Samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Suv havzalarida cho’milishni tashkil etishda me’yoriy ko’rsatgichlar



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/166
Sana15.12.2020
Hajmi0,96 Mb.
#53293
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   166
Bog'liq
ozbekistonning turistik resurslari

Suv havzalarida cho’milishni tashkil etishda me’yoriy ko’rsatgichlar
Suv havzasi turi
Cho’miluvchilar 
soni
Me’yoriy 
ko’rsatgich, m
2
73


Dengiz plyaji
1
5
ichki suv havzasi 
jumladan, bolalarga
1
1
8
4
daryolar
1
5-10
oqmas suv havzalari
1
10-15
Manba: A.A.Rafiqov va boshqalar. Ekologiya. T:.2004
Jadvaldan  ko’rish   mumkinki,   agarda   suv   havzasi   maydoniga   nisbatan 
cho’miluvchilar soni oshib ketsa, u holda suvning ifloslanishi ortib, insonlarda turli 
kasalliklarni   keltirib   chiqarishi   mumkin.   Bahor   oylarida   tog’   yonbag’rlari,   qirlar, 
adirlarda dam oluvchilar soni keskin ortadi. Bunda dam olish hududiga nisbatan dam 
oluvchilar   soni   ancha   ortiq   bo’ladi.   Bu   jarayonda   turli   giyohli,   manzarali 
o’simliklarga   ziyon   yetkiziladi,   atrof   –   muhit   turli   chiqindilar   bilan   ifloslanadi, 
natijada ekologik muvozanat buziladi.    
Rekreatsiya faoliyatining ana shunday samaradorligi tabiiy omillarning  foydali 
ta’siri   va   bunday   faoliyatni   ushbu   omillar   mavjud   hududlarda   tashkil   etish   bilan 
bog’liqdir.
Rekreatsiya   sohasini   rivojlantirish   va   joylashtirish,   uning   samaradorligini 
oshirish muammolarini hal etishda quyidagi vazifalarni hal etishga alohida ahamiyat 
beriladi:
-
tumanlar  va hududlarda rekreatsiyada tabiatdan foydalanish imkoniyatlarining 
optimal strukturasini shakllantirish;
-
tumanlar va hududlarda rekreatsiyada tabiatdan foydalanish va boshqa sohalarda 
tabiatdan foydalanishni taqqoslab baholash;
-
tabiiy  rekreatsiya   resurslarini   muhofaza   qilish,   ulardan   rasional   foydalanish, 
ularni takror ishlab chiqarish bo’yicha xo’jalik tadbirlarini baholash;
-
tabiiy rekreatsiya resurslaridan foydalanishning samaradorligini baholash.
Rekreatsiya   samaradorligini   aniqlashda   quyidagilar   hisobga   olinadi   va 
ta’riflanadi:
1.
Tadbirlar  maqsadi,   ya’ni   rekreatsiya   faoliyatining   kutilayotgan   va   erishish 
mumkin bo’lgan natijalari.
2.
Rekreatsiya   faoliyatining   konkret   mintaqaviy   va   ijtimoiy-   demografik 
xususiyatlarini  eng pastki darajadagi sharoitlarini ta’riflovchi tegishli  ijtimoiy 
standartlar.
3.
Tadbirlar natijasi, ya’ni tadbirlarning har biriga asoslanib tashkil etish mumkin 
bo’lgan variantlari yoki quyilgan maqsadga erishishning muqobil yo’llari.
4.
Tadbirlar variantining har birini amalga oshirish bilan bog’liq bo’lgan resurslar 
xarajati (tabiiy rekreasiya resurslarini qo’shib).
5.
Hisob-kitob   sharoitlarida   qo’yilgan   maqsadlarga   erishishga   yo’naltirilishi 
mumkin  bo’lgan  (resurslar bo’yicha cheklovlar  )  resurslar  va ayniqsa  ko’rib 
chiqilayotgan hududlarning tabiiy rekreatsiya resurslari. 
Ko’rsatilgan  besh guruh ta’riflar samaradorlikni baholash maqsadida iqtisodiy-
matematik modellarni shakllantirish uchun yetarlidir. Bundan tashqari ular tadbirlar 
natijalarini qo’yilgan maqsadlar, real ajratilishi mumkin bo’lgan resurslar bilan talab 
qilinadigan   resurslar   xarajatiga   taqqoslashga   imkon   beradi.   Bular   yo’l   qo’yish 
74


mumkin bo’lgan qarorlarni shakllantirishga va variantlarni yo’l qo’yish mumkinligi 
nuqtai nazaridan dastlabki baholashga yordam beradi.
Barcha  beshta   guruh   ta’riflar   yoki   natijalarning   (1-3   –   guruhlar)   yoki 
xarajatlarning (4 va 5 - guruhlar) tarifini beradi. Rekreatsiyada tabiatdan foydalanish 
faoliyatining ijtimoiy va ijtimoiy-iqtisodiy natijalarini xo’jalik tadbirlari natijalarining 
ayrim   tomonlarini   ifodalaydigan   natural-moddiy,   sifat   va   qiymat   tavsiflarining 
o’zaro bog’liq ko’rsatkichlari tizimida aks ettiriladi.
Natural ko’rsatkichlarda qo’yidagilar ifodalanadi:
-
rekreatsiyada tabiatdan foydalanish sohasida amalga oshirish mo’ljallanayotgan 
tadbirlarning aholini  qamrab olishi (hisoblangan kontingent odamlar)- xizmat 
ko’rsatiladigan  odam-kun miqdori yoki bir yilda xizmat ko’rsatiladigan  aholi 
soni, xizmat ko’rsatish va sifati (kategoriyasi)bo’yicha alohida hisoblar;
-
marshrut,   dam   olish   dasturi,   hududlar   yoki   barpo   etiladigan   obyektlarning 
quvvati (qancha kishi qabul qilish imkoniyati);
-
ijtimoiy  natijalarga   imkon beradigan   rekreasiya  faoliyatiga   aholi sarflaydigan 
vaqt;
-
aholining rekreasiya faoliyatiga kiradigan vaqt sarfining qisqarishi bilan bog’liq 
bo’lgan vaqtini tejash (rekreasiya xizmatini kutish).
Nisbiy ko’rsatkichlarda xizmat ko’rsatish sifatining ekspert bahosi, hududlar va 
obyektlarning   xossalari   (funksionalligi   qulayligi   bilan   birga,   shinamligi,   nafosati, 
tashqi ko’rinishining o’ziga jalb etishi, atrof-muhit bilan uyg’unligini ham qo’shib) 
ifodalanadi (odatda ballarda hisoblanadi). 
Qiymat ko’rsatkichlarida quyidagilar aks ettiriladi:
-
belgilangan  baholarda  mahsulotlar  va xizmatlarni  realizasiya  qilishning  yillik 
hajmi va ularni realizasiya qilishdan olingan foyda;
-
sog’liqni  saqlash   muassasalarida   kasallanishning   kamayishi   bilan   bog’liq 
bo’lgan xarajatlarning shartli – hisoblangan kamayishi;
-
mehnat  unumdorligining   oshishi   xodimlar   kvalifikasiyaning   oshishi   bilan 
bog’liq   bo’lgan   ijtimoiy   infratuzilmani   barpo   etish   va   uning   xizmatiga 
xarajatlarning kamayishi;
-
aholi vaqtni tejashining qiymat bahosi.
Rekreatsiya   resurslaridan   foydalanishning   iqtisodiy   xususiyatlari,   mavjud 
resurslar asosida dam olish, sog’lomlashtirish uchun qulay shart – sharoit yaratish 
bilan bog’liq. Bu birinchi jihatdan, tegishli infratuzilmani tashkil etishni talab etadi. 
Rekreasiya infratuzilmasi – dam olish obyektlari (sanatoriya, kurort, pansionat va b.) 
transport kommunikasiyalari, elektr energiya, tabiiy gaz va boshqa xizmat ko’rsatish 
tarmoqlari   (sport   maydoni,   suv   havzasi,   ovqatlantirish   tarmoqlari,   klub,   telefon 
tarmog’i va b.) bilan ta’minlangan majmuadir. Rekreasiya infratuzilmasi qanchalik 
takomillashgan bo’lsa, dam oluvchi va sog’ligini tiklovchilar uchun qulay sharoitga 
ega ekanligini bildiradi, hamda bu yerga keluvchilar sonini oshishiga olib keladi. Bu 
esa o’z navbatida iqtisodiy samaradorlikka olib keladi. 
Ikkinchi  jihatdan,   dam   olish   maskanlarining   malakali   mutaxasislar   bilan 
ta’minlanishi   katta   samara   beradi.   Mamlakatimiz   rekreasiya   resurslariga   boy 
bo’lsada,   ulardan   talab   darajasida   foydalana   olmayapmiz.   Bu   esa,   qanchadan   – 
75


qancha iqtisodiy daromatdan qolayotganimizni bildiradi. Shuning uchun ayni vaqtda 
quyidagi ishlarni amalga oshirish lozim deb hisoblaymiz: 
-
Hududiy rekreasion tizimning qabul qilish potensiali aniqlash;
-
mintaqalar  bo’yicha   dam   olish   va   davolanish   muassalarni   tabiiy   –   iqlimiy 
sharoit, mineral suv va boshqa rekreasiya resurslaridan kelib chiqib joylashtirish;
-
ovqatlantirish,   kommunal   va   madaniy   xizmat   ko’rsatish   tarmoqlarini,   hamda 
suvenir mahsulotlari ta’minotini yaxshilash;
-
zamonaviy transport, yo’l tarmoqlari va aloqa vositalarini rivojlantirish;
-
mehnat resurslaridan samarali foydalanish;
-
rekreasiya maqsadida foydalanishda tabiat muhofazasiga e’tibor qaratish.

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish