Asosiy xizmatlar ko‘rsatilishi davomida yoki turist ehtiyojidan
kelib chiqqan holda foydalanadigan xizmatlar (masalan, qo‘shimcha
gid xizmati).
Turistga birinchi vaziyatdagi qo‘shimcha turistik xizmatlarni
ko'rsatish uchun quyidagilarga e’tibor berish kerak:
- turistlar qiziqishlarini inobatga olib, iloji boricha turistlarga
faqat yaxshi kayfiyat bag‘ishlaydigan qo'shimcha xizmatlar taqdim
etish o‘rinli hisoblanadi. Shu o‘rinda bu xizmatlar turistga ijobiy
taassurot qoldira olishi kerak. Masalan: o‘zbek milliy to‘ylariga va
oilalarga
olib borish, turistni
milliy konsert, festivallarga taklif etish.
Buning uchun respublikada turistlarga xizmat qiladigan milliy
ansambl guruhlarini tashkil etish maqsadga muvofiq bo‘ladi;
- turist uchun yangilik bo‘lgan va bunday vaziyatga
oldin duch
kelmagan qo‘shimcha turistik xizmatlarni ko‘rsatish. Masalan: Sa-
marqandda bir-biriga masofa jihatidan yaqin joylashgan yodgor
liklar (Amir Temur maqbarasi, Registon maydoni, Bibixonim
masjidi, Shohizinda ansambli va boshqalar)ga sayohat qilishda tu
ristlami tuya, ot-aravalarda olib borish chuqur taassurot qoldiruvchi
xizmatlar turiga kiradi. Buning uchun shu yodgorliklar joylashgan
hududda maxsus piyoda turistik yo‘laklar tashkil etib, turistik-
tomosha hududiga aylantirish kerak;
- turistlami milliy urf-odatlar va an’analar bilan tanishtirish
orqali milliy hunarmandchilik va kasanachilik jarayonlarida bevo-
sita qatnashishini tashkil etish. Yoki o‘zbek milliy taomlarining pi-
shirilish jarayonini tomosha qilish kabi xizmatlar ko‘rsatish. Buning
uchun mamlakatimizda hunarmandchilik, kasanachilik va milliy
oshxonalami turizm sohasiga jalb qilib, bu sohalarni rivojlantirish.
Turistga ikkinchi vaziyatdagi qo‘shimcha turistik xizmatlarni
ko‘rsatish uchun quyidagilarga e’tibor berish kerak:
-
mehmonxonalardagi qo‘shimcha turistik xizmatlarni rivojlan
tirish. Bu xizmatlarga: nomerga taom yoki mehmon buyurtmalarini
yetkazib berish xizmati, kiyim tozalash va dazmollash xizmati, seyf
xizmati, telefon, internet, pochta xizmatlari, trenajyor zali xizmati,
basseyn (ochiq yoki yopiq), massaj, sauna, sartarosh xizmati, texni-
kani ta’mirlash xizmati, valyuta ayriboshlash xizmati, ijara xizmati
va boshqalar.
116
-.ovqatlanish korxona!arida qo‘shimcha turistik xizmatlar max
sus turist buyurtmasi va tanloviga asosan ko‘rsatiladigan xizmatlardir.
Qo‘shimcha turistik xizmatiardan turist ketma-ket ravishda ham
foydalanishi mumkin. Ya’ni turist bo‘sh vaqtida shahardan tash-
qariga tog‘li manzaralami ko‘rish uchun borganda, valyuta al-
mashtirish xizmati, avtomobil ijara xizmati, qo‘shimcha ovqatlanish
xizmati (shahardan tashqarida) dan ketma-ket foydalanadi. Xulosa
qilib
aytganda, qo‘shimcha turistik xizmatlar nafaqat
tashkil qilinishi
va taklif qilinishi, balki sifatli va foydali ravishda ko‘rsatilishi kerak.
Turistik mahsulot. Turizm xizmat bozori o‘ziga xos hodisa
bo‘lib, uning ta’sir doirasi turistik mahsulotni yaratish va
iste’molchilar o'rtasidagi iqtisodiy munosabatlar bilan ifodalanadi.
Turistik mahsulot turizm maqsadlari va jarayonida turistning
ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli boMgan, barcha turistik
xizmatlar, ishlar, tovarlar va ta’minot vositalari hamda turpaketga
kiritilgan boshqa turistik xizmatlar majmuidan iborat. Turistik
mahsulot (turpaket) xizmatlar harakatining 24 soatdan ortiq vaqtiga
ega yoki tunab qolish (joylashtirish) va joydan-joyga ko‘chib o‘tish
(yuk tashish) ni o‘z ichiga oladi. Turistik mahsulot barcha ko‘r-
satilgan xizmatlar va barcha xarajatlami o‘z ichiga olgan umumiy
narx bo‘yicha taklif etiladi, uning iste’mol xususiyatlari esa shart-
noma shartlari asosida amalga oshiriladi.
Turist turistik mahsulotlar (turistik xizmatlar, ishlar va tovarlar)
iste’molchisidir. Turistik mahsulotlar - turistik asosiy xizmatiardan
(bronlashtirish, transfert,
joylashtirish, ovqatlantirish, ekskursiyalar),
qo‘shimcha xizmatlar turistik ishiardan (foto xizmati, sug‘urta,
axborot, moliya, bank xizmati) va turistik tovarlardan (esdalik
sovg‘alar, xilma-xil tur tovarlari, iste’mol tovarlari - parfyumeriya,
tamaki, spirtli ichimliklar, maishiy texnika, kiyim-kechak) iboratdir.
Agar turistik xizmatlar ko‘rsatish jarayonini sinchiklab kuzata-
digan boMsak, unda turizm tashkilotchilari (turoperatorlar) aynan
xizmat ko‘rsatish bilan emas, balki turistlaming ehtiyojlariga qarab,
turistik mahsulotni shakllantiradilar va ularning turli kombinatsi-
yalarini tuzadilar, buning evaziga ular foiz ko‘rinishida mukofot
oladilar. Shunday qilib, turizm tashkilotchilari turistlar va xizmat
ko‘rsatuvchilar o‘rtasida vositachi vazifasini o‘taydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: