xalqaro turistik yarmarka har yili muntazam ravishda o‘tkazilib
kelinmoqda.
Bu xalqaro turistik yarmarkalarda tuzilgan shartiioma va
bitimlar xalqaro turizmni yanada rivojlantirish, respublikaning
xalqaro turizmga oid imkoniyatlarim ishga solish hamda «Buyuk
Ipak yoii»ga xos boigan qadimiy an’analami tiklashga keng yo‘l
ochib bermoqda. Toshkent shahridagi « 0 ‘zekspomarkaz»da «Xal
qaro turizm ko‘rgazmasi - 2016» boiib o‘tdi. Ko‘rgazmada jami
855 ta kompaniyalar va 43 ta davlatdan kelgan (Fransiya,
Shveytsariya, Ruminiya, Chexiya, Turkiya, Isroil, Italiya, BAA,
Eron, Hindiston, Xitoy, Tailand, Malayziya, Singapur, Rossiya,
Ozarbayjon, Qozog‘iston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va boshqa
davlatlar) 65 ta xorijiy kompaniyalar ham o‘z xizmat turlari bilan
ishtirok etdi.
Har yilgi ko‘rgazmalarga yangi, ta’lim, tibbiyot va geoturizm
yo‘naIishlari kiritilmoqda. Ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilar soni
o‘n uch ming nafardan oshib ketdi. Yarmarka
turistlami qabul qilish
va ichki turizm, ekoturizm, faol va sarguzashtli turizm, ekskursiya
va sog‘lomlashtirish turizmi, turistik ma’muriyatlar
va milliy ofislar,
turistik agentliklar va turoperatorlar, otellar, sanatoriya-kurort
majmualari, dam olish maskanlari, havo yo‘llari va yo‘lovchi
tashuvchilar, uyushmalar, ta’lim muassasalari, muzeylar, teatrlar,
transport va sug‘urta kompaniyalari, onlayn-bronlashtirish tizimlari
kabi keng qamrovga ega ekspozitsiyalami o‘zida birlashtiradi.
Shuningdek, xalqaro turistik yarmarka yakunlariga ko‘ra, yilning
«Eng yaxshi turistik yo‘nalishi», «Eng yaxshi turistik kompaniya»,
«Eng yaxshi turistik imkoniyatlar». «Eng yaxshi ko‘rgazma stendi»,
« 0 ‘zbekiston hududlari ichida eng yaxshi taqdimot», «Eng yaxshi
hudud stendi», «Eng yaxshi mehmonxona taqdimoti» kabi nomi-
natsiyalar bo'yicha g‘oliblar aniqlanib, diplom va esdalik sovg‘alari
topshiriiadi.
Bundan tashqari, yarmarkaning ta’lim turizmiga bag‘ishlangan
yangi boTimi boshqa mavzuga oid yo‘nalishlar ichida o‘z bilimini
yanada oshirishga intiluvchi yosh avlod vakillari orasida katta
qiziqish uyg‘otmoqda. Unda respublikamizda ushbu sohaga
kadrlami yetishtirib berayotgan yetakchi oliy va o‘rta maxsus o‘quv
yurtlari - Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Samarqand
326
iqtisodiyot va servis instituti, Singapur menejmentni rivojiantirish
instituti, poytaxtdagi kasb-hunar kollejlari, “Turizm sohasida
malaka oshirish va qayta tayyorlash respublika markazi” Davlat
unitar korxonasi vakil lari ishtirok etib, sayyohlik sohasida milliy
kadrlami tayyorlash tizimi bilan yaqindan tanishtirdilar. Yarmarka
o‘tkaziladigan kunlarda turizm muammolariga bag‘ishlangan
anana-
viy xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya va seminarlar o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: