26
27
turizmning barqaror rivojlanishi Konsepsiyasi” (Agenda 21 for
travel and tourizm industry) ishlab chiqildi.
«Turizm va sayohatlarning industriyasi uchun XXI asr Kun
tartibi» Konsepsiyasi “Har tomonlama harakatlar Dasturi”,
“Atrof-muhit va rivojlanish” (UNCED) tashkilotining 182
ta davlatlarning boshliqlari qatnashgan Birlashgan Millatlar
Tashkilotining xalqaro konferensiyasida 14-iyun 1992-yilda Rio-
de-Janeyro shahrida qabul qilindi.
Insoniyat oldida turgan ekologik inqirozning oldini olish
bo‘yicha qabul qilingan bu muhim hujjatni jahondagi davlatlar o‘z
imkoniyatlari darajalarida ishlab chiqdilar va ekologik inqirozning
oldini olishning eng maqbul usullaridan biri ekoturizmni
rivojlantirish degan xulosalarga to‘xtaldi. Natijada sayyoraning
tabiiy muhitini saqlab qolish va muhofaza qilishga bag‘ishlangan
tadqiqotlar xalqaro miqyosda kuchayib bordi. Ushbu yo‘nalishda
birgina 1999-yilda 400 dan ortiq ilmiy
maqolalar xalqaro miqyosda
tan olingan nashriyotlarda chop qilindi.
Insoniyat oldidagi global ekologik muammolarning yechim-
laridan eng maqbul yo‘llaridan biri ekoturizmni rivojlantirish
ekanligini xulosa qilgan BMT 2002-yilni «Xalqaro ekoturizm» yili
deb e’lon qildi. Hozirga kelib ekoturizm xalqaro hamjamiyatda
sayyoramiz tabiatini saqlash va muhofaza qilishda kutilgan va
kutilayotgan natijalarni bermoqda. Shu o‘rinda O‘zbekiston
Respublikasining tabiatni muhofaza qilish, ekologiya va tabiatdan
oqilona foydalanish ishlarida xalqaro hamkorligini keltirish lozim.
Butunjahon Turizm Tashkilotining (BTT) va “Yashil dunyo”
ekologik tashkilotining samarali mehnatlari tufayli “XXI asrda
turizmning barqaror rivojlanishi Konsepsiyasi” (Agenda 21 for
travel and tourizm industry), Turizm va
sayohatlarning industriyasi
uchun XXI asr Kun tartibi» Konsepsiyasining “Har tomonlama
harakatlar Dasturi”, “Atrof-muhit va rivojlanish” (UNCED) dasturi
qabul qilingandan keyin O‘zbekiston Respublikasi tabiat muhofazasi
yo‘nalishida o‘zining xalqaro hamkorlik strategiyasini ishlab chiqdi.
O‘zbekiston Respublikasining tabiiy resurslardan foydalanish
va atrof-muhitni muhofaza qilishda xalqaro hamkorligi yildan-
yilga faollashib bormoqda. Bu hamkorlik mamlakatimizning
milliy vazifalari va istiqbolda rivojlanish
masalalari bilan
hamohangdir. Hozirga kelib O‘zbekiston Respublikasi biologik
xilma-xillikni saqlash, iqlimning sayyoraviy o‘zgarib borishining
oldini olish, ozon qatlami buzilishining oldini olish, betakror
tabiiy mintaqalarning ekologik muvozanatini saqlab qolish,
tabiat resurslaridan zamonaviy texnologiyalar asosida foydalanish
bo‘yicha xalqaro hamkorlikda faol qatnashmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi 1992-yildan
boshlab BMTning teng
huquqli a’zosi sifatida MDHning Xalqaro Ekologik Kengashi
a’zosidir. Mamlakatimiz 1992-yilda BMTning Braziliya shahrida
qabul qilingan “Atrof-muhit va rivojlanish” deklaratsiyasini,
Turizm va sayohatlarning industriyasi uchun XXI asr Kun tartibi»
dasturini qabul qildi va xalqaro miqyosda quvvatladi.
Hozirga kelib O‘zbekiston Respublikasi tabiat muhofazasi va
tabiatdan foydalanishda 50 dan ziyod xalqaro shartnomalarda
muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. Bizning davlatimiz atrof-muhit
va tabiat muhofazasida tarixan muhim bo‘lgan
quyidagi xalqaro
hamkorliklarning tashabbuskori hisoblanadi:
• Ozon qatlamini muhofaza qilish bo‘yicha Vena konvensiyasi
(1993-yil 18-may;
• Ozon qatlamini buzuvchi moddalar bo‘yicha Monreal
bayonnomasi (1993-yil 18-may);
• Ozon qatlamini buzuvchi Monreal bayonnomasiga London
tuzatmasi (1993-yil 1-may);
• Tabiiy muhitga zarar keltiruvchi har qanday harbiy va
dushmanlik qiluvchi foydalanishni taqiq qiluvchi Konvensiya
(1993-yil 26-may);
• BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Konvensiyasi (1993-yil
20-iyun), Kiota bayonnomasi (1999-yil);
• Qurg‘oqchilik va qurg‘oqchilik davom etayotgan davlatlarda
qurg‘oqchilik bilan kurashish bo‘yicha Konvensiya (1995-yil
31-avgust);
28
29
• Biologik xilma-xillik bo‘yicha Konvensiya (1996-yil 6-may);
• Xalqaro madaniy va tabiiy meroslarni saqlash bo‘yicha
Konvensiya (1995-yil 22-dekabr);
• Butunlay yo‘qotilish xavfiga
tushgan yovvoyi flora va
faunaning xalqaro savdosiga qarshi Konvensiya (1997-yil 1-iyul);
• Yovvoyi qushlar migratsiyasi va ularni muhofaza qilish
bo‘yicha Konvensiya (1998-yil 1-may) va boshq.
Do'stlaringiz bilan baham: