Samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Fuqaro muhofazasini boshqarish mohiyati va asosiy



Download 1,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/70
Sana20.06.2021
Hajmi1,95 Mb.
#71385
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   70
Bog'liq
favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi-1

Fuqaro muhofazasini boshqarish mohiyati va asosiy 
vazifalari, qo’yilgan talablar
Dunyoda  taraqqiyot shiddat bilan rivojlanib borishi bilan yonma-
yon xavf-xatar ham oshib bormoqda, shu bois barqaror rivojlanish kafolati 
– bu fuqarolar muhofazasidir. Shuning uchun fuqaro muhofazasi va uni 
boshqarishga alohida e’tibor berish muhim ahamiyat kasb etadi.
FMni  boshqarish   mohiyati   FM   xizmati   Respublika   rahbar 
organlarining,   FM   boshliqlarining   bo’lim   va   boshqarmalarining, 
komissiyalarning,   xizmatlarning   doimiy   maqsadni   ko’zlagan   faoliyatdan 
iborat bo’lib quyidagi tadbirlarni tayyorlash va o’tkazishga qaratilgan:
- aholini tabiiy ofatlardan, avariyalardan katastrofalardan muhofaza 
qilish;
-   xalq   xo’jaligi   obyektlari   (XXO)ni   va   tarmoqlarini   barqaror 
ishlashini ta’minlash;
- FM boshqarish organlarining Fvlar sharoitida kuch va vositalarini 
shayligini yuqori darajada saqlash:
- FV sodir bo’lgan joylarda qutqaruv va boshqa shoshilinch ishlarni 
muvaffaqiyatli o’tkazish;
- belgilangan  muddatlarda FVni tinchlik holatidan  harbiy holatga 
o’tkazish.
219


FMga umumiy rahbarlikni Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi va 
u FMga oid vazifalarning bajarilishini ta’minlovchi ta’minlovchi tadbirlar 
hajmini   va   o’tkazish   muddatini   belgilab   boradi.   Rahbarlik   funksiyasini 
hukumat   Respublika   darajasida   Favqulodda   Vaziyatlar   Vazirligi   (FVV) 
orqali   amalga   oshiradi.   FVV     maxsus   vkolatli   organ   sifatida   FMga 
favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga bevosita rabarlik qiladi.
O’zbekiston Respublikasi Favqulodda Vaziyatlar Vazirligi:
- FVni oldini olish bunday vaziyatlarda aholi hayoti va sog’ligini 
muhofaza   qilish,   shuningdek   FV   oqibatlarini   bartaraf   etish   va   zararini 
kamaytirish yuzasidan choralar ishlab chiqadi va amalga oshiradi. Aholi va 
hududlarni FVlarlan muhofaza qilish sohasidagi dasturlar ishlab chiqilishi 
ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirilishini tashkil etadi;
- o’z vakolat doirasida vazirlik va idoralar korxona, muassasa va 
tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun bajarilishi majburiy 
bo’lgan qarorlarni qabul qilish;
- boshqaruv organlarining, aholini va hududlarning muhofaza qilish 
kuchlari va vositalarining favqulodda vaziyatlar sharoitida harakat qilishga 
tayyor bo’lishini tashkil etadi;
- FVlarni bartaraf etish kuchlari va vositalarini boshqarishni amalga 
oshiradi, boshqaruv punktlari, xabar berish va aloqa tizimlarini tuzadi.
Respublika  darajasida tabiiy muhit va kuchli xavfli obyektlarning 
holatini   kuzatish   va   nazorat   qilish   uchun   mas’ul   bo’lgan,   shuningdek 
tarkibida portlovchi, yong’in chiqishi mumkin bo’lgan va boshqa xavfli 
obyektlari   mavjud   bo’lgan   vazirliklar   va   idoralar   ham   FVDT   rahbar 
organlari hisoblanadi.
220


FVDT rahbar organlari:
Mahalliy  darajada   –   Qaroqalpog’iston   Respublikasi   Vazirlar 
Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari;
Obyektlar  darajasida   –   korxonalar   (muassasalar,   tashkilotlar) 
ma’muriyati.
FVDTning  kundalik boshqaruv organlari – bu FVDTning tegishli 
hududiy va funksional quyi tizimlari hamda uning bo’g’inlariga bevosita 
kundalik   boshqaruvni   amalga   oshiruvchi   boshqaruv   organlaridir,   ular 
quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- Qaroqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar FV 
boshqarmalari;
- shahar va tumanlar FV bo’limlari;
- obyektlarning FV bo’limlari;
-   vazirliklar   va   idoralarning   davlat   nazorat   organlari   (nazorat 
inspeksiyasi xizmatlari);
- vazirliklar va idoralarning FVlar bo’limlari;
FVVning tang vaziyatlarni boshqarish markazi;
- FVDT rahbar organlarining zaxiradagi boshqaruv punktlari (ZBP);
-   Favqulodda   vaziyatlar   boshqarmalari   bo’limlarining   tezkor 
navbatchi dispetcherlik xizmatlari.
FVDT  kundalik   boshqaruv   organlarini   joylashtirish   doimiy 
dislokasiya punktlari, shahar va shahardan tashqaridagi ZBPlarda tashkil 
etiladi,   ular   tegishli   xabar   berish   bilan   jihozlangan   va   vazifalarni 
bajarishga tayyor holda saqlanadi.
FMning boshqarishning asosiy vazifalari quyidagilar:
221


- FV oldini olish va ularni tugatish uchun FM boshqarish organlari 
va tizimlarini doimo shay turishini ta’minlash;
- FM rejalarini ishlab chiqish va muvofiqlashtirib turish;
-   muhofaza   inshootlar   va   shaxsiy   muhofaza   vositalari   fondini 
ko’paytirish ishlarini tashkil etish;
-   tinchlik   davrida   ekstremal   vaziyatlar   yuzaga   kelganda   xalq 
xo’jaligi   obyektlari,   birlashmalari   va   tarmoqlarini   barqaror   ishlashini 
ta’minlash,   imlimy-tadqiqot,   tashkiliy-texnologik   va   muhandislik-
texnikaviy tadbirlarni bajarish va ishlab chiqarishga tadbiq etish;
- FVlar sodir bo’lganda  qutqarish  va boshqa  shoshilinch  ishlarni 
o’tkazish   uchun   FM   organlarini,   kuchlarini   vositalarini,   shuningdek 
aholini har tomonlama tayyorlashni tashkil etish;
-   FVdan   muhofaza   qilish   sohasidagi   axborotlarni   yig’ish, 
ayriboshlash, qayta  ishlash va berish.
FM  boshqarishni   asosini   FM   boshlig’ining   qarori   tashkil   etadi. 
Boshqarishga FM boshlig’i mas’uldir.
Boshqaruv quyidagicha bo’lishi kerak:
-   uzluksiz,   ya’ni   FM   boshlig’ining   va   uning   shtatini   qo’yilgan 
vazifalarni bajarila borishga sharoitni bilib turish o’zgarishlarini oldindan 
bilish,   o’z   vaqtida   qarorga   kelish   va   h.k.   orqali   muntazam  ta’sir   etilib 
turishdan iborat;
-   barqaror,   ya’ni   hamma   bo’g’inlardagi   FM   boshqarish 
organlarining murakab sharoitda o’z vazifalarini bajaraverish qobiliyatidan 
iborat. Bunga ekstremal sharoitda boshqarish organlarini yashovchanligini 
ta’minlab   turadigan   boshqa   ish   organlari   tizimini   va   rivojlangan   aloqa 
222


tarmog’ini   yaratish,   boshqarishning   dublyaj   qiladigan   punktlarini, 
organlarini tashkil etish orqali erishiladi.
-   mustahkam,   ya’ni   FM   boshlig’i   kelgan   qarorni   qat’iyat   bilan 
hayotga tadbiq etish;
-   moslashuvchan   (tezkor),   ya’ni   sharoitini   o’zgarishiga   tez 
munosabat bildirish, qabul qilingan qaror, vazifalarni va o’zaro hamkorlik 
tartibini vaqtida aniqlab olish;
- yashirin, ya’ni butun shaxsiy tarkib harbiy va davlat siri nimaligini 
bilishi kerak va saqlash talabalarini qat’iyan bajarishi, yashirin boshqarish 
hujjatlarini mohirona ishlatish.

Download 1,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish