashkil  etildi.  Ushbu  qaror  bilan  uning  vakolati  kengaytirilgan  hamda 
mustahkamlandi.  Uzoq  tarixga  ega  an’analarning  borligi  va  milliy  taomlarning 
turli-tumanligi 
o‘zbek 
oshpazchiligining 
xorijiy 
mamlakatlarda 
keng 
ommalashishiga olib kelishi ushbu hujjatda o‘z aksini 
.
topgan. Buning uchun bizda  
mavjud qadimdan shakllangan, ekologik toza va inson organizmini tetik qiladigan  
milliy  taomlarimiz  degustatsiyasini  tashkil  qilish  lozim  bo‘lmoqda.  Bunda  antiqa 
milliy  taomlarimiz  orqali  gastronomiya  turizmini  qishloq  turizmi  bilan  bog‘lash 
imkoniyati  yaratilmoqda.  Darhaqiqat,  viloyatlarda  joylashgan  qishloqlarda  faqat 
shu  joyga  xos  bo‘lgan  tayyorlanadigan  taomlar  mavjud  bo‘lib,  uning  mazasi  va 
tarkibi boshqa viloyat qishloqlarida takrorlanmaydi. Aynan shu jihati bilan bunday 
taomlar  xorijiy  turistlar  va  mahalliy  aholi  uchun  ham  mazali  hisoblanadi.  Bunga 
misollar quyidagi jadvalda batafsil keltirilgan.   

Download 2,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   298




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish