Tayanch iboralar: Turistlik faoliyatni litsenziyalashtirish, litsenziya, litsenziya reestrinining tarkibi, rasmiyatchiliklarining bosqichlari, hujjatlarni taqdim etish, litsenziat, mintaqaviy bo‘limga uzatish, litsenziya tadqiqotchisi, dublikatni berish sanasi, litsenziyani ta’qiqlash uchun asos.
Mustaqil nazorat qilish uchun topshiriq va savollar:
Turistlik faoliyatni litsenziyalashtirish rasmiyatchiligi nimadan iborat?
Litsenziya olish uchun Davlat tomonidan o‘rnatilgan talablar nimalardan iborat?
Turizm faoliyatiga litsenziya berish va arizalar bilan ishlash jarayonlari nimalardan iborat?
Litsenziya olish uchun qanday hujjatlarni taqdim etish kerak?
Turizm faoliyatiga litsenziya olish rasmiyatchiliklarining bosqichlari va xususiyatlari nimalardan iborat?
Litsenziatni tekshirishni amalga oshirishda «O‘zbekturizm»MK nimani amalga oshirish huquqiga ega?
«O‘zbekturizm»MK turizm faoliyati bo‘yicha litsenziya reestrinining tarkibi nimadan iborat?
15. TURISTLARNI SUG‘URTALASH
Reja:
Sug‘urtalash turizm faoliyatidagi zaruriy element sifatida
Turizmda sug‘urtalashning turlari
Turizmda sug‘urtalashni rasmiylashtirish
15.1. Sug‘urtalash turizm faoliyatidagi zaruriy element sifatida
So‘nggi yillarda sug‘urtalanadigan hodisalar soni sezilarli darajada ortdi, ayniqsa, o‘lim holatlari kuzatildiki, jasadni uning doimiy yashash joyiga vataniga eltib qo‘yish vaziyatlariga duch kelishdi. Qator davlatlarda odat tusiga kirgan sug‘urtalash holatlari yomonlashdi. Sug‘urtalash holatini yomonlashuvining sabablaridan biri chet elda turistlarni yurish-turish qoidalari madaniyatining yetarli emasligidir.
Baxtga qarshi, ko‘pgina bizning fuqarolarimiz, «yaxshi bo‘ladiga» ishonib, turistlik tashriflar oldidan ko‘ngilli sug‘urtalash xizmatidan foydalanishga shoshilmaydilar. Bizning fuqoralar har qanday sug‘urta turiga ham ishonchsiz munosabatda bo‘ladilar, guyoki pul to‘lab hech qanday natija bo‘lmaganidek, ishonchsizlik bilan salbiy munosabatda bo‘ladilar. Shunga qaramasdan agar boshqa mamlakatga turizm maqsadlarida tashrif buyurishga otlanib turgan nemis, fransuz yoki amerikalik turistdan so‘ralsa, u eng avvalo sug‘urta polisini harid qilishini aytadi.
Chet elga chiquvchi turist har qanday holatda favqulodda vaziyatlarga duch keladi: iqlim o‘zgarishi, suvning kimyoviy tarkibi, ovqatlanishni boshqacha tartibi va ko‘pincha boshqa o‘zgarishlar o‘z salbiy oqibatlarini olib kelishi mumkin.
So‘nggi yillarda yana bir nechta salbiy tendensiyalar yuzaga keldi: birinchidan, dunyo bo‘yicha qator surunkali kasalliklarga ega bo‘lgan yoshi o‘tib qolgan kishilar faol tarzda harakatlana boshladi. Ular qoidaga ko‘ra, aynan ular uchun to‘g‘ri kelmaydigan iqlimli davlatlarga safar qilishga intilmoqdalar. Ko‘pgina qariyalar dunyoni narigi chekkasida, masalan, AQSH va Isroildagi o‘z farzandlarinikiga tashrif buyurishda uzoq muddatli parvoz, iqlim hamda ovqatlanishni o‘zgarishi yoshi o‘tgan qariyalar uchun o‘zining salbiy natijasini ko‘rsatmasdan qolmaydi.
Yana bir muammo – dam olishda kichik yoshdagi bolalarni olib yurish urf-odat tusiga kirmoqda. Turistlar hanuzgacha dam olishda o‘zlari bilan 2-3 yoshli farzandlarini, ba’zi g‘ayratli ota-onalar xatto emizakli go‘daklari (chaqaloqlari) ni emlamasdan sayohatga olib chiqmoqdalar. Mazkur holat chaqaloqlar uchun maqbul yashash sharoitlari hamda ozuqlantirish imkoniyatlari mavjud bo‘lgan besh yulduzli mehmonxonalarga yo‘llanmalar harid qilingan bo‘lsa, ijobiy natijaga erishish mumkin. Ammo ikki-uch yulduzli pansionlardagi sharoitlarda go‘daklar uchun imkoniyatlar mavjud emas. Sug‘urtachilar bilan to‘qnash keladigan muammolardan yana biri guruh kuzatuvchilarini tajribasizligi hisoblanadi.
Taasuflar bo‘lsinki, hanuzgacha sug‘urtani qo‘shimcha yuklama deb hisoblovchi turistlik agentliklar bilan duch kelinmoqda. Bunday agentliklarning xodimlari sug‘urta xizmatlarini to‘g‘ri sotish qobiliyatini yetarli darajada baholamaslik tufayli mijozlar oldida ko‘p narsa yo‘qotmoqdalar.
Buning ustiga, o‘z mijozlariga nomaqbul sug‘urta kompaniyasining polisini sota turib, firma o‘z moliyaviy xolatini bo‘lajak hodisalarga bog‘liq qilib qo‘yishi mumkin. Aksincha sug‘urtaga va sug‘urtalovchini tanlashga ongli munosabat, so‘zsiz turistlik firmaga bal qo‘shadi va uning byudjetidagi pul mablag‘larini saqlab qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |