Samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/166
Sana15.12.2020
Hajmi0,96 Mb.
#53293
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   166
Bog'liq
ozbekistonning turistik resurslari



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM 
VAZIRLIGI
1


SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI
N.E.Ibodullayev
«
O’ZBEKISTONNING TURISTIK 
RESURSLARI
»
(ma’ruzalar matni)
SAMARQAND – 2008 
2


N.E.Ibodullayev.  O’zbekistonning   turistik   resurslari   (ma’ruzalar   matni). 
Samarqand, SamISI, 2008- 114 b.
Taqrizchilar: SamDU, Tabiiy fanlar fakulteti “Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya” 
kafedrasi mudiri, g.f.n., dotsent N.X.Mamatqulov
“Xalqaro turizm va turizm servisi” kafedrasi katta o’qituvchisi 
R.Hayitboyev
Ma’ruzalar   matni,   mamlakatimiz   turistik   resurslari   salohiyatini   o’rganishga 
bag’ishlangan   bo’lib,   unda   turistik   resurslarni   har   jihatdan   o’rganish,   baholash, 
umuman olganda turizm faoliyatida foydalanish imkoniyatlarini tahlil etish, ma’lum 
mintaqada turizmni rivojlantirish istiqbollari yoritiladi.
Ish oliy o’quv yurtlari «Turizm menejmenti», «Turizm marketingi», «Turizm 
operatorlik xizmatlarini tashkil etish», «Servis (turizm va mehmonxona xo’jaligi)» 
kabi ta’lim yo’nalishlarida tahsil olayotgan talabalarga mo’ljallangan. Undan turizm 
bo’yicha  kasb-hunar     kollejlari   o’qituvchilari   va   turizm   sohasida   faoliyat 
ko’rsatayotgan mutaxassislar ham foydalanishi mumkin.
                                                
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti O’quv – uslubiy kengashining 
2008 yil  24–sentyabr  № 1 – son majlisida ko’rib chiqildi 
va nashr etishga tavsiya qilindi
©
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, 2008 yil.
3


MUNDARIJA:
Kirish…………………………………………………………..  5
1-Mavzu.
O’zbekistonning turistik resurslari fanining predmeti, maqsadi 
va vazifalari……………………………………………………
6
2-Mavzu.
Turistik   resurslarning   ijtimoiy-iqtisodiy   mazmuni,  ularning 
turizmni rivojlantirishdagi ahamiyati………………………….
12
3 -Mavzu. Turistik resurslarning mohiyati va tasnifi.................................. 16
4 -Mavzu. Turistik resurslardan foydalanishga ta’sir etuvchi omillar........ 27
5 -Mavzu. Turistik resurslardan foydalanish imkoniyatlarini baholash….. 36
6 -Mavzu. Ekologik turizmni rivojlantirish resurslari……………………. 41
7 -Mavzu. Diniy turizmni rivojlantirish resurslari……………………….. 51
8 -Mavzu. Agroturizmni rivojlantirish resurslari………………………… 56
9-Mavzu.
Milliy   iqtisodiyotni   rivojlantirishda   turistik   resurslardan 
samarali foydalanish…………………………………………..
62
10-Mavzu.
Rekreatsiya resurslaridan foydalanishning ekologik – iqtisodiy 
xususiyatlari……………………………………………………
71
11-Mavzu.
O’zbekistonning madaniy-tarixiy merosi, ulardan foydalanish 
va muhofaza qilish…………………………………………….
77
12-Mavzu. O’zbekistonni turistik rayonlashtirish xususiyatlari………….. 82
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………….. 97
Ilovalar………………………………………………………… 100
4


Kirish
Turizm bugungi kunda jahondagi eng ko’p foyda keltiruvchi sohaga aylandi. 
So’nggi   yillarda   uning   jahondagi   tovarlar   va   xizmatlar   savdosining   10   %   to’g’ri 
kelmoqda.   Shuning   uchun   ko’pgina   mamlakatlarda   bu   sohaga   alohida   e’tibor 
qaratilmoqda.   Mamlakatning   ijtimoiy   –   iqtisodiy   rivojlanishida   aholiga   xizmat 
ko’rsatuvchi   sohalarning   o’rni   va   roli   g’oyat   sezilarli   bo’lib,   bunda   turizmning 
ahamiyati   boshqa   xizmat   ko’rsatish   sohalariga   qaraganda   yuqori   sur’atlar   bilan 
rivojlanish   darajasi   bilan   belgilanadi.   Shuning   uchun  ham   keyingi   yillarda 
O’zbekistonda turizmni rivojlanishi bilan bog’liq bo’lgan masalalarga juda ham katta 
e’tibor   berilib,   uning   turistik   salohiyatidan   samarali   foydalanish   yo’llari 
shakllanmoqda va qaror topmoqda. Mamlakatimiz turizmni rivojlantirishning barcha 
imkoniyatlariga ega. Birinchi navbatda, boy tarixiy merosi, an’analari, o’ziga  xos 
tabiati, ya’ni turistik resurslarga boyligi buning tasdig’idir.
Respublikamiz   Prezidenti   Islom   Karimov   Singapur   Respublikasiga   Davlat 
tashrifi arafasida shu mamlakatning markaziy nashrlaidan biri “TODAY” (“Bugun”) 
gazetasi   muxbirining   savollariga   bergan   javoblarida   O’zbekiston   turizmning   katta 
salohiyatga ega ekanligini ta’kidlab, qo’yidagi fikrlarni bildirdi: “Go’zal geografik va 
tabiiy sharoitlar Respublika hududida ekologik turizmni rivojlatirish uchun g’oyat 
qulaydir.   Bu   borada   mamlakatning   tog’li   hududlarida   joylashgan,   zamonaviy 
jihozlangan   sayyohlik   majmualarida   qishki   va   noyob   sayyohlik   dasturlari   tashkil 
etilgan. Sayyohlikning yangi yo’nalishi – yirik qo’riqxonalar va bog’lar hududida 
tashkil   etilgan   tabiatshunoslik   turizmi   rivojlanmoqda...”
1
.   Albatta   turizmni 
shakllanishi va rivojlanishi turistik resurslarning salohiyatiga bog’liqdir. Mamlakat 
qanchalik turli – tuman turistik resurslarga ega bo’lsa, turizmni rivojlanishi shuncha 
oson kechadi. Turizm respublikamiz iqtisodiyotida qishloq xo’jaligi, sanoat, transport 
va boshqa makroiqtisodiy tarmoqlar qatori o’zining munosib o’rniga ega bo’lishiga 
erishishimiz hozirgi kunning asosiy vazifasidir. 
Hozirgi   kunda   turizm   bo’yicha   mutaxasislarni   talab   darajasida   tayyorlash 
muhim   masaladir.   Shunga   ko’ra  turizm   ta’lim   yo’nalishlaridagi   o’quv   rejalariga 
«O’zbekistonning  turistik  resurslari»  fani  kiritilgan  bo’lib,  mazkur fanda turizmni 
tashkil etishga asos bo’luvchi mamlakatimizning turistik resurslari o’rgatiladi.
Mazkur yaratilgan ma’ruzalar kursi birinchi galda turizm yo’nalishlarida tahsil 
olayotgan   talabalarga   mo’ljallangan   bo’lib,   bu   fan   bo’yicha   yaratilgan   birinchi 
adabiyot   hisoblanadi.   Albatta   ma’ruzalar   kursi   sifatli   yaratilishiga   harakat   qilindi. 
Shunday   bo’lsada   ayrim   nuqsonlar   ega   bo’lishi   mumkin,   shu   sababdan   oldindan 
kitobxonlardan uzr so’raymiz. 
1
 “Xalq so’zi” gazetasi, 2007 yil 26 yanvar, №19
5



Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish