Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi
qaror va me’yoriy hujjatlar
Respublikamiz hukumati tomonidan Favqulodda Vaziyatlar
Vazirligi tashkil topgan kundan e’tiboran aholi xavfsizligini kafolatlovchi,
fuqarolar mas’uliyati va jamiyat taraqqiyotining huquqiy zaminini
belgilovchi bir qancha qaror va me’yoriy hujjatlar qabul qilindiki, ular o’z
27
navbatida favqulodda vaziyatlarda muhofaza qilish sohasidagi faoliyatini
oydinlashtirib berishga qaratilgandir. Bu hujjatlar jumlasiga O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va Favqulodda vaziyatlar
vazirining har o’quv yiliga qabul qiladigan tashkiliy ko’rsatmalari ham
kiradi. Quyida shu hujjatlar bilan qisqacha tanishib chiqamiz.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 11
apreldagi 143-sonli «O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar
vazirligining faoliyatini tashkil etish masalalari to’g’risida»gi qarorida
O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi to’g’risidagi
Nizom va uning tuzilmasi to’g’risida so’z yuritilgan.
O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqaro
muhofazasi, avariyalar, halokatlar va tabiiy ofatlar tufayli vujudga kelgan
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf
etish sohasidagi ishlarga rahbarlikni hamda ularni muvofiqlashtirib borish
ishlarini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligida
tarkibida Vazir (hay’at raisi), lavozimi bo’yicha vazir o’rinbosarlari,
Vazirlikning hamda unga qarashli korxonalar, muassasalar va
tashkilotlarning, shuningdek boshqa vazirliklar va idoralarning rahbar
xodimlari bo’lgan 9 kishidan iborat hay’at tuzilgan.
O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi
vakolatiga kiritlgan muhim muammolarga oid tavsiyanomalarni ko’rib
chiqish va tayyorlash uchun O’zbekiston Respublikasi Favqulodda
vaziyatlar vazirligi huzurida ilmiy-texnika kengashi tashkil etilgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligiga quyidagi huquqlar berilgan:
28
- vazirliklar, idoralar, uyushmalar, Qoraqalopog’iston Respublikasi
Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari,
mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, korxonalar, muassasalar va
tashkilotlar, mansabbdor shaxslar va fuqarolar bajarishi majburiy bo’lgan
fuqaro muhofazasi, favqulodda vaziyatlar, avariyalar va halokatlarning
oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish bo’yicha ishlarni tashkil
qilish va muvofiqlashtirib borish uchun zarur bo’lgan qarorlarni
belgilangan tartibda, o’z vakolati doirasida qabul qilish va ularning
bajarilishini nazorat qilish;
- vazirliklar, idoralar, uyushmalar, Qoraqalopog’iston Respublikasi
Vazirlar Kengashi va hokimliklardan, mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar,
korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan Vazirlikka yuklangan
vazifalarni bajarish uchun zarur bo’lgan axborot va ma’lumotlarni
belgilangan tartibda talab qilish va olish;
- vazirliklar, idoralar, korxonalar, tashkilotlar va obyektlarni o’z
vakolatiga taaluqli masalalar bo’yicha tekshirishlarni belgilangan tartibda
o’tkazish;
- mamlkatimiz va chet el mutaxassilarini hududlarni, xavf-xatar
mavjud bo’lgan obyektlar va ishlab chiqarishlarni davlat ekspertizasidan
o’tkazishga jalb etish;
- avariya-qutqaruv texnikasini yaratish, avariya va halokatlardan
zarar ko’rgan aholini va hudadlarni sog’lomlashtirish va tiklashga doir
ishlarni amalga oshirish yuzasidan ish bajaruvchilar (firmalar), shu
jumladan xorijlik ish bajaruvchilar (firmalar) bilan belgilangan tartibda
kontrakt (shartnoma)lar tuzish;
29
- Qoraoqalopog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, hokimliklar
bilan kelishilgan holda boshqa sohalardagi favqulodda vaziyatlarni
bartaraf etish ishlarini amalga oshirish uchun doimiy tayyorgarlikning
zarur hududiy kuchlari va vositalarini jalb etish to’g’risida qarorlar qabul
qilish.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimini mablag’ bilan ta’minlash
xarajatlarini O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti mablag’lari hisobiga
amalga oshiriladi.
Ushbu qaror bilan fuqaro mudofaasi va favqulodda vaziyatlar
bo’yicha rahbar xodimlar tayyorlash respublika markazi O’zbekiston
Respublikasi Fuqaro muhofazasi institutiga aylantirildi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahakamasining 1997 yil 23
dekabrdagi 558-sonli «O’zbekiston Republikasi favqulodda vaziyatlarda
ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi (FVDT) to’g’risida»gi
qarori.
FVDT boshqaruv organlari, Respublika va mahalliy hokimiyat
organlarini, aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlarda himoya qilish
masalalarini hal etish vakolatiga kiradigan korxonalar va muassasalarning
kuch va vositalarini birlashtiradi hamda favqulodda vaziyatlarning oldini
olish va bartaraf etish sohasidagi tadbirlarni tashkil etish va amalga
oshirish, ular yuzaga kelganda aholi xavfsizligini atrof-tabiiy muhitni
muhofaza qilish hamda tinchlik va harbiy davrda davlat iqtisodiyotiga
zararni kamaytirishni ta’minlashga mo’ljallangan.
Qarorda FVDTning vazifalari, tarkibi tuzilmasi, FVDT rahbar va
kundalik boshqaruv organlari, kuch va vositalari, moliyaviy va moddiy
30
resurslar zaxiralari, xabar berish, aloqa, boshqaruv tizimlari, faoliyat
rejimlari keng, aniq va ravshan yoritib berilgan. FVDT boshqaruv
organlarining Respublika, mahalliy va obyektlar darajasidagi vazifalari
belgilangan. Qarorga FVDT funksional quyi tizimini tashkil etuvchi
vazirlik va idoralar ro’yxati ilova qilingan bo’lib, ulardan har birining
favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi vazifalari keltirilgan.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27
oktyabrdagi 455-sonli «Texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda
vaziyatlarning tavsifi to’g’risida»gi qarori.
Qarorda O’zbekiston Respublikasi hududida sodir bo’lishi mumkin
bo’lgan barcha favqulodda vaziyatlar kelib chiqish xarakteri va ko’lamiga
ko’ra tasniflab berilgan.
Favqulodda vaziyatlar xaraketriga ko’ra uch turga – tabiiy, texnogen
va ekologik favqulodda vaziyatlar, ko’lamiga ko’ra to’rtga – lokal,
mahalliy, Respublika va transchegaraviy favqulodda vaziyatlarga
bo’linadi.
Umuman, keltirilgan qarorlar va bundan tashqari me’yoriy
hujjatlarga asoslangan holda, quyida O’zbekiston FV qarorlari strukturasi
sxemasi (rasm 1.3), FV kuchlarining harbiy holatdagi kuchlarini
strukturasi (rasm 1.4) va hududiy obyektlar bo’yicha FV kuchlari
strukturasi (rasm 1.5) keltirilgan.
Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tizimida kadrlar
tayyorgarligi masalasi muhim o’rin tutadi.
Aholi va rahbarlar tarkibini favqulodda vaziyatlardan muhofaza
qilishga tayyorlash masalalari «O’zbekiston Ruspublikasi aholisini
31
favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga, tayyorlash tartibi
to’g’risida»gi 427-sonli qarorida bayon qilib berilgan. O’qitish ma’yorlari
Bosh vazirning yillik tashkiliy ko’rsatmalarida aniqlab beriladi.
Qarorda begilanishicha, O’zbekiston Respublikasi fuqarolarini
favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga tayyorlash mulkchilik
shakllaridan qat’iy nazar korxonalarda, muassasalardava tashkilotlarda,
shuningdek yashash joyida ularning yoshlari va ijtimoiy guruhlari bo’yicha
o’tkazilishi lozim. Favqulodda vaziyatlarda harakat qilish bo’yicha
tayyorgarlikdan o’tgan fuqarolarimiz muhofazalanishining qoidalari va
asosiy usullarini birinchi tibbiiy yordam ko’rsatish usullarini, jamoa va
yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanish qoidalarini bilishlari
zarur.
Rahbar xodimlar esa favqulodda vaziyatlardan aholini muhofaza
qilish bo’yicha harakat qilishga tayyorgarlikdan va qayta tayyorgarlikdan
o’tishlari lozim.
Aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga tayyorlash
sohasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi bir nechta vazirliklar – Xalq
ta’limi vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog’liqni saqlash
vazirligi bilan birgalikda faoliyat ko’rsatishi lozim. Favqulodda
vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi bilimlar aholi o’rtasida keng
tashviqot qilinishi lozim. O’quv dasturlari ishlab chiqilishi, o’quv
qo’llanamalari, darsliklar tayyorlanishi talab etiladi.
Tayyorgarlik ishlarini olib borishni samarali tashkil etish maqsadida
har bir o’quv yiliga Bosh vazirning tashkiliy ko’rsatmalari qabul qilinadi.
Jumladan, «Aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida
32
tayyorlash yuzasidan 2001-2002 o’quv yiliga mo’ljallangan tashkiliy
ko’rsatmalar»da shunday belgilangan: aholini, rahbarlar tarkibini,
harbiylashmagan tuzilmalarni O’zbekiston Respublikasi hududida tabiiy
texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish, hamda ularni
tugatish ishlariga tayyorlash saviyasini oshirish, shuningdek favqulodda
vaziyatlarni profilaktika qilish, oldini olish va tugatishga rahbarlik qilish
usullarini takomillashtirish, hamda o’tkazish, tayyorlashning asosiy
maqsadi hisoblanadi.
Shuning bilan birga ishchi va xizmatchilarning bilim darajasi va
amaliy tayyorgarligi zamon talablariga javob berishi lozim.
Asosiy vazifalar quyidagilar hisoblanadi:
- aholiga favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish hatti-harakatlari
qoidalarini va asosiy usullarini, jabrlanganlarga birinchi yordam ko’rsatish
yo’llarini, jamoa va shaxsiy muhofaza vositalaridan foydalanish
qoidalarini o’rgatish;
- boshqaruvning barcha darajalaridagi rahbarlarni favqulodda
vaziyatlardan aholini muhofaza qilish harakatlariga tayyorlash va qayta
tayyorlash;
- korxona, tashkilot va muassasalarning rahbarlarida va boshqa
mutaxassislarida qutqaruv va boshqa shoshilinch ishlarini o’tkazish
kuchlari va vositalarini tayyorlash va boshqarish ko’nikmalari hosil qilish;
- favqulodda vaziyatlardagi o’z funksional vazifalarini amalda
o’zlashtirib olishlari.
33
Rasm 1.3. O’zbekiston Favqulodda vazitlar qarorlari strukturasi.
Respublika bo’yicha
Regionlar
bo’yicha
Territoriya-
da
Mahalliy
Obyektda
Territorial podsistema
1.
Boshqaruv
organlari
Koordinasiya
Tarmoqlararo
komissiya
Region
markaz
FVK
FVK
FVK
Doimiy
boshqaruv
FVV
Region
markaz
Bosh
boshqarma
Boshqaruv
bo’limi
Bo’limlar,
sektorlar,
mutaxassislar
Kunlik
boshqaruv
Krizisli FV markaz
boshqaruvi
FV markaziy
boshqaruv
Tezkor-navbatchi xizmati
Navbatchi
dispetcherli
xizmat
2. Kuch va vositalar
Kuzatish va
nazorat
“O’zbekgidromet”, hokimiyatlar bo’limi, xavfli obyetklar, Davlatsanepidnazorat,
laboratoriya kuzatuvi tarmoqlari.
FV bartaraf
etish
FVV axtaruv-qutqaruv bo’limi, yong’inga qarshi bo’limi, Fuqaro mudofaasi kuchlari,
IIV bo’limlari.
Shtatli va shtatadan tashqari avariya-qutqaruv turli kuchlar.
3.
Axborot
boshqaruv
sistemasi
Axborot markazi
Axborot
boshqaruv
markazi
Axborot
boshqaruv
markazi
Abonent
punkti
Axborot
markazi
4.
Moliya va
material
rezervlari
Baza, omborxona, materiallarni saqlash joylari.
Funksional
quyisistema
Boshqaruv organlari, GOChS joylari va kuchlari, axborot boshqaruv sistemalari.
O’zbekiston Respublikasi hukumati
Mazmuni
Darajasi
Respublika bo’yicha
Regionlar
bo’yicha
Territoriyada
Mahalliy
Obyektda
Territorial podsistema
1.
Boshqaruv orgnalari
Maslahatli
Tarmoqlararo komissiya
Region markaz
FVK
FVK
FVK
Doimiy
boshqaruv
FVV
Harbiy (harbiy
holat)
- Harbiy kuchaytirilgan boshqaruv organi.
- Fuqaro muhofazasi xizmati.
Kunlik
boshqaruv
- Krizisli FV markaz
boshqaruvi.
- Zahiradagi boshqaruv
punkti (ZBP)
- Krizisli FV
markaz
boshqaruvi.
- ZBP
- Tezkor-navbatchi xizmati
- Navbatchi dispetcherlik xizmati
2.
Kuch va vositalar
Kuzatish va
nazorat
Tinch vaqtda qo’llash bo’limi.
FV qurol
qo’llannish
oqibatini
bartaraf etish
- Tinch vaqtda qo’llanuvchi kuchlar va vositalar.
- FM qismlarini ko’paytirish
- Fuqarolar tashkiloti
3.
Axborot boshqaruv
sistemasi
Axborot markazi
Axborot
boshqaruv
markazi
Axborot
boshqaruv
markazi
Abonent
punkti
Axborot markazi
4.
Moliya va material
rezervlari
Baza, omborxona, materiallarni saqlash joylari.
Funksional quyisistema
Boshqaruv organlari, GOChS joylari va kuchlari, axborot boshqaruv sistemalari.
Rasm 1.4. Harbiy holatdagi favqulodda vaziyatlar kuchlari strukturasi.
Hukumat vazirligi
B o sh q o’ m o n d o n
35
Mazmuni
Darajasi
Obyekt
Obyekt bo’limlar strukturasi
1. Boshqaruv
orgnalari
Maslahatli
FVK
FVK
Doimiy boshqaruv
FMFV ishlari bo’yicha bo’lim
FV sektorlari
Kunlik boshqaruv
Navbatchi dispetcherlik xizmati
2. Kuch va vositalar
Kuzatish va nazorat
FV qurol qo’llannish
oqibatini bartaraf etish
3. Axborot boshqaruv sistemasi
Axborot boshqaruv markazi
4. Moliya va material rezervlari
Baza, omborxona, materiallarni saqlash joylari.
Rasm 1.5. Hududiy obyektlar favqulodda vaziyatlar kuchlari strukturasi.
Bo’lim boshlig’i (FV
mutaxassisi)
Strukturaviy bo’limlar rahbarlari
Evakuasiya bo’yicha o’rinbosarlar
Obyekt rahbari
FVK raisi
Xizmat boshlig’i
36
Bu vazifalarni amalga oshirish uchun umumiy o’rta ta’lim
muassasalari, kasb-hunar kollejalari, akademik liseylar, oliy o’quv yurtlari,
korxona, tashkilot va muassasalarda, shuningdek aholi manzilgohlarida
alohida dastur asosida tayyorgarlik ishlari olib borilishi zarurligi
ta’kidlanib, o’rganilishi lozim bo’lgan mavzularning taxminiy ro’yxatlari
keltirib o’tilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |