122
123
1312, Afrikada 500, Amerika qit’asida 2117 tur o‘simliklar
madaniylashtirilgan. Insoniyat hozirda 30 ming tur o‘simlikdan
foydalanadi. Inson 250 tur o‘simlikdan xomashyo oladi. Bu
o‘simliklar butun dunyoda ekiladigan ekin maydonlarining 82%
ini tashkil qiladi.
Tabiatdagi betakror makon – muhim ekoturistik obyektlar
O‘simliklar haqida aytiladigan, yoziladigan hamma fikrlar
o‘rmonga, o‘rmon boyliklariga taalluqlidir.
Inson faoliyatida
o‘rmon mahsulotlari ishlatilmaydigan sohaning o‘zi yo‘q.
Birgina yog‘ochdan hozir 2 ming xil mahsulot olinmoqda.
O‘rmon daraxtlarining dorivorligi ham beqiyos. Masalan,
pixta daraxti dizinteriya, qarag‘ay – sil, archa – nafas oluvchi
organlarni zaharlovchi viruslarni o‘ldiradi. O‘rmonlarda kasallik
qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlar shahar havosiga nisbatan 70–
80 marotaba kam bo‘ladi. Archaning karbonat angidrid yutish
qobiliyati 100%, keng bargli o‘simliklarning 120%–450%,
terakniki 700%dir.
Bir gektardagi 60 yoshli qarag‘ay o‘rmonlari 1 yilda 10 t
kislorod, 40 yoshli eman daraxti 14 t kislorod chiqaradi. Bir gektar
yerdagi terak daraxti vegetatsiya davomida 340 kg chang yutadi.
Bir ga arg‘uvonzorlardan 900 kg, 1 ga o‘rmon malinazorlaridan
270 kg asal olish mumkin.
O‘simliklarning dorivorlik xususiyatlari haqida buyuk bobomiz
Ibn Sinoning “Dorivorlik xususiyati bo‘lmagan o‘simlik yo‘q,
o‘simlik bilan davolanmaydigan kasallik ham yo‘q” degan so‘zlarini
yod olishimiz kerak. Tibbiyotning otasi bo‘lgan Gippokrat 200
xilga yaqin dorivor o‘simliklar haqida ma’lumotlar qoldirgan.
Bobokalonimiz Ibn Sino 900 xil o‘simliklardan foydalanish
yo‘llari haqida asarlar bitgan.
Yer yuzida o‘rmonlarning umumiy maydoni 4100
mlnga
atrofida, ya’ni quruqlikning 31% ini tashkil qiladi. Yog‘och
miqdori 140 mlrd m
3
. O‘rmonlar aholi jon boshiga: Kanadada
24 ga, Finlyandiyada 5 ga, Rossiyada 4,2 ga, Shvetsiyada 3
ga, Norvegiyada 2,2 ga, AQSHda 1,6 ga, Yevropa davlatlarida
0,1–04 ga va O‘zbekistonda 0,04 ga to‘gri keladi. Inson ilmiy
texnika taraqqiyoti jadal rivojlanayotgan hozirgi vaqtda o‘simlik
resurslarini muhofaza qilish zarur. Birgina o‘rmonlarning 1-suvni
me’yorlashtirish va suv saqlash; 2-tuproqni muhofazalovchi va
3-iqlim hosil qiluvchi rolining o‘zigina yashash faoliyatimizning
mezonini tashkil qiladi.
124
125
Keyingi 100 ming yil ichida 2/3 qism o‘rmonzorlar yo‘q qilingan.
Oxirgi 2000 yil ichida 0,5 mlrd ga o‘rmonlar o‘rnida cho‘llar hosil
bo‘lgan. Keyingi 100 yil ichida Amerikada 540 ming ga o‘rmon
kesilgan, jahon bo‘yicha 67 mln ga o‘rmon yo‘q qilingan.
AQSHning
Vetnamdagi agressiyasi natijasida 1,5 mln gektar tropik o‘rmonlar
hayvonot dunyosi bilan yo‘q qilingan. Hozirgacha vetnamliklar 180
ming gektarini asl holiga keltirishdi. Agar o‘rmonlardan hozirgidek
foydalanilsa 70–80 yildan keyin tropik o‘rmonlari batamom
tugatiladi. Olimlarning hisobiga ko‘ra oliy tur o‘simliklardan 3
ming turi yo‘qotilish arafasida. Butun dunyo bo‘yicha 40 ming tur
o‘simlikning butunlay yo‘qolib ketishi xavfi yuzaga kelgan.
O‘zbekistonning o‘simlik resurslari 4148 tur o‘simliklardan
iborat. Shulardan 390 turi endemik tur hisoblanadi, 577 tur
shifobaxsh o‘simliklardir, 115 turi ilmiy tabobatda ishlatiladi, 47
turi xalqaro davlatlar farmakologiyasiga kiritilgan. O‘zbekiston
o‘rmonlari asosan tog‘, tog‘ oldi, vohalardagi daryolar qayirlaridagi
to‘qayzorlarda va qisman cho‘llarda joylashgan. Cho‘llarimizda
498 tur, adirlarimizda 638 tur, tog‘ va baland tog‘larimizda 1048
tur o‘simliklar o‘sadi.
Floramizdagi 1500 tur o‘simlik chorva uchun ozuqaviylik
xususiyatiga ega. Shundan 550 turini chorva mollari a’lo darajada
yeyishadi, 180 turi dasturxonimizdagi
oziq-ovqatimizda, 20 turi
ziravorchilikda, 400 turi oshlovchi, 150 turi turli bo‘yoqchilikda
ishlatiladi. Bu O‘zbekistonda o‘simlik dunyosining turlari boyligini
ko‘rsatadi. Biroq, o‘simlik dunyosini saqlab qolishga mas’uliyatsiz
munosabatda bo‘lish va undan nooqilona foydalanish, uning
kambag‘allashishiga olib keladi
47
.
O‘zbekistonning quyidagi o‘simliklari xalqaro «Qizil kitob»ga
kiritilgan va qattiq muhofaza qilinadi. Ular quyidagilar: tog‘
piyozi, omonqara, balquray, kovrak, sumbul, tovsagiz, taxmoq
kovar, etmak, xurmo,
qizil lola, targ‘il lola, chinor, anor.
47
Mahmudov M.M., Yusupov S., Yu., Hayitboyev R. va boshq. Qorako‘lchilik
yaylovlari va ulardan samarali foydalanishga oid amaliy qo‘llanma. IKARDA,
IFAD, O‘zQCHEITI. Samarqand, 2001. 51-b.
O‘zbekistonda 301 tur o‘simlikning yo‘qolib ketish xavfi bor.
Masalan, 1991-yilda O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitob”iga
163 turdagi o‘simliklar, 1999-yilda 301 turi, 2006-yilda esa 305
turi kiritildi. O‘simliklarning ko‘pchilik turlari yovvoyi o‘sadi,
bu o‘simliklardan jadal sur’atlarda xomashyo tayyorlash yoki
manzarali turlarini ommaviy to‘plash va tayyorlash (lola, sallagul,
quyonlab, shirach, rovoch) sababli “Qizil kitob”ga tushib qoldi.
O‘zbekistonda yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarga dorivor
va oziq xomashyosi sifatida ehtiyoj katta. 1992-yilgacha dorivor
va ozuqabop yovvoyi o‘simliklarni tayyorlash bilan bir necha
davlat tashkilotlari, qo‘shma korxonalar va jismoniy shaxslar
shug‘ullangan edilar. Tayyorlash hajmi cheklanmagan edi.
Yig‘ib olish hajmlari resurslarni tejash va o‘simlik
dunyosida
ekologik tenglikni saqlashni ko‘zda tutadigan ilmiy asoslar bilan
ta’minlanmagan.
Dorivor va ozuqa xomashyosini tayyorlash hajmini ixtiyoriy
belgilash qizilmiya, andiz, zirk butasi, sariqchoy, chirmovuqgul,
efedra kabi va boshqa o‘simlik turlari zaxiralari keskin kamayishiga
sabab bo‘ldi. O‘simlik xomashyosining asosiy tayyorlovchisi
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi
vazirligining
O‘rmon xo‘jaligi Bosh boshqarmasi qoshidagi «Shifobaxsh» ishlab
chiqarish birlashmasi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: