Samarqand iqtisodiyot va servis instituti raxmatulla xaitboyev ekologik turizm


I. Ekoturizmning mustaqil turizm sohasi sifatida yuzaga kelish



Download 5,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/115
Sana02.03.2022
Hajmi5,76 Mb.
#478634
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   115
Bog'liq
ekologik turizm

I. Ekoturizmning mustaqil turizm sohasi sifatida yuzaga kelish 
davri.
XVIII asrning oxiri – XIX asrning boshlarida Yevropaning 
yaxlit qit’asiga ingliz turistlari mahalliy aholining madaniyati, 
tarixini o‘rganish bilan bir qatorda ajoyib tabiatini ko‘rib ketish 
uchun sayohat qilganlar. Chunki Alp tog‘lari landshaftlari yoki 
Karpatning tog‘li o‘rmonlari Angliyada uchramaganligi uchun 
ham turizmning asosiy obyekti sifatida qaralgan. Lekin ushbu 
turizm kompleks turistik marshrutlar bilan qo‘shib olib borilgan. 
Inglizlarning tabiat qo‘yniga qilinadigan sayyohlikka qiziqishini 
inobatga olib shveysariyalik ishbilarmonlar “Grand-tur” tarkibida 
tabiiy turizm xizmatini tashkil etganlar va u tashkilotchilarga juda 
katta miqdorda moliyaviy foyda keltirgan. Shu davrda (1913-yillar) 
Shveysariyada davlatning alohida e’tibori bilan qo‘riqlanadigan 
tabiiy hududlar ajratildi. Qo‘riqxonalarga qilinadigan sayohat 
garchand ekoturizm deb nomlanmasa-da, ular «tabiatga 
yo‘naltirilgan turizm” sifatida yuzaga kela boshladi.
Turizmning ekologik yo‘nalishi aslida XX asrning 70-yillaridan 
boshlangan. 1972-yilda Skandinaviya mamlakatlari fuqarolari 
uchun kitlarni tomosha qilish va ularni o‘rganish maqsadida 
turistik marshrutlar uyushtirilgan. Ushbu turizmdan tushgan 
mablag‘ kitlarni muhofaza qilish uchun ishlatilgani ham ekoturistik 
marshrut sifatida e’tirof etilgan. Keyinchalik, bunday turistik 
19 
Bekbulatova G.A. Turizm va rekreatsiya geografi yasi. Ma’ruzalar matni. Nukus, 2008, 
107-b.


24
25
marshrutlar Yevropaning boshqa mamlakatlari, Uzoq Sharq, 
Shimoliy Amerika davlatlarida ham uyushtirila boshlandi.
II. Ekoturizmning regional miqyosda turizm industriyasi 
sifatida rivojlangan davri
– 1990–2000-yillarni o‘z ichiga oladi. 
90-yillarning boshlarida “Ekoturizm” xalqaro, mintaqaviy va 
milliy miqyosda rasmiy maqomga ega bo‘ldi. Aynan shu yillari 
Yevropada Xalqaro ekoturizm ittifoqi ish boshladi. 
Atrof-muhit muhofazasi sohasida eng muhim voqea 1992-
yil 3–14-iyun kunlari Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida 
bo‘lib o‘tgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Atrof-muhit 
va rivojlanish”ga doir konferensiyasida qabul qilingan “XXI asr 
kun tartibi”da ekoturizm ham barqaror rivojlanishning asosiy 
omillaridan biri ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan. Mazkur hujjat undan 
keyingi davrlardagi xalqaro hayotda ekoturizm nuqtayi nazardan 
ekologik–ijtimoiy–iqtisodiy masalalar doirasida bir qator xalqaro 
normativ hujjatlar qabul qilinishiga sabab bo‘ldi: 
• 1995-yildagi Atrof-muhit bo‘yicha YUNEP dasturi;
• 1995-yilda Lansarotda qabul qilingan “YUNESKOning 
barqaror turizm xartiyasi”;
• 1997-yilda Osiyo-Tinch okean mintaqasi turizm va tabiat 
muhofazasi vazirliklarining “Turizmning barqaror rivojlanish 
deklaratsiyasi”; 
• 1997-yilda «Biologik xilma-xillik va barqaror turizmga 
bag‘ishlangan Berlin deklaratsiyasi”;
• 2000-yil YUNEP ekologik barqaror turizm prinsiplari va 
boshqa hujjatlar qabul qilindi.
XX asrning 90-yillariga kelib, Yevropaning bir qator 
mamlakatlarida, jumladan sobiq Ittifoqda ham “Ekoturizm” 
atamasi tez-tez ishlatiladigan bo‘lib qoldi. I.V.Zorin va 
V.A.Kvartalnovlarning ekoturizm atamasining talqini birmuncha 
ommalashdi. Bu Rossiyada 1996-yilda Butunjahon yovvoyi 
tabiat fondi (WWF) Uzoq Sharqda tarkib topishi bilan bevosita 
bog‘liqdir. WWF dasturining bir qismi alohida muhofaza etiladigan 
hududlarni ta’minlash bilan bog‘landi.
Bizning mamlakatimizda 1996-yildan boshlab Djozif Mak-
Nalti rahbarligida xalqaro ekspertlar guruhi “O‘zbekiston 
Respublikasida turizmning barqaror rivojlanishi dasturi” bo‘yicha 
tadqiqotlar olib bordi. 

Download 5,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish