Samarqand iqtisodiyot va servis instituti servis va turizm fakulteti



Download 407.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana04.02.2020
Hajmi407.62 Kb.
  1   2   3   4   5

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 

  OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI  

   

 SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI 



SERVIS VA TURIZM” FAKULTETI 

 

«Xizmatlar ko‘rsatish, servis va uni tashkil etish” kafedrasi 



 

 

Qo‘lyozma huquqida 

 

 



TOJIYEVA UGILOY

 

   Samarqand shahridagi «Navbahor» restoranida 



mehmonlarga xizmat ko‘rsatish turlari va ularni 

takomillashtirish 

   


  5811000-Servis texnika va texnologiyasi (xizmat ko‘rsatish sohalari bo‘yicha) 

  Bakalavr  

  akademik darajasini  olish uchun yozilgan 

 

BITIRUV MALAKAVIY ISH  

   

   



  

Ilmiy rahbar: 

t.f.n., dotsent Xudoyberdiyev A.Yu. 

________________________ 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Samarqand-2013 



“Himoyaga tavsiya etildi” 

«Xizmatlar ko‘rsatish, servis va 

 uni 

tashkil 


etish” 

kafedrasi 

mudiri, 

professor______________J.M.Kurbonov                                 

“Xizmatlar  ko‘rsatish,  servis  va  uni  tashkil  etish” 

kafedrasi majlisi bayonnomasi  

№ __ 2013 yil “____”  ________________

 


 

2

MUNDARIJA 

 

 

Kirish……………………………………………………………  3 

I-BOB. 

ADABIYOTLAR TAXLILI……………………………………

 

1.1. 

Umumiy ovkatlanish korxonalari turlari va tavsifi………………



 

1.2.



 

Umumiy ovkatlanish korxonalarida kursatiladigan  

servis xizmatlari tavsifi………………………………….

 

 



11 

1.3. 


«Navbaxor» restoranida xizmt kursatuvchi xodimlarga 

qo‘yiladigan talablar…………………………………………….. 

 

13 


II-BOB.  ASOSIY QISM………………………………………………….. 16 

2.1. 


«Navbaxor» restoranining tavsifi………………………………… 16 

2.2. 


Restoranda kursatiladigan xizmatlar……………………………..  19 

2.4. 


Restoranda xizmat kursatuvchi xodimlarga kuyiladigan  

talablar va xizmat kursatish texnikasi…………………………… 

33 

III-BOB.  «NAVBAXOR» RESTORANIDA XIZMAT  

KURSATISH GIGIYENASI VA XAYOT  

FAOLIYATI XAVFSIZLIGI ………………………………….

 

 



 

48 


3.1. 

Restoranda xizmat ko‘rsatish gigiyenasi………………………… 48 

3.2. 

Restoranda yong‘in xavfsizligi tadbirlari va ofitsiantlar 



xavfsizligiga kuyiladigan talablar……………………………….. 

 

52 



 

Xulosa va takliflar…………………………………………........  56 

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati……………………………. 58 

 


 

3

KIRISH 

Xizmatlar  sohasining  rivojlanishi,  ko‘rsatilayotgan  xizmatlar  hajmi  va 

sifati  bo‘yicha  biz  iqtisodiy  rivojlangan  mamlakatlardan  hamon  jiddiy  orqada 

qolmoqdamiz. 

Shuni ta’kidlash joizki, mamlakatimiz iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish 

va  tarkibiy  o‘zgartirish  bo‘yicha  aniq  yo‘naltirilgan  kompleks  chora-tadbirlarni 

amalga oshirish natijasida xizmat ko‘rsatish sohasining yalpi ichki mahsulotdagi 

ulushi  2005  yildagi  38,7  foizdan  2011  yilda  50,5  foizga  o‘sdi.  Axborot-

kommunikatsiya,  bank,  sug‘urta,  lizing,  sayyohlik-ekskursiya  va  boshqa 

zamonaviy  yuqori  texnologik  va  bozor  iqtisodiyotiga  mos  xizmat  turlari  ildam 

sur’atlar bilan rivojlanmoqda. 

2012 yilda esa xizmatlar sohasi, ayniqsa, aloqa va axborotlashtirish (24,5 

foizga),  kompyuter  dasturlashtirish  (18  foizga),  texnologik  asbob-uskunalarni 

ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish (17 foizga), moliya-bank xizmatlari (17,6 

foizga)  singari  xizmatlarning  yuqori  texnologik  va  bozorga  xos  turlari  yuqori 

sur’atlar  bilan  rivojlandi.  Mamlakatning  yalpi  ichki  mahsulotida  xizmatlar 

sohasi ulushi 52 foizdan ortiqni tashkil etdi. 

Eng  muhimi,  shuni  unutmaslik  kerakki,  katta  kapital  qo‘yilmalar  talab 

qilmaydigan  bu  soha  iqtisodiyotning  yuksalishiga,  aholi  bandligi  va 

daromadlarining ortishiga sezilarli darajada ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 

2006-2011  yillarda  xizmat  ko‘rsatish  sohasini  tezkor  rivojlantirish 

hisobiga, avvalambor kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda 1,1 mln. yangi ish 

joylari yaratildi. 

Shu  bilan  birga  ko‘rsatilayotgan  xizmatlarning  erishilgan  darajasi  va 

sifati,  ayniqsa  qishloq  joylarda,  iqtisodiy  rivojlangan  mamlakatlar  darajasiga, 

respublika  aholisining  real  talablariga,  mavjud  resurslar  hamda  imkoniyatlarga 

hali mos kelmayapti.  



 

4

Xizmat  ko‘rsatish  sohasini  jadal  rivojlantirish,  avvalambor  qishloq 



joylarda  ko‘rsatilayotgan  xizmatlarning  turini  kengaytirish  hamda  sifatini 

yaxshilash  va  buning  asnosida  mamlakat  iqtisodiyotini  barqaror  va  shiddatli 

rivojlantirishda,  aholining  bandligini  ta’minlash,  daromadini  ko‘paytirish  va 

farovonligini yuksaltirishda xizmat ko‘rsatish sohasining roli hamda ahamiyatini 

oshirish  muhim  o‘rin  egallaydi.  Shuning  uchun  bu  borada  O‘zbekiston 

Respublikasi  Prezidentining  2012  yil  10  mayda  «2012-2016  yillarda 

O‘zbekiston  Respublikasida  xizmat  ko‘rsatish  sohasini  rivojlantirish  dasturi 

to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. 

Bu  qarordan  kelib  chiqib,  xizmat  ko‘rsatish  sohasini  rivojlantirishning 

hududiy  dasturlari  va  ularni  amalga  oshirish  bo‘yicha  kompleks  chora-

tadbirlarni ishlab chiqishda quyidagilarga alohida e’tibor berildi: 

-  xizmat  ko‘rsatish  sohasi  tarkibini  yanada  takomillashtirish,  aholi 

talabgor  bo‘lgan  zamonaviy  xizmat  turlari  bilan  bozorni  jadal  rivojlantirish  va 

to‘ldirishga;  

-  shahar  va  qishloq  aholi  punktlari  hududlarining  qurilishini 

rejalashtirishda  tasdiqlangan  me’yorlardan  kelib  chiqqan  holda  mintaqalar 

aholisiga turli  ijtimoiy  va kommunal-maishiy  xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish 

va ulardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;  

-  birinchi  navbatda  qishloq  aholi  punktlarida  xizmat  ko‘rsatish 

korxonalarini  rivojlantirish,  xizmat  ko‘rsatish  sohasiga  oilaviy  tadbirkorlik 

sub’ektlari  hamda  ixtisoslashgan  kasb-hunar  kollejlari  va  oliy  ta’lim 

muassasalari bitiruvchilari ichidan yoshlarni keng jalb etish. 

Bunga  asosan  2016  yilgacha  mamlakatimizning  yalpi  ichki  mahsulotida 

xizmat ko‘rsatish sohasining ulushi 55 foizgacha oshirilishini nazarda tutildi. 



Mavzuning  dolzarbligi:  O'zbekiston  Respublikasida  iktisodiyotrni 

erkinlashtirish,  mamlakatni  modernizatsiyalash,  makroiqtisodiy  barqarorlikni 

ta’minlash  evaziga  uzluksiz  iqtisodiy  o‘sishga  erishishdek  dolzarb  vazifa 


 

5

qo‘yilgan.  Bu  esa,  servis  va  xizmat  ko‘rsatish  sohalarini  yalpi  ichki 



mahsulotdagi  ulushining  ortib  borishi  bilan  baholanmoqda.  Ayni  paytda  servis 

korxonalariga,  jumladan:  umumiy  ovkatlanish  korxonalariga  bo‘lgan  talabning 

ortib  borishi  mamlakatning  bozor  tizimiga  asta  sekinlik  o‘tayotganligi  ham 

misol  bo‘ladi.  Shuning  uchun,  ovqatlanish  korxonalarini  turlari,  xususiyatlari, 

tavsifi,  umumiy  ovqatlanish  korxonalarining  zamonaviy  xizmat  kursatish 

usullari,  xizmat  kursatuvchi  xodimlarning  burch  va  vazifalari,  ularga  qo‘yilgan 

talablarni  taxlil  qilish  hamda  iste’molchilarga  ularni  tavsiya  etish  xozirgi 

kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi. 



Muammoning  o‘rganilganlik  darajasi:  Xizmat  ko‘rsatish  sohasi 

sub’ektlari  faoliyatining  tabiati  hamda  ularni  tashkil  etishning  samaradorligini 

oshirish  muammolari  umumiy  ovqatlanish  sohasi  sub’ektlari  samaradorligini 

oshirish  masalalari  chet  ellik    olimlardan:  A.S.Ratushniy,  L.A.Starostina, 

Ye.V.Gorshkova, 

T.I.Zaharova, 

K.Maxmudov, 

T.A.Xudayshukurov, 

J.M.Qurbonov,  N.N.Mo‘minov,  J.S.Fayziyev  va  boshqalar  tomonidan  tadqiq 

qilingan.  Mustaqillik  yillarida  mamlakatimiz  olimlari    tomonidan  ham  xizmat 

ko‘rsatish  soxasi  samaradorligini  oshirish  bo‘yicha  qator  izlanishlar  olib 

borilgan.  Biroq,  xizmat  kursatibgina  kolmay,  balki  ularning  xizmat 

kursatishdagi  texnikasi,  texnologiyasi,  xizmat  kursatish  sifatini  taxlil  kilish 

hamda  mexmonlarga  kursatiladigan  xizmatlar  adabiyotlarda  yetarlicha  ochib 

berilmagan. 

Tadqiqotning  maqsadi:  Umumiy  ovkatlanish  korxonalari,  jumladan: 

“Navbaxor”  restorani  misolida  mexmonlarga  kursatilayotgan  xizmatlarni 

urganib chikish, tadkikot qilish hamda xizmatlarning sifatini, darajasini, texnika 

va  texnologiyasini  taxlil  qilishda  bitiruv  malakaviy  ish  uz  ichiga  quyidagi 

vazifalarni belgilab oladi: 

-  Umumiy ovqatlanish korxonlarining rivojlanish istikqollari; 

-  Ovkatlanish korxonlarining turlari va tavsifi; 

-  Ovkatlanish korxonalarida kursatiladigan xizmatlar; 

-  “Navbaxor” restoranining tavsifi va undagi xizmat turlari; 


 

6

-  Xizmat kursatish texnika, texnologiyasi; 



-  Xizmat kursatuvchi xodimlarga kuyilgan talablar: 

-  Xizmat kursatuvchi xodimlarning malakasi: 

-  Korxonada mexnatni muxofaza kilish masalalari. 

Tadqiqot ob’ekti: Bitiruv malakaviy ishining ob’ekti sifatida Samarqand 

shahri  O'zbekiston  kuchasida  joylashgan  va  faoliyat  kursatayoyotgan 

“Navbaxor” restorani kabul kilindi. 

Tadqiqotning predmeti:  tadkikotning  predmeti etib zamonaviy  umumiy 

ovkatlanish korxonalarida  xizmat kursatish texnika-texnologiyasini  taxlil kilish, 

kursatilayotgan  xizmat  turlarini  oshirish  va  xizmat  kursatuvchi  xodimlarning 

malakasini oshirish bilan bog‘liq  munosabatlar hisoblanadi. 



Tadqiqot  usullari:  Bitiruv  malakaviy  ishi  doirasidagi  tadqiqotlar 

davomida  xizmat kursatuvchi  xodimlarning  xizmat kursatish darajasi, turlari  va 

xizmat  kursatishda  kullaniladigan  ularning  texnikasini  urganib  chikish  va  taxlil 

kilish kabi bir qator usullardan foydalanildi. 



Bitiruv  malakaviy  ish  tarkibi:  kirish,  3  ta  bobdan  iborat  bulib, 

Adabiyotlar  taxlili,  asosiy  kism  va  xayot  faoliyati  xavfsizligini  uz  ichiga  oladi. 

Undan tashkari, bitiruv malakaviy ishi buyicha xulosa, foydalanilgan adabiyotlar 

ro‘yxati,  jadvallar  hamda  kushimcha  materiallar  ko‘rsatilgan.  Ishning  xajmi  60 

betdan iborat. 

 


 

7

I-BOB. ADABIYOTLAR TAXLILI 



 

1.1. Umumiy ovkatlanish korxonalari turlari va tavsifi

 

 



Umumiy  ovqatlanish  korxonalari  deganda  kulinar,  hamirli  konditer  va 

bulochka  mahsulotlarini  ishlab  chiqarish,  realizatsiya  qilish  va  ularni  iste’mol 

qilishni tashkil qilish uchun mo‘ljallangan korxona tushuniladi. 

 

O‘ziga  xos  faoliyatiga  ko‘ra  umumiy  ovqatlanish  korxonalari  quyidagi 



turlarga bo‘linadi: 

 

-  umumiy  ovqatlanish  mahsulotlarini  ishlab  chiqarishni  tashkil  qiluvchi 



korxonalar (tayyorlov fabrikalari, yarim tayyor va tayyor kulinar mahsulotlarini 

ishlab  chiqarish  bo‘yicha  sexlar,  ixtisoslashgan  kulinariya  sexlari,  bortda 

ovqatlantirish korxonlri yoki sexlari va boshqalar); 

 

-  umumiy  ovqatlanish  mahsulotlarini  ishlab  chiqarish,  realizatsiya  qilish 



va  shu  joyda  iste’mol  qiluvchi  iste’molchilarga  xizmat  ko‘rsatuvchi  hamda 

kulinariya,  hamirli  konditer  va  bulochka  mahsulotlarini  boshqa  ovqatlanish 

korxonalari (restoranlar, barlar, kafelar, oshxonalar, tamadixonalar, choyxonalar, 

tez xizmat korxonalari, qahvaxonalar); 

 

-  umumiy  ovqatlanish  mahsulotlarini  realizatsiya  qiladigan  korxonalar 



(kulinariya magazinlari, bufetlar, kafeteriylar, chakana savdo korxonalari); 

 

-  mehmonxona  nomerlariga  va  boshqa  joylashtirish  vositalariga 



mahsulotlarni keltirib, iste’molchilarga xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar; 

 

- sayyor xizmat ko‘rsatish korxonalari. 



 

Umumiy  ovqatlanish  mahsulotlarini  ishlab  chiqarishni  tashkil  qiluvchi 

korxonalar  ishlab  chiqargan  mahsulotlari  bilan  ko‘rsatilgan  boshqa  barcha 

ovqatlanish korxonalarini ta’minlaydi. 



 

8

Umumiy  ovqatlanish  mahsulotlarini  ishlab  chiqarishni  tashkil  qiluvchi 



korxonalar tayyorlovchi,  umumiy ovqatlanish  mahsulotlarini  ishlab chiqaruvchi 

va shu joyda iste’mol qiluvchi iste’molchilarga xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar, 

mehmonxona  nomerlariga  va  joylashtirish  vositalariga  mahsulotlarni  keltirib, 

xizmat  ko‘rsatuvchi  korxonalar  hamda  sayyor  xizmat  ko‘rsatish  korxonalari  va 

yarim tayyor mahsulotlarda ishlaydigan korxonalar. Yarim tayyor mahsulotlarni 

kulinar  tayyor  darajasiga  yetkazuvchi  korxonalar  deyiladi,  chunki  ular  xom 

ashyolardan  tashqari,  boshqa  korxonalar  ishlab  chiqargan  yarim  tayyor 

mahsulotlarda  ham  ishlashlari  mumkin.  Tayyor  mahsulotlarda  ishlaydigan 

korxonalar  faqat  boshqa  korxonalarda  tayyorlanib  keltirilgan  taom  va 

ichimliklarni  realizatsiya  qiladi,  shuneing  uchun  bunday  korxonalar  suzib 

uzatuvchi korxonalar deyiladi. 

Tayyorlovchi  korxonalardan  tashqari  barcha  umumiy  ovqatlanish 

korxonalari  o‘zlari  ishlab  chiqaradigan  kulinar  va  hamirli  konditer,  bulochka 

mahsulotlari  assortimenti,  ularni  tayyorlash  va  bezatish  texnologiyalarining 

murakkabligi,  texnik  ta’minoti  (moddiy-texnika  bazasi,  muxandis-texnik 

ta’minoti,  jihozlari,  sex  va  xonalar  tarkibi  va  boshqa  ko‘rsatkichlari),  xizmat 

ko‘rsatish  usullari  va  shakllari,  iste’molchilarga  xizmat  ko‘rsatish  vaqtining 

davomi  (kutish  vaqti,  xizmatni  taqdim  etish  va  iste’mol  qilish  vaqti), 

xodimlarning  kasbiy  tayyorgarlik  va  malaka  darajasi  hamda  xizmat  ko‘rsatish 

sharoitlari  (zal  va  mebellarning  shinamliligi,  xizmat  ko‘rsatuvchi  xodimlarning 

etikasi,  xonalar  va  binolar  inter’eri  va  tashqi  ko‘rinishi)  bo‘yicha  tiplarga 

bo‘linadi. 

Faqat  restoran  va  barlar  xizmat  ko‘rsatish  darajasi  va  ko‘rsatiladigan 

xizmatlar  nomenklaturasi  bo‘yicha  lyuks,  oliy  va  birinchi  klasslarga  bo‘linadi. 

Korxonalarning qolgan tiplari klasslarga bo‘linmaydi. 

Restoran  –  bu  oziq-ovqat  mahsulotlarining  barcha  turlaridan  keng 

assortimentda  murakkab  tayyorlash  texnologiyasiga  ega  bo‘lgan  taomlarni,  shu 

jumladan  buyurtma  bo‘yicha  tayyorlanadigan  taomlarni,  ekzotik  taomlarni, 



 

9

hamirli  konditer  va  bulochka  mahsulotlarini  ishlab  chiqaradigan,  keng 



assortimentda  alkagolli,  issiq  va  sovuq  ichimliklarni,  sotib  olingan 

mahsulotlarni,  shu  jumladan  tamaki  mahsulotlarini  istemolchilarga  taklif 

qiladigan  korxona.  Restoranlarda  tushliklar  va  qechquringi  nonushta  tashkil 

etiladi. 

Bar  –  bar  stoykasi  bilan  jihozlangan  va  ixtisoslashiga  ko‘ra  alkogoli  va 

(yoki) alkogolsiz ichimliklarni, issiq va salqin ichimliklarni, kokteyllarni, sovuq 

va  issiq  gazaklarni  hamda  o‘ta  chegaralngan  assortimentda  taomlarni  va  sotib 

olingan mashulotlarni realizatsiya qiladigan umumiy ovqatlanish korxonasi. 

Kafe  –  ovqatlanishni  va  xordiq  chiqarishni  (yoki  xordiqsiz)  tashkil 

qiladigan hamda restoranlarga nisbatan chegaralangan assortimentda ovqatlanish 

mahsulotlarini,  firma  hamda  buyurtma  taomlarni  va  mahsulotlarni,  alkogolli  va 

alkogolsiz  ichimliklarni  realizatsiya  qiladigan  umumiy  ovqatlanish  korxonasi. 

Ularda asosan ertalabki nonushta tashkil qilinadi. 

Oshxona  –  hammabop  yoki  iste’molchilarning  ma’lum  bir  kontinentiga 

xizmat  ko‘rsatadigan,  haftaning  kunlari  bo‘yicha  farq  qiladigan  menyuga  ko‘ra 

taom  va  kulinar  mahsulotlarni  ishlab  chiqarib,  realizatsiya  qiladigan  umumiy 

ovqatlanish korxonasi. Odatda oshxonalarda ertalabki  va  kechqurungi  nonushta 

hamda tushlik tashkil qilinadi. 

Ta’madixona  –  assortimenti  chegaralangan,  tayyorlanishi  bo‘yicha 

murakkab  bo‘lmagan  taom  va  mahsulotlarni,  ba’zan  alkogolli  ichimliklarni 

realizatsiya qiladigan  hamda  iste’molchilarga tez  xizmat  ko‘rsatadigan  umumiy 

ovqatlanish korxonasi. 

Choyxona  –  ikkinchi  issiq  taom  va  gazaklarni  ishlab  chiqaradigan,  keng 

assortimentda  choy  va  salqin  ichimliklarni,  sotib  olingan  hamirli  konditer, 

bulochka, non mahsulotlarini hamda shirinliklarni realizatsiya qiladigan umumiy 

ovqatlanish korxonasi. 



 

10

Tez  xizmat  ko‘rsatuvchi  korxona  –  o‘ta  chegaralangan  assortimentda 



yuqori  darajada  texnologik  ishlov  berilgan  yarim  tayyor  mahsulotlardan 

tayyorlangan  taom  va  mahsulotlarni  hamda  oddiy  tayyorlash  texnologiyasiga 

ega  bo‘lgan  ichimliklarni  realizatsiya  qiladigan  va  iste’molchilarga  xizmat 

ko‘rsatishga  minimal  vaqt  sarflaydigan  umumiy  ovqatlanish  korxonasi.  Tez 

xizmat  ko‘rsatadigan  korxonalar  iste’molchilarning  intensiv  harakat  qiladigan 

ko‘plab to‘planadigan joylarida tashkil qilinadi. Masalan, savdo komplekslarida, 

markazlarida,  kinoteatrlarda,  teatrlarda,  markaziy  ko‘cha  va  maydonlarda,  dam 

olish  zonalarida  va  boshqa  joylarda.  Ular  kioskalarda,  avtopritseplarda  tashkil 

qilinishi  mumkin.  Odatda  taom  iste’mol  qilish  zallari  bo‘lmaydi,  mahsulotlar 

iste’molchilarga  tarqatish  darchasi  orqali  beriladi.  Ular  o‘zlari  ishlab  chiqargan 

mahsulotlarni realizatsiya qiladi. 

Qahvaxona  –  keng  assortimentda  kofe,  kakao  va  choydan  issiq 

ichimliklarni,  chegaralangan  assortimentda  hamirli  taom,  konditer,  bulochka, 

kulinar  mahsulotlarni  (yuqori  darajada  texnologik  ishlov  berilgan  yarim  tayyor 

mahsulotlardan)  ishlab  chiqarishga,  ularni,  alkogolli  ichimliklarni  va  sotib 

olingan  mahsulotlarni  realizatsiya  qilishga  ixtisoslashgan  umumiy  ovqatlanish 

korxonasi.  Qahvaxonalarda  asosan  iste’molchilarga  ofitsiantlar  orqali  xizmat 

ko‘rsatiladi. 

Kafeteriy  –  bufut  yoki  bar  stoykasi  bilan  jihozlangan,  joyida  iste’mol 

qilish  uchun  kofe  va  choylardan  issiq  ichimliklarni,  salqin  ichimliklarni  va 

chegaralangan  assortimentda  yuqori  darajada  ishlov  berilgan  yarim  tayyor 

mahsulotlardan  ishlab  chiqargan  umumiy  ovqatlanish  mahsulotlarini,  shu 

jumladan  buterbrodlar,  hamirli  bulochka  va  konditer  mahsulotlarini,  murakkab 

tayyorlash  texnologiyaga  ega  bo‘lmagan  issiq  taomlarni  va  sotib  olingan 

mahsulotlarni realizatsiya qiladigan umumiy ovqatlanish korxonasi. 

Bufet  –  yashash  va  jamoa  binolarida  joylashgan,  joyida  iste’mol  qilishi 

uchun chegaralangan assortimentda yuqori darajada ishlov berilgan yarim tayyor 

mahsulotlardan  ishlab  chiqarilgan  umumiy  ovqatlanish  mahsulotlarini,  shu 



 

11

jumladan,  murakkab  tayyorlash  texnologiyasiga  ega  bo‘lmagan  sovuq  taomlar, 



gazaklar,  issiq  shirin  taomlarni,  hamirli  kulinar,  bulochka,  konditer 

mahsulotlarini,  hamda  sotib  olingan  mahsulotlarni  realizatsiya  qiladigan 

umumiy ovqatlanish korxonasi. 

 

1.2. Umumiy ovkatlanish korxonalarida kursatiladigan servis 

xizmatlari tavsifi 

 

 



Umumiy ovkatlanish korxonalar o‘zlarining xizmat ko‘rsatish turlari bilan 

farqlanadi:  ofitsiantlar  bilan  xizmat  ko‘rsatish,  o‘z-o‘ziga  xizmat  ko‘rsatish  va 

aralash  xizmat  ko‘rsatish.  Turistlarning  ovqatlanish  tartibi  bo‘yicha  keltirib 

o‘tilgan  korxonalar  o‘zida  faqat  nonushta,  to‘la  pansionli,  yarimpansionli, 

maxsus  ovqatlantirish,  bolalar  uchun  ovqat  tayyorlash  va  boshqa  xillari  kabi 

xizmat  ko‘rsatadilar.  Mehmonxonlar  qatorida  esa  oshxonalar,  kichik  barlar 

joylashgan  bo‘lib,  u  yerdagi  xizmat  ko‘rsatish  esa  buyurtma  yoki  chaqirish 

orqali amalga oshiriladi. 

 

Bu  xizmatlar  turistlarning  ovqatlantirish  assortimentlari  bo‘yicha, 



kompleks  ovqatlantirish  hohishi  bo‘yicha,  ovqatlantirish,  taxminiy  buyurtma 

asosida  ovqatlantirishlarga  bo‘linadi.  Shuningdek,  bayramlarda,  yubileylarda, 

har xil banketlarda va boshqalarda xizmat ko‘rsatiladi. 

 

Ovqatlanish  korxonalari  ishlash  tartibi  (kecha-kunduz  va  chegaralangan 



vaqt bo‘yicha) va o‘rinlar soni bo‘yicha klassifikatsiyalanadi. 

 

Texnik jihozlanganligi, ko‘rsatiladigan xizmatlar sifati va hajmi bo‘yicha, 



joylashishi,  narxi,  binoning  badiiy  bezatishi,  mahsulotlar  assortimentlari, 

avtomatlashtirilgan 

darajasi 

va 


boshqa 

ko‘rsatkichlari 

bo‘yicha 

ovqatlantirishning turistik industriyasi sinflariga bo‘linadi. 



 

12

 



Sinf  –  bu  ovqatlantirish  korxonalarining  alohida  bo‘limi  bo‘lib,  xizmat 

ko‘rsatish  sifatining  darajasi  bilan  tavsiflanadi.  Bunda  asosiy  xizmat  talablar 

asosida  bajariladi.  Umumiy  ovqatlanish  korxonalari  chegaralari  (atrofi)  nafaqat 

toza  yig‘ishtirilgan,  balki  asfaltlangan  yoki  dekorativ  qoplamalar  bilan 

ta’minlangan  bo‘lishi  shart.  Bunday  bezaklar  turistlar  kompleks  atrofini  bezash 

bilan  birga,  u  yerda  har  xil  ko‘lmaklar,  kirlar  paydo  bo‘lishini  oldini  olishi 

kerak. Shuningdek, turistik kompleksning tashqi ko‘rinishiga bir qancha talablar 

mavjud. 


 

Barcha  binolarda  programalashtirilgan  jihozlar  bo‘lishi  shart,  chunki 

turistlar  shu  ko‘rsatkichlar  orqali  kompleksni  o‘rganadilar.  Kompleksning 

ko‘rinadigan  joyiga,  ya’ni  vestibyulida  ovqatlanish  korxonasiga  berilgan 

sertifikatning  nusxasi  olinishi  lozim,  bu  uning  asosiy  sinf  ekanligini  ko‘rsatib 

turadi. 


 

Qo‘shimcha talablarga quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: 

1.  Turistik  guruhlarga  pul  ko‘chirish  yo‘li  bilan  ovqatlantirishni  tashkil 

etganda,  nonushta,  tushlik  va  kechki  ovqatda  ularning  hohishi  va  milliy  tamo 

turlariga  e’tibor  bergan  holda  taomnoma  tuziladi.  Hatto  yo‘l  harakatiga 

sarflanadigan  energiyasi  ham  e’tiborga  olinishi  shart.  Taomnomalar  ro‘yxati 

guruhlarda 10 kungacha o‘zgartirilmaydi, ovqat turlari bo‘yicha esa 4 kungacha 

o‘zgartirish  mumkin.  Ovqatlanish  ratsioni  bo‘yicha  tuzilgan  taomnoma  albatta, 

guruh rahbari bilan kelishilgan holda tuziladi. 

 

2. Stollarni taxminiy servirovkalash, non idishlari bilan, sovuq taomlar va 



har  xil  qo‘shimchalar  bilan  bezab  qo‘yish  faqat  pul  ko‘chirish  bilan  xizmat 

ko‘rsatadigan guruhlarda qo‘llash mumkin. 

 

3.  Taom  tayyorlash  uchun  ishlatiladigan  mahsulotlar  sog‘liqqa  ta’sir 



etmasligi  to‘g‘risidagi  tasdiqlangan  hujjat  bilan  olinadi.  Agar  bu  hujjat 

bo‘lmasa, unda mahsulot maxsus laboratoriya tahlil xonasidan o‘tkaziladi. Unda 



 

13

har  xil  mikroblar  va  sog‘liqqa  ta’sir  o‘tkazadigan  qo‘shimchalarning 



bo‘lmasligini nazorat qilinadi. 

 

4.  Har  doim  besh  yilga  bir  marta  korxonada  bo‘lim  xodimlarini 



malakasini oshirish  maqsadida,  ishlab chiqarish,  xizmat ko‘rsatish, tashkil etish 

va boshqarish, texnikaviy jihozlar attestatsiyadan o‘tkaziladi. 

 

Uch yilga bir marta esa turistik tashkilot xodimlari maxsus dastur asosida 



o‘z malakalarini oshirish maqsadidad maxsus kurslarda o‘qitiladi. 

5. Metrdotel, somele (spirtli ichimliklar bo‘yicha mutaxassis), ofitsiant va 

barmenlar  eng  kamida  bitta  chet  tilini  bilishlari  shart.  Xizmatchilar  guruhlariga 

bir necha chet tillarini biluvchi ofitsiantlar kirgiziladi. 

 

6.  Xizmat  ko‘rsatuvchi  xodimlar  iste’molchilarga  nisbatan  iliq 



munosabatda  bo‘lib,  ularning  har  bir  iltimosini  (vazifasidan  kelib  chiqib), 

bajargan  holda,  e’tiborli  va  mas’uliyatli  bo‘lishlari  lozim.  Agar  biror 

norozichilik  yoki  e’tiroz  bo‘lganda,  darhol  ish  boshqaruvchi,  metrdotel  yoki 

tashkilot rahbari chaqirtiriladi. 

 


Download 407.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent axborot
toshkent davlat
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
umumiy o’rta
haqida umumiy
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
universiteti fizika
malakasini oshirish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
davlat sharqshunoslik
jizzax davlat