Moddiy-texnik ta’minot tizimini vazifalari
FM tadbirlarining oldiga qo’yilgan masalani muvaffaqiyatli amalga
oshirishda har tomonlama va zamonaviy moddiy-texnikaviy ta’minoti
(MTT) bilan ta’minlash asosiy shartlar hisoblanadi.
Moddiy ta’minlash FM tuzilmalarni muhofaza texnik vositalari,
aloqa vositalari bilan, radiasion va ximiyaviy razvedka asboblari, yonilg’i-
moylash materiallari, dori-darmonlar, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-
kechak mollari va boshqa vositalari bilan, FM tadbirlarini o’tkazish uchun
kerakli hajmda, o’z vaqtida ta’minlashni tashkil etishdan va amalga
oshirishdan iborat.
156
Texnik ta’minlash FM vazifalarini hal qilishga jalb etiladigan
texnikadan to’g’ri foydalanish, unga xizmat ko’rsatishni, uni tuzatish va
evakuasiya qilishni tashkil etishdan va amalga oshirishdan iborat bo’ladi.
FM ni moddiy ta’minlashning vazifalari.
- moddiy ta’minlash rejalarini ishlab chiqish va ularga tuzatish
kiritib turish;
- kerakli muhofaza vositalari maxsus texnika, asboblar va boshqa
narsalar zaxirasini yaratish;
- tuzilmalarni texnika va buyumlar bilan ta’minlash;
- oziq-ovqat va boshqa boyliklarni FV dan muxofaza qilinish
vositalarini takomillashtirish;
- moddiy ta’minot tuzilmalarini FV sharoitida ishlashga tayyorlash.
«Fuqaro muhofazasi to’g’risida» qonunda FM MTT ga e’tibor
berilgan bo’lib, uning 9,10,11 moddalarida Vazirliklar, idoralar, mahalliy
davlat hokimiyati organlari va tashkilotlar o’z vakolatlari doirasida FM
moddiy-texnika, tibbiy va boshqa har xil vositalar zaxirasini yaratadilar,
ularning to’planishi, saqlanishi, yangilab borishi va shay holatda saqlab
turishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar va unga javob beradilar.
Texnik ta’minotni vazifalari.
- ishdan chiqqan texnikani ta’mirlashni tashkil etish;
- mashinalarga belgilangan muddatlarda va to’liq hajmda texnik
xizmat ko’rsatish;
- ta’minlash korxonalari va tizimlariga zaxira qismlar va ta’mirlash
materiallarini yetkazib berish;
157
- buzilgan texnikani ularni to’plash punktlariga yoki muqim
ta’mirlash korxonalariga jo’natish;
- texnikani ta’mirlash va evakuasiya qilish kuch va vositalarini
tayyorlash.
FV bartaraf etish uchun Respublika Vazirlar Mahkamasi moliya
zaxira fondi. FV bartaraf etishda birinchi navbatda bajariladigan ishlar
uchun moddiy vositalar bazasi zaxirasi, davlat tarkibidagi zaxiraga
yig’ilgan respublika byudjeti mahsulotlari ishlatiladi.
Favqulodda vaziyatlar talafotlarini bartaraf etish uchun, birinchi
navbatda safarbarlik ehtiyojlarini ta’minlash va iqtisodiy turg’unlashtirish
maqsadida 1996 yil 26 avreldagi №159-31 raqamli «O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori asosida O’zbekiston Respublikasi
Davlat zaxirasida qimatbaho mahsulotlarni saqlashning hajmi va tasnifi
tasdiqlangan. Unda:
- respublikada moliyaviy va moddiy mahsulotlar zaxirasi ministrlik
va tarmoq mahsulotlari hisobidan;
- mahalliy hokimiyat organlari moliyaviy va moddiy mahsulotlar
zaxirasi-mahalliy hokimiyat organlari byudjeti mahsulotlari hisobidan;
- obyekt moliyaviy va moddiy mahsulotlar zaxirasi-korxona va
tashkilotlarning xususiy mahsulotlari hisobidan;
- tabiiy ofatdan zarar ko’rganlarga qizil yarim oy aholiga yordam
ko’rsatish jamiyatining omborlari va zaxira mahsulotlari hisobidan
yaratiladi deyilgan.
Zaxirada saqlanadigan qimmatbaho materialar hajmi shartli ravishda
ikkiga bo’linadi:
158
1 guruh - FV sharoitida zarar ko’rganlarga birinchi navbatdagi
yordam ko’rsatish uchun mo’ljallangan.
2 guruh - qayta tiklash uchun FV talofatlarini bartaraf etish uchun
mo’ljallangan.
Birinchi guruhga quyidagilar: maxsus kiyim, oyoq kiyim,
tuzilmalarni ta’minlash uchun qurol-aslaha, asbob-uskuna; palatkalar,
harakatlanuvchi elektrostansiya va elektr uzatgich uskunalari; adyol,
yostiq, ko’rpa-to’shaklar; aloqa apparatlari va uskunalari; 3-5 sutkaga
mo’ljallangan mahsulot va kiyim kechaklar; birinchi tibbiy yordam
ko’rsatish uchun dori-darmon zaxirasi va uskunalari.
Ikkinchi guruhga quyidagilar kiradi: qurilish mahsulotlari, 10 kunga
mo’ljallangan oziq-ovqat mahsulotlari; gazsizlantirish va
harakatsizlantirishni o’rnatish uchun materiallar va asbob, uskunalar;
yoqilg’i va moylash mahsulotlari injenerlik texnikasi va mexanizmlari.
Moddiy mahsulotlar zaxirasi hajmini to’g’ri tashkil etishni aniqlash
uchun O’zbekiston Respublikasi FVV tarmoq sohalari joylashgan
hududlarida bashorat qilinishcha bo’lishi mumkin bo’lgan tabiiy ofatlar
natijasida FV dan ogohlantirish va bartaraf etish uchun zarur bo’lgan
moddiy mahsulotlar, katastrofa avariya sodir bo’lishi mumkin bo’lgan
obyektlar hisob-kitobini qilinishini tavsiya etadi. Hisob-kitoblar
obyektlardagi ishchilar, xizmatchilarni, atrofda ishlovchi aholini bashorat
qilinayotgan sanitariya holati buzilishini, talafot yo qurbonlarsiz bo’lishini
ta’minlab berishi kerak. Hisob-kitoblarda moddiy mahsulotlar zaxirasini
tashkil etish, chiqim xarajatlariga kerak bo’ladigan zaruriy pul miqdorini
ajratish ko’zda tutilishi lozim. Uzdavzaxiraning yozma bayonnomasisiz
159
obyektlardagi moddiy texnika zaxira mahsulotlarini FVlarni bartaraf etish
uchun ishlatish man’ etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |