§ 4. XORIJIY MAMLAKATLARDA FAVQULODDA
VAZIYATLARDA FUQARO MUHOFAZASI
Favqulodda vaziyatlarda muhofaza qilish sohasida xalqaro
hamkorlik. Xorijiy mamlakatlarda favqulodda vaziyatlardan
muhofaza qilish tizimi xususiyatlari
Jamiyat, texnika, texnologiya va dunyo sivilizasiyasining
taraqqiyotiga qaramasdan dunyo borgan sari halokatlar xavfiga nisbatan
zaif bo’lib bormoqda. Halokatlar soni esa yildan yilga oshib bormoqda.
Oxirgi 10 yillikda ayrim mamlakatlar tabiiy ofatlar tufayli o’zlarining
milliy daromadlarining 5 % ni yuqotdilar. 1998 yili 50 ming odam tabiiy
ofatlar va avariyalar qurboni bo’ldi, iqtisodiy zarar, 93 mlrd AQSh
dollarini tashkil etadi. Bunday vaziyatda xavfni baholash, yirik
199
halokatlarni oldini olish, xabar berish va axborotlarni aholiga yetkazish,
aholini avariya va tabiiy ofatlardan muhofaza qilish sohasida aholi
tayyorgarligi ta’limi hayotiy zarurat bo’lib qolmoqda.
Halokatlarda xalqaro hamkorlik turli mamlakatlar o’rtasidagi ikki
tomonlama sharnomalar tuzish yuli bilan olib boriladi. Masalan
Germaniya bilan Fransiya, Belgiya, Niderlandiya, Lyuksenburg, Daniya,
Avstriya va Shveysariya mamlakatlari o’rtasida o’zaro yordam to’g’risida
ikki tomonlama halqaro shartnomalar tuzilgan.
1931 yilda Fransiyada tashkil etilgan Jeneva zonalari assosiasiyasi
(urush davrida fuqarolarni tegishli toifalari uchun neytral zona ajratish
uchun) 1958 yilda Fuqaro mudofaasi xalqaro tashkilotiga (ICDO)
aylantirildi. U FM milliy tashkilotlari o’rtasida tadqiqotlar o’tkazish va
ko’maklashish, FVni oldini olish, tayyor turish va xarakat qilishlari
urinishlarini muvofiqlashtirish, tajriba almashishni tashkil etish xuquqiga
egadir. Tashkilotga a’zo davlatlar vakillari tashkilotning 1972 yili 1
martdan kuchga kirgan Nizomiga kura unga xalqaro xukumatlar aro
tashkilot maqomini berdilar.
1973 yildan boshlab Bryusselda axolini FVda shay turishiga
tayyorlash bo’yicha Butunjaxon sog’liqni saqlash markazi faoliyat
ko’rsatib kelmoqda. Uning asosiy vazifasi «Ofatlar epidemiyasi»ni
o’rganish buyicha ilmiy tadqiqotlar o’tkazish, xalokatlar tibbiyoti
ehtiyojlari uchun axborotlar tizimini ishlab chiqish, sog’liqni saqlash
xodimlarining katta va o’rta zvenolarini tayyorlashdan iborat. Hozirgi
vaqtda Markaz ilmiy-amaliy izlanishlar, kadrlar tayyorlash kurslarini
200
tashkil etish va ustuvor yo’nalishlar bo’yicha loyihalarni baholash
masalalari bilan shug’ullanmoqda.
AQShda 80 yillarning ikkinchi yarmidan boshlab atrof muhit
agentligi kimyoviy avariyalarda tez ishga kirishuvchi tizimlar tashkil etish
ustida ishlamoqda. Yevropada esa 1987 yili BMGning Atrof muhit
muhofazasi komissiyasi APELL (mahalliy darajada FVdan ogoh bo’lish va
tayyor turish) loyihasini amalga oshira boshladi.
Yevropa mamlakatlarning «tez ishga kirishuvchi» kuchlari tizimiga
harakatdagi brigadalar, otryadlar kiradi. Ular ko’p tarmoqli kasalxonalar
negizida tashkil etiladi va ularni faoliyati dastlabki razvedka ishlarini
o’tkazishdan boshlanadi. Tizimni tibbiy brigadalari xarakat joyiga yetib
kegach, shikastlanganlarga tibbiy yordam ko’rsatadilar, jabrlanganlik
darajasiga ko’ra shikastlanganlarni guruhlarga ajratadilar, ularning
evakuasiyaga tayyorlaydilar va transportda tashish vaqtida tibbiy
ta’minotni amalga oshiradilar.
Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda FVlar oqibatlarini tugatish
ishlarini tashkil etishda davlat va nodavlat tizimlari qatnashadilar. Ularning
asosiy vazifasi FVlarning oldini olish buyicha tadbirlar o’tkazish,
halokatlarda axoliga samarali yordam ko’rsatishdir. Yevropadagi
nodavlat tashkilot sifatida MSF (tibbiyot chegarasiz) tashkiloti Fransiya,
Belgiya, Niderlandiya, Shveysariya, Ispaniya va Lyuksenburgni
birlashtiradi. MSFga kiruvchi tibbiy xodimlar (ko’ngillilar) yagona talablar
asosida ishlaydilar va xozirgi paytda ular dunyoning 30dan ortik
mamlakatlarida faoliyat ko’rsatmoqda.
201
1999 yil 29 aprelda Gresiya, Rossiya va Shveysariya vakillaridan
iborat guruh rahbarligida xalaqro «Fokus» insonparvarlik tashkilotini
tashkil etildi. 5 iyunda ular safiga Avstriya ham qo’shildi. «Fokus»ning
asosiy vazifasi Yugoslaviyada, Chernogoriyada jabrlanganlarga yordam
ko’rsatish, sog’liqni saqlash, ekologiya, iqtisodiyot sohasidagi harbiy
kelishmovchilik oqibatlarini baholash, kelishmovchilik ro’y bergan
joylarga insonparvarlik tashkilotlarini qaytarish uchun sharoit yaratish,
insonparvarlik tashabbuslari bilan kelishmovchilikni tinch hal etish
yechimlarini izlashdan iborat. «Fokus»ni muvofiqlashtiruvchi markazi
Bern (Shveysariyada)da joylashgan bo’lib u Trast fondiga va Belgrad,
Podgorisa,, Skopye, Sofiya shaharlarida joylashgan omborlarga ega.
Germaniyada Yevropada bo’lishi mumkin bo’lgan radiasiya
avariyasini oldini olish, qo’llashini kamaytirish, hududiy tarqalishi va
tavsiflari, vaziyat rivojini bashoratlash va bunday avariyalar oqibatlarini
tugatish ishlarini rejalashtirish va tashkil etishga mo’ljallangan PODOS
tizimini 4-chi navbatini ishga tushirish ustida ish olib borilmoqda.
Loyihani ishlab chiqishda 16 ta Yevropa mamlakatlari ishtirok etdilar.
O’zbekiston Respublikasida FVV tashkil etilgandan so’ng aholini
va hududlarni FVdan muhofaza qilish sohasida xorijiy mamlakatlar bilan
xalqaro hamkorlik amalga oshirilmoqda. Hozirgi vaqtda kelib AQSh,
Germaniya, Italiya, Shvesariya, Shvesiya, Belgiya va MDX mamlakatlari
bilan o’zaro hamkorlik qilib kelinmoqda.
Turli mamlakatlarda FVdan muhofaza qilinishi o’zlariga yarasha
xususiyatlari mavjud. Masalan AQSh, Buyuk Britaniya va Kanadada aholi
FM tuzilmalarida xizmat qilishga ko’ngilli ravishda jalb qilinadi.
202
Mutaxassislar va aholini tayyorlanishni tashkil etishdagi o’ziga xos
xususiyatlardan biri turli mamlakatlarda turli o’quv mashqlari
o’tkazilishdir.
Masalan, NATO doirasida har yili boshqaruv organlari, kuch va
vositalari, jamoa tashikilotlari va aholining barcha toifalarini jalb qilgan
holda maxsus o’quv mashqlar o’tkaziladi. Shveysariyada bunday o’quv
mashqlari yilida kamida 3 marta o’tkaziladi. Yaponiyada 1971 yildan
boshlab har yili 1 sentyabr kuni zilziladan muhofaza qilish bo’yicha o’quv
mashqlari o’tkaziladi.
FVdan aholini va hududlarni muhofaza qilish tizimining tajribasi
xorijiy mamlakatlarga tegishli iqtisodiy mexanizmni shakllantirishga
imkon bergan. Bular qator mamlakatlar qonun hujjatlarida ko’zda tutilgan
xavfsizlik me’yorlariga amal qilmaganlik uchun korxonalar va mansabdor
shaxslarga jazolash belgilanishi hisoblanadi.
Masalan, AQSh da 1977 yilda qabul qilingan qonunga ko’ra bilib
turib standart talablarini buzganlik uchun 25000 dollar jarima solinadi
yoki 1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinadi. Buyuk Britaniyada
ishchilarning hayoti va sog’lig’iga ataylab xavf solganligi moddiy jarima
va 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish chorasi qo’llaniladi. Iqtisodiy
mexanizmning yana bir richagi sug’urta hisoblanadi. Sug’urta majburan
yoki ko’ngilli ravishda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |