qoilaniladl. Buyuk Britaniyada amal qiluvchi «tojiar» tizimini
«yulduzlar» tizimi bilan uyg‘unlashtirish uchun «tojlar»ning
umumiy miqdoridan bitta «yulduz»ni ayirish kerak (masalan, to‘rt
«tojli» daraja uch «yulduzli» darajaga teng). Yuqorida ko‘rib
chiqilgan Britaniya agentliklari uyushmasi tomonidan
taklif qilingan
mehmonxonalami tasniflash tizimi ham shunday muvofiqlikni
nazarda tutadi:
- budjet mehmonxonalari - «1 yulduz»;
- turistik toifa mehmonxonalari - «2 yulduz»;
- o‘rtacha toifa mehmonxonalar - «3 yulduz»;
- birinchi toifa mehmonxonalari - «4 yulduz»;
- oliy toifa mehmonxonalari - «5 yulduz».
Jahonda mehmonxonalami Fransiya milliy tasniflash tizimida
daraja lash keng tarqalgan. Bu tizim turistik mehmonxonalami 6 toi-
faga ajratadi. Shulardan besh toifa mehmonxonalarga ma’lum miq-
dorda yulduzlar berishni nazarda tutadi («1 yulduzli», «2 yulduzli»,
«3 yulduzli», «4 yulduzli» yoki «5 yulduzli» mehmonxonalar). Bir
toifa - yulduzsiz. Bunday tizim mehmonxona xizmatlari bozorini
ancha to‘liq qamrab olish imkonini beradi. Minimal
talab-mezonlar-
ga javob bermaydigan mehmonxona toifa olishga da’vogar bo‘la ol-
maydi. Bunday talab-mezonlar quyidagi guruhlarga birlashtirilgan:
A - xonalar miqdori;
В - umumiy
binolar va xonalar;
С - mehmonxonaning jihozlanishi;
D - yashash joyining shinamligi;
E - xizmat ko‘rsatish;
F — nogironlar hamda harakatlanishi cheklangan shaxslarga
yaratilgan qulayliklar.
Germaniya tasniflash tizimiga ko‘ra, mehmonxona
korxonalari
besh toifaga ajratiladi. Bu tizimni Yevropa tizimi bilan
uyg‘unlashtirish maqsadida bu yerda har bir toifa ma’lum yulduzlar
miqdoriga mos kelishi nazarda tutiladi:
• turistik toifa —«1 yulduz»;
• standart toifa — «2 yulduz»;
• komfortli toifa — «3 yulduz»;
• birinchi toifa - «4 yulduz»;
140
• lyuks - «5 yulduz».
Boshqa tasniflash tizimlari ham o‘zming «yiildiizlar» tizimiga
muvofiqligini belgilashga harakat qiladi. Masalan, Gretsiyada A toi-
fa mehmonxonalari «to‘rt yulduzli» darajaga, V toifa mehmonxo-
nalari «uch yulduzli» darajaga, S toifa mehmonxonalari «ikki yul
duzli» darajaga, D toifa mehmonxonalari «bir yulduzli» darajaga
mos keladi. Italiyada birinchi toifa mehmonxonalar shartli ravishda
«to‘rt yulduzli» darajaga, ikkinchi toifa mehmonxonalar uch yulduz
li darajaga, uchinchi toifa mehmonxonalar «ikki yulduzli» darajaga
mos keladi.
Gernianiya tasniflash tizimining o‘ziga xos jihati shundan
iboratki, unda pansionlar, karvonsaroylar, «garni» otellar singari
mehmonxona korxonalari uchun ham toifalar nazarda tutilgan.
Bunday turdagi mehmonxona korxonalariga tegishli toifalami
belgilashda «restoran», «ovqatlanish servisi» kabi majburiy talablar
nazarda tutilmaydi, qo‘shimcha talablaming zarur miqdori
esa ancha
kam:
'
'
- birinchi toifa uchun - 90;
- komfortli toifa uchun - 50;
- standart toifa uchun - 15.
Bundan tashqari, mazkur korxonalarga ko‘pi bilan birinchi
toifa («4 yulduz») berilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: