Samarqand iqtisodiyot va servis instituti raxmatulla xaitboyev ekologik turizm



Download 5,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/115
Sana02.03.2022
Hajmi5,76 Mb.
#478634
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   115
Bog'liq
ekologik turizm

Tayanch so‘z va iboralar:
qo‘riqxona, buyurtmaxona, o‘simlik 
turi, hayvonot turi, endemik, «Qizil kitob», geologik yotqiziqlar, 
ornitologiya.
Mavzuni o‘zlashtirish bo‘yicha test savollari:
1. O‘zbekistonda nechta milliy park bor?
A. 4 ta.
B. 6 ta.
D. 8 ta.
E. 2 ta.


154
155
2. O‘zbekistonda nechta tabiat qo‘riqxonasi bor?
A. 4 ta.
B. 6 ta.
D. 8 ta.
E. 9 ta. 
3. O‘zbekistonda nechta tabiat buyurtmaxonalari bor?
A. 6 ta.
B. 8 ta.
D. 10 ta.
E. 12 ta.
4. O‘zbekistonda xalqaro biologik rezervat maqomiga ega 
bo‘lgan qo‘riqxonani aniqlang.
A. Zomin tog‘-o‘rmon qo‘riqxonasi.
B. Kitob qo‘riqxonasi.
D. Zarafshon qo‘riqxonasi.
E. Baday-to‘qay qo‘riqxonasi.
5. O‘zbekistonda xalqaro biosfera qo‘riqxonasi maqomiga ega 
bo‘lgan qo‘riqxonani aniqlang.
A. Zomin qo‘riqxonasi.
B. Chotqol qo‘riqxonasi.
D. Hisor qo‘riqxonasi.
E. Zarafshon qo‘riqxonasi.
Mavzuni o‘zlashtirish bo‘yicha savol va topshiriqlar:
1. Nima uchun milliy park deyiladi?
2. Nima uchun tabiat buyurtmaxonasi deyiladi?
3. Nima uchun tabiat yodgorliklari deyiladi?
4. Nima uchun biosfera qo‘riqxonasi deyiladi?
5. O‘zbekistonning milliy parklari haqida gapirib bering.
6. O‘zbekistonning tabiat qo‘riqxonalari haqida gapirib bering.
7. O‘zbekistonning biosfera qo‘riqxonalari haqida gapirib 
bering.
11-mavzu. OROL DENGIZI HAVZASI – EKOLOGIK 
TURIZMNING RESURSLARI
Reja:
11.1. Orol dengizi havzasida ekoturizmni rivojlantirish yo‘llari.
11.1. Orol dengizi havzasida ekoturizmni rivojlantirish yo‘llari
Ekologik barqaror rivojlanish 
ekologik muammolarning ijtimoiy va 
iqtisodiy muammolarga kuchli ta’sir 
etishi, bu ta’sirlarni ijobiy hal qilishdagi 
tabiat resurslari foydasini ko‘zlab 
amaliy hamkorlik qilishni talab qiladi. 
Bu yechim mamlakatimizning barcha 
mintaqalarida turizmning zamonaviy 
istiqbolli yo‘nalishlaridan biri ekoturizmni rivojlantirish dolzarb 
vazifalardan biri hisoblanadi. 
Orol dengizi va Orol dengizi bo‘yi inqirozli ekologik 
hududlarning hozirgi holatiga qiziquvchi turistlarning soni yildan-
yilga ortib bormoqda. Bu ekologik vaziyat tang hududlarga 2007 
va 2008-yillarda 64–68 chet el davlatlaridan xorijiy turistlar 
kelgan bo‘lsa, 2009-yilda 81 ta xorijiy davlatlardan turistlar kelib 
ketishdi. Orol dengizi akvatoriyasiga asosan Yevropa davlatlaridan 
ekoturistlar ko‘plab kelishmoqda. Yevropaliklarning Orol dengiziga 
qiziqishi sabablarini yaxshilab tahlil qilishimiz va bu yo‘nalishni 
kuchaytirishimiz lozim.
Endi o‘z o‘rnida ekologik vaziyat tang Orol bo‘yi hududlarida 
ekoturizmni rivojlantirish masalalarini qanday hal qilish mumkin 
degan savol tug‘ilishi tabiiy. Orol dengizi bo‘ylari va umuman 
ekologik vaziyat tang bo‘lgan quyi Amudaryo hududlarida 
ekoturizmni rivojlantirishning muhim ahamiyati quyidagi natijalar 
berishi bilan muhim ahamiyatga ega ekanligini alohida qayd qilish 
lozim deb hisoblaymiz:


156
157
• har bir tabiiy-geografik majmua betakror ekoturizm 
imkoniyatlariga ega, ya’ni o‘ziga xos hududiy xususiyatlarga ega. 
Iqtisodiy samaradorlik nuqtayi nazaridan ekoturizmni tarixiy 
turizm bilan birga olib borish, jumladan, Qoraqalpog‘iston 
Respublikasidagi qadimiy qal’alar va Xiva shahriga tashrif qilgan 
xorijiy sayyohlariga tabiat va inson «mahsuli»ni ko‘rsatishdir;
• xorij olimlari va tadqiqotchilarini mazkur hududga jalb 
qilish, ularning ilmiy tadqiqotlari natijalari va xulosalarini davlat 
miqyosida muhokama qilish va bu asosda belgilangan tadbirlarni 
amalga oshirish orqali muammolarni yengillashtirish;
• mahalliy sayohatchilar shu jumladan, maktablar, litseylar, 
kollej, universitetlar talabalariga Orol dengizining qurib qolgan 
qismini ko‘rsatish, bu yerlarga sayyohatlar qilish orqali voyaga 
etayotgan barkamol avlodni sobiq ittifoq ma’muriy buyruqbozlik 
tizimining ekologik muhitni saqlash sohasidagi bugungi halokatli 
oqibatlarini ko‘rsatish.
Orol dengizi bo‘yi hududlari ekologik vaziyat tang inqirozli 
ekoturizm hududlari bo‘lganligi uchun ham bu hududlarda 
paydo bo‘lgan ekologik inqiroz holati asosiy ekoturizm obyekti 
hisoblanadi. Ekoturizm marshrutlari bir vaqtning o‘zida Orol 
dengizining qurigan va bu qirg‘oqchilik ta’sirida turgan hududlarni 
qamrab olishi zarur bo‘ladi. 
Bu ekoturizm hududlariga turistlar va sayyohatchilarni, 
tadqiqotchilarni jalb qilishning quyidagi yo‘llari tavsiya qilinadi:
• xalqaro ekologiya bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar 
bilan o‘zaro hamkorlikni tashkil qilish uchun O‘zbekistonning 
mukammal xalqaro ekologik turizm dasturini ishlab chiqish;
• Orol dengizi bo‘yi hududlaridagi ekoturistik salohiyatni 
internet axborot tizimlariga ijtimoiy-iqtisodiy, tabiiy va madaniy 
landshaftlar haqida tasviriy lavha va axborotlarni berish;
• ichki ekoturizmni rivojlantirish uchun ommaviy axborotlar 
vositalarida, televideniyada hujjatli ko‘rsatuvlar berish;
• Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tarixiy 
turizm sayohatini tashkil qilgan va tashrifi kutilayotgan turistlarga 
Orol dengizi bo‘yi ekoturizm hududlari bo‘yicha qo‘shimcha 
turmarshrutlarni kiritish.
Orol dengizi bo‘yi hududlarida ekoturizmni rivojlantirishning 
o‘ziga xos xususiyatlariga e’tibor berishda birinchi navbatda bu 
hududlarda ekoturizmni xalqaro turizmda ham va ichki turizmda 
rivojlantirishning strategik vazifalarini aniqlab olish talab qilinadi. 
Bu vazifalar quyidagilardan iboratdir:
• Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida 
ekoturizmni mintaqaviy turizm sohasida davlat ahamiyatiga molik 
muhim yo‘nalish deb qabul qilish;
• mazkur tabiiy hududlarni ekologik toza saqlashga asoslangan 
mintaqaviy ekoturizmni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish.
Orol dengizi bo‘yida ekoturizmni rivojlantirishning strategik 
vazifalarini amalga oshirish uchun esa quyidagi taktik vazifalarni 
bajarishga to‘g‘ri keladi:
• mintaqada tabiat muhofazasida ekoturizm manfaatlariga mos 
bo‘lgan viloyat va respublika hukumati qarorlarini qabul qilish;
• mintaqadagi kollej va universitetlarda ekoturizm bo‘yicha 
malakali mutaxassislarni tayyorlash;
• ekoturizm bo‘yicha xalqaro va ichki turizm darajalariga 
moslangan turmahsulotlar ishlab chiqish;
• Orol dengizi bo‘yidagi ekologik inqirozli vaziyatni hisobga 
olib ekoturizmda ishonarli baho siyosatini ishlab chiqish;
• alohida muhofazadagi davlat hududlaridagi mahalliy 
hokimiyatlarga davlat yordamini ko‘rsatish, dastlabki bosqichlarda 
turizm va ekoturizmdagi xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash;
• ekoturizmning mukammal axborot resurslarini, ekoturizm 
marshrutlarini, ekoturizm ekskursiyalarini ishlab turizm bozoriga 
chiqarish.
Orol dengizi bo‘yi hududida ekoturizmni rivojlantirishning 
strategik va taktik vazifalarini bajarishdagi dastlabki ishlar bu 
hududdagi barcha ekoturizm obyektlarining mukammal ro‘yxatini 
tuzib chiqish va ularning mukammal ta’rifi, tavsifi, mohiyatlarini 
tayyorlash hisoblanmog‘i kerak. Bu vazifani bajarish mintaqadagi 


158
159
universitetlar va turizm kolleji zimmalariga yuklatilishi maqsadli 
va natijali bo‘ladi 
Orol dengizi bo‘yi, Quyiamudaryo va Xorazm viloyatlarida 
ekoturizmni rivojlantirishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm 
viloyati hokimiyatining «Turizmni rivojlantirish dasturlari» ishlab 
chiqilgan. Navbatdagi birinchi darajali vazifamiz Respublikamizdagi 
barcha viloyatlar o‘zlarining «Turizmni rivojlantirish dasturlari»ga Orol 
dengizi bo‘yi, Quyiamudaryo va Xorazm viloyatlarida ekoturizmni 
rivojlantirish rejalarini qo‘shishi lozim. Chunki, mamlakatimiz 
aholisida Orol dengizi bo‘yidagi ekologik-iqtisodiy holatlarning aniq 
tavsiflari unchalik ham to‘liq emas hisoblanadi.
Shuning uchun ham vatanimizda Orol dengizi bo‘yida 
yashovchi aholining ijtimoiy-iqtisodiy holatlarini qo‘llab-
quvvatlash uchun ekoturizm marafonlarini o‘tkazish, tabiatsevar 
tadbirkorlarni jalb qilish, iqtisodiy jihatdan kuchli korxonalar, 
tashkilotlarni jalb qilish ishlarini tashkil qilishimiz vatanimiz 
tabiatini asrash-avaylashdagi salohiyatli ishlarimizdan bo‘lishi 
shubhasizdir. 
Orol dengizini eslatib turuvchi kemalar xalqaro va ichki ekoturizm 
obyektlariga aylandi

Download 5,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish