Samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Moddiy texnik ta’minot xizmatlari va organlari



Download 1,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/70
Sana20.06.2021
Hajmi1,95 Mb.
#71385
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   70
Bog'liq
favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi-1

Moddiy texnik ta’minot xizmatlari va organlari
FM  tadbirlarini   olib   borishni   moddiy   ta’minlash   uchun   quyidagi 
xizmatlar ishlatiladi:
1. 
Savdo va oziq-ovqat bilan ta’minlash xizmati;
2. 
Moddiy texnik ta’minot xizmati;
3. 
Yoqilg’i, moylash materiallari bilan ta’minlash xizmati.
Savdo  va oziq-ovqat  bilan  ta’minlash xizmati  kooperativ  savdosi 
tegishli organlari, umumiy ovqatlanish boshqarmasi va uning tarkibidagi 
restoranlar,   oshxonalar,   savdo   korxonalari,   baza   va   omborlar   negizida 
tashkil etiladi. Bu xizmatning vazifalari:
-  shaxsiy tarkibni issiq ovqat yoki suxoy payok bilan ta’minlash; 
sanitariya yuvish punktlari va 1-chi tibbiy yordam otryadlarini almashib 
kiyiladigan   kiyim   bosh,   ich   kiyim   va   poyabzal   bilan   ta’minlash;   FV 
sharoitida   ishlaydigan   korxanalarni   eng   ko’p   sonli   smenalari   uchun, 
boshqarish punktlarining va aloqa uzellarini shaxsiy tarkibi uchun 3 kunlik 
oziq-ovqat zaxirasini g’amlab qo’yish; oziq-ovqat, buyum va boshqa mol-
mulklar   zaxirasini   radioaktiv   va   ZM   dan   muhofaza   qilish     tadbirlarini 
o’tkazish.
Bu  xizmat boshlig’i xizmatni tezlikda boshqarish uchun quyidagi 
guruhlarni tashkil etish mumkin:
- tezkor rejalashtirish va oldindan ta’minlash guruhi;
160


- ko’chirish (evakuasiya) guruhi;
- barqarorlik (chidamlilik) guruhi;
- aloqa va boshqarish guruhi;
- ishchi va xizmatchilarni muhofaza qilish guruhi;
- moddiy va shaxsiy muhofazalanish bilan ta’minlash           guruhi.
Tashkil  etilgan   guruhlarning   har   biriga   sharoitga   qarab   aniq 
vazifalar yuklatiladi va ular quyidagilardan iborat:
a) tezkor rejalashtirish va oldindan ta’minlash guruhiga:
-   FM   ahvolini   yaxshilash   yuzasidan   rahbariyat   hujjatlarini 
rejalashtirish va ishlab chiqiщ, sharoit haqidagi ma’lumotlarni yig’ish va 
umumiylashtirish,   FM   tadbirlarini   ta’minlashni   tashkil   etish   yuzasidan 
takliflar tayorlash;
- xizmat tuzilmalarini hisobga olib borish;
- rejalash, tezlik bilan bajarilishi zarur bo’lgan va hisobot hujjatlari 
loyihalarini tayorlash;
-   xizmat   kuchlari   va   vositalari   boshqarilishni,   shuningdek   FM 
boshqa   xizmatlari   bilan   o’zaro   hamkorlikni   tashkil   etish   av   amalga 
oshirish;
-   xizmat   obyektlari   bardoshligini   oshirish   masalalarini   ishlab 
chiqish;
-   xizmat   tuzilmalarini   sonini,   texnik   ahvolini,   jihozlanganligini, 
shuningdek   ushbu   xizmat   ishchi   va   xizmatchilari   shaxsiy   muhofaza 
vositalarini hisobga olib borish.
b) ko’chirish (evakuasiya) guruhiga:
161


-   evakuasiya   qilinishi   yoki   taqsimlanishi   kerak   bo’lgan   ishchi 
xizmatchilar, ular oila a’zolarini hisobga olib berish;
- obyektlardagi evakuasiya qilinishi kerak bo’lgan odamlar ro’yxati 
tuzilib borishini nazorat qilish;
- ishchi, xizmatchilar, ular oila a’zolarini evakuasiya bo’ladiganlar 
yig’ilish punktlari (EYP)ga yig’ilishni tashkil etish va ularni evakuasiya 
qilishga rahbarlik qilish;
-   xizmtalarni   oziq-ovqat   mahsulotlarni,   masalliqlarni   va   boshqa 
moddiy vositalarni bo’lib-bo’lib yuborish va evakuasiya qilish.
v) barqarorlik (chidamlilik) guruhiga :
-   obyektning   ishlashi   barqaror   bo’lishi   o’rganishga   qaratilgan 
ishlarni va tadbirlarni rejalashtirish va bajarish;
-   obyektlar   ishlashi   natijalarini   tahlil   etish,   umumiylashtirish   va 
barqarorligini oshirish tadbirlarini ishlab chiqish;
-   xizmat   obyektlari   va   boshqarish   tizimi   ishlashi   barqarorligini 
oshirish tadbirlarini rejalashtirish.
g) aloqa va boshqarish guruhiga:
- xizmatning xabar berish va obyektlar bilan aloqa qilish rejasini 
ishlab chiqish, unga tuzatishlar kiritib borish;
- boshqarish va aloqa vositalarini ishlab chiqish, takomillashtirish;
- boshqarish punktlari ish qoidalarini, rejimini ishlab chiqish va ular 
bajarilishini nazorat qilish;
- tinchlik va urush harakatlari paytida xizmat obyektlariga rahbarlik 
qilishni o’rganish, takomillashtirish.
d) ishchi va xizmatchilarni muhofaza qilish guruhiga:
162


-   mavjud   pana   joylar,   yashirinish   joylarini   hisobga   olib   borish, 
ularni   radiasiyadan   yashirinish   joylariga   moslashtirish   uchun   tadbirlarni 
bajarish, ularni qurilishini nazorat qilish;
- xizmatga tegishli obyektlarda FM shaylik holati o’rnatilgan zahoti 
obyektlardagi   yetishmay   turgan   yashirinish   joylari   qurilishiga   rahbarlik 
qilish va uni nazorat qilish.
ye) moddiy va shaxsiy muhofazalanish vositalari bilan ta’minlash 
guruhiga:
- ko’chma tuzilmalarni texnik va moddiy jihozlanishni tashkil etish, 
ularni   oziq-ovqat   va   mol-mulk   zaxiralari   bilan   to’ldirib   borilishini 
rejalashtirish;
- xizmat va ko’chma tuzilmalarni FM vazifalarini bajarishi qanday 
bo’layotganligi nazorat qilish;
-  harbiy xarakatlar vaqtida toifalangan shaharlarga keladigan yuklar 
manzilini o’zgartirib, yangi joyga yuborish;
-   moddiy   boyliklarni   normadan   ortiq   zaxiralarini   toifalangan 
shaharlardan tashqari zonaga transportda tashishini tashkil etish.
Moddiy  texnik   ta’minot   xizmati.   FM   vazifalarini   bajarishga   jalb 
qilingan   moddiy-texnika   vositalaridan   foydalanish   tadbirlarini   amalga 
oshirishdan, shikast o’chog’larida ishlayotgan harbiylashmagan tuzilmalar 
vaqtida   ta’minlashning   tashkil   etishdan   iborat.   Bunda   FM   tuzilmalari 
shaxsiy   muhofaza   vositalari,   maxsus   asboblar   va   texnika   qurilish 
materiallari,   degozasiya   moddalari   va   maxsus   kiyim   bilan   o’z   vaqtida 
to’liq ta’minlanadi.
Ushbu xizmat vazifalari;
163


-   ta’minot   bazalari,   omborlar   tarmog’larni   takomil-lashtirish, 
kengaytirish;
-   moddiy   vositalarini   OQQdan   muhofaza   qilish   usullarini 
takomillashtirish;
-   FM   tuzilmalari   shaxsiy   tarkibini   shaxsiy   himoya   vositalari, 
kimyoviy razvedka va dozimetrik nazorat asboblari bilan ta’minlash.
-   mahalliy   moddiy   resurlarini   tashish,   hisobga   olish,   shahardan 
tashqari zonada moddiy zaxiralar va texnik vositalar tashkil etish;
-  xizmat   shaxsiy   tarkibini   alohida   sharoitdagi   hatti-harakatlarga 
tayorlash;
- bazalarning, omborlarning zaharlanganlik darajasini nazorat qilish 
hamda ularni zaharsizlantirish ishlarini olib borish;
-   xizmat   kuch   va   vositalarini   FM   tadbirlarini   moddiy   ta’minla 
vazifalarini hal etishga tayorlash.
FM  tadbirlarini ta’minlash uchun MTT xizmatiga tegishli kuch va 
vositalar baza, ombor, do’kon va obyektlar noharbiy tuzilmalaridan iborat 
bo’lib ular tarkibida:
- mexanizasiya va yuk ortish-tushirish bo’limi;
- yuk tashish uchun avtomobil karvonlari tashkil etilishi mumkin.    
FMni  yonilg’i   moylash   materiallari   (YoMM)   bilan   ta’minlash 
xizmatini vazifalari hal etishga jalb qilingan maxsus texnika va transportni 
YoMM bilan to’liq va vaqtida ta’minlashdan iborat.
FMni  YoMM   bilan   ta’minlash   xizmatlari   tegishli   shahar,   tuman 
hokimligining   qaroriga   asosan   tashkil   etiladi.   YoMM   bilan   ta’minlash 
xizmatini asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
164


- o’ziga qarashli obyektlardagi ishchi va xizmatchilarni, uskuna va 
moddiy boyliklarni OQQ dan muhofaza qilish;
- xizmatlarning obyektlarda ishlashi barqarorligini oshirish, ularda 
FM harbiylashmagan tuzilmalarni tashkil etishga rahbarlik qilish, ularni 
tayyorligi va shayligini nazorat qilish;
- FM tadbirlari uchun va xalq xo’jaligi shoshilinch ehtiyojlari uchun 
zarur neft mahsulotlarini belgilangan  zaxiralarini yaratish, saqlash va FM 
tadbirlarini YoMM bilan uzluksiz ta’minlash;
- FM tadbirlarini ta’minlashga xizmatning kuch va vositalarini va 
shuningdek ko’chma tuzilmalarini tayyorlash;
-   FM   va   urush   vaqtida   neft   bazalari   xo’jaligi   ishonchli 
boshqarilishini ta’minlash tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
- xizmatning obyektlarida shoshilinch maxsus  avariya qayta tiklash 
ishlari o’tkazilishini ta’minlash.
FM  tadbirlarini   YoMM   bilan   ta’minlash   xizmatining   kuch   va 
vositalariga   neft   bazalari,   ularning   filliallari   va   YoMM   omborlari; 
avtoyonilg’i   qo’shish   shoxobchalari;   ko’chma   avtoyonilg’i   qo’yish 
shoxobchalari kiradi.

Download 1,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish