Respublika hududlarida va xalq xo’jaligi obyektlarida
xabarlash xizmatini tashkil etish
Aloqa fuqaro muhofazasi kuchlarini boshqarishning asosiy vositasi
hisoblanadi, u FM boshlig’i qarori, shtab boshlig’i ko’rsatmasi va aloqa
bo’yicha yuqori turuvchi shtabning topshirig’iga asosan boshqaruv
punktida tashkil etiladi.
Aloqa va xabar berishni tashkil etishga FM boshlig’i mas’ul. Aloqa
va xabar berish tizimining doimiy tayorgarligini bevosita FM xabar berish
va aloqa xizmati boshlig’i ta’minlaydi.
152
FM aloqa tizimi muqim, ko’chma boshqaruv punktlarining aloqa
uzellari bazasida hamda aloqa tarmog’iga tayangan holda tinchlik davrida
oldindan tashkil etib qo’yiladi.
Boshqaruv punktlarining aloqa uzeli - bu boshqarishni ta’minlash
uchun ishlatilgan aloqa kuchlari va vositalarining tashkiliy texnik
birlashmasidir.
Aloqa uzellari: muqim (muhofaza qilingan va muhofaza
qilinmagan) hamda ko’chma bo’ladi.
Muqim aloqa uzellari respublika, viloyat, shahar tuman, vazirlik va
idoralarning shahardagi va shahardan tashqari zonalaridagi boshqaruv
punktlaridagi muhofaza inshootlarida jihozlanadi. Ko’chma aloqa uzellari
avtomobillarda, vertolyotlarda va temir yo’l vagonlarida jihozlanib, muhim
aloqa uzellari ishdan chiqqan holda avariya qutqaruv ishlari o’tkazishda va
boshqa vazifalarni bajarishda aloqalarni ta’minlab turishga mo’ljallangan.
FM tizimida radio, radiorelye, simli va signal beruvchi aloqa
vositalari ishlatiladi.
Radio muhim va ishonchli aloqa vositasi bo’lib FM kuchlari FV
joyiga olib borilayotganda, avariya-qutqaruv ishlari o’tkazilayotganda
ularni boshqarish uchun ishlatiladi.
Simli aloqa vositalari FM kuchlari o’z asosiy joyida turganda,
avariya qutqaruv ishlari o’tkazilayotganda ularni boshqarish uchun
ishlatiladi.
Signal beruvchi vositalar - bu axborot berish, bir-birini tanib olish
hamda xabarlash, boshqarish signallarini berish uchun ishlatiladigan
eshitish, ko’rish, radiotexnik vositalaridir.
153
Xabar tizimi: marakazlashgan va xabar berish cheklangan qo’yi
tizimlarga bo’linadi.
Aloqa va xabar berish markazlashgan tizimi deganda - tinchlik va
harbiy harakatlar davrida FM ga mas’ul xodimlarga va aholiga signal va
kerakli axborotlarni tezlikda yetkazib berishga mo’ljallangan texnik
vositalar, aloqa kanali, radio va televidenik majmuasi tushuniladi.
Markazlashgan xabar berish tizimi Respublika, viloyat, tuman,
shahar, inshoot miqyosida tuziladi. Respublika, viloyat, rayon va shahar
aholisiga markazlashagan holda axborot berish tizimining maxsus
jihozlangan vositalari O’zbekiston pochta va telekommunikasiya agentligi
korxonalarida joylashtiriladi. Xabar berish apparatlari FV bo’yicha shahar
(tuman) bo’limlarida o’rnatiladi, agarda bunday bo’limlar mavjud
bo’lmasa kechayu-kunduz tezkor navbatchilik tashkil qilingan joylarga
o’rnatildi.
Markazlashgan xabar berish tizimini sirena ovoza shahar, tuman,
viloyatning barcha aholisini e’tiborini jalb qilish imkoniyatini beradi va
undan ham tinchlik davrida (tabiiy ofat va avariyalar sodir bo’lganda) ham
harbiy davrda qo’llash mumkin. Bundan tashqari aholi markazlashgan
xabar berish tizimidan aloqa va radio tarmoqlari orqali og’zaki axborotlar
oladi.
Xabar berish markazlashgan tizimi quyidagilarni ta’minlashi lozim:
- shaharlarda, tumanlarda, xalq xo’jaligi obyektlarida XXO, qishloq
joylarda va yirik aholi punktlarida markazlashgan va markazlashmagan
tarzda «Hamma diqqat qilsin» signalini berish;
154
- simli eshittirish tarmoqlari va mahalliy radio eshittirish
stansiyalarida axborot berish yo’li bilan aholini og’zaki xabarlash;
- signallarni va axborotni Respublika, viloyat, shahar, tuman,
vazirlik va idoralarning boshqaruv punktlariga, ichki ishlar shahar, tuman
bo’limlariga yetkazish;
- xonadon va xizmat telefonlarida mansabdor shaxslarga doimiy
xabar berish;
- FM xabar berish signallarini XXO ishchilari xizmatlariga, FM
tuzilmalariga va O’zbekiston Respublikasining barcha aholisiga berishni
ta’minlashi kerak.
Xabar berishning cheklangan tizimlari yordamida avariya sodir
bo’lgan obyektlardagi ishchi va xizmatchilargina emas, balki zaharlanish,
vayron bo’lish yoki halokatli suv bosish ehtimoli bor, zonaga tushib
qoladigan aholiga ham vaqtida xabar berish mumkin bo’ladi.
Operativlik – cheklangan tizimlarining asosiy afzalligi bo’lib, tezlik
bilan xabar berishdan iborat.
Cheklangan tizimlarni beruvchi qurilmalari (datchiklari) kimyo
inshootlari yoki to’g’onlar korpusiga o’rnatib qo’yildi. Signal
datchiklardan navbatchi nozimga tushadi, nozim esa inshootda ro’y bergan
FV haqida P-164 boshqarish pulti elektron qurilmalari, inshootdagi
sirkulyar chaqirish qurilmalari va P-164-P uzatgich (peredatchik) orqali
telefonlar va radiokornaylar orqali e’lon qiladi. P-164-P uzatgich
zaharlanish (suv bosish) ehtimoli bor zonada yashab turgan aholiga xabar
berish cheklangan tizimi P/160 apparatini ulab, radiotranslyasiya
155
kanallarini, elektr sirenalarini va ko’chadagi radiokarnaylarni ishga
tushiradi.
Fuqaro muhofazasi xavf-xatar haqida yoki uning yuz berishi
mumkinligi to’g’risida o’z vaqtida xabar va ma’lumot berishdan
boshlanadi.
1998 yilda xabar berish tartibi qayta ko’rib chiqilib o’zgartirildi.
Endi har qanday xavf-xatar holatida elektr sirenalari ishga tushiriladi.
Ularning hayqirig’iga korxonalarning uzuq-uzuq gudoklari jo’r bo’ladi. Bu
FMning «Hamma diqqat qilsin» degan yangi signalidir.
Sirena ovozi eshitilgan zahoti televizor, radiopriyemnik,
radiokarnaylarning ishlatib qo’yib, mahalliy hokimiyat organlarining yoki
FV boshqarmasining xabarlarini tinglash lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |