Samarqand iqtisodiyot va servis instituti r. S. Amriddinova



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/87
Sana28.03.2022
Hajmi1,58 Mb.
#513589
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   87
Bog'liq
«mehmonxona servis xizmati»

Turistik bazalar
, dam oluvchilarning muayyan tarzda tartibga solingan 
kontingentiga, yuklash, foydalanish va ish tartibiga ega bo‘lgan turistik 
muassasalarning an’anaviy turi sifatida, asosan maxsus ishlab chiqilgan va 
jihozlangan piyoda, chang‘i, suv, tog‘, ot, chana, velosiped, avtobus trassalari yoki 
aralash turistik trassalardan o‘tkazilgan marshrutlar bo‘ylab sayohat qiluvchi rejali 
(qisman – mustaqil) turistik guruhlarni dam olishga qabul qilish va xizmat ko‘rsatish 
uchun mo‘ljallanadi.
Turistik bazalar odatda shahar yaqinidagi dam olish zonalarida, turistik-
sog‘lomlashtirish hududlari yoki komplekslari tarkibida joylashadi. Ammo tegishli 
tarzda iqtisodiy asoslantirilgan hollarda turistik bazalarni o‘ziga xos ekskursiya 
ob’ektlariga va faol dam olish uchun tabiiy-iqlimiy shart-sharoitlarga ega bhlgan 
aholi kam yashaydigan joylarda (yaxshi transport qatnovini ta’minlagan holda) ham 
qurish mumkin.



28 
Qoida tariqasida, turistik bazalardan radial, to‘g‘ri va halqali marshrutlar 
bo‘ylab sayohatlar tashkil etishda asosiy turistik muassasalar sifatida foydalaniladi. 
Bunda asosiy kontingent bazaning o‘zida uzoq vaqt (4-10 kun) yashaydi. Shu bois 
turistik bazalar turistik marshrutlarning boshlang‘ich yoki oxirgi punktlarida sport 
turizmi yoki ma’rifiy turizm uchun yoki bhlmasa aralash turistik sayohatlar uchun 
quriladi.
Chet elda turistik bazalardan foydalanish tajribasi shuni ko‘rsatadiki, ular 
turistik pansionat prinsipiga khra faoliyat ko‘rsatishi, ya’ni «qizg‘in» mavsumlarda 
mustaqil tarzda kelgan turistlarni yo‘llanma bilan cheklanmagan muddatga qabul 
qilishi va ularni barcha zarur turistik xizmatlar bilan ta’minlashlari mumkin. Bunday 
turistik bazalar mamlakatimizda hozircha tarqalmagan, ammo kelajakda ular mustaqil 
tarzda sayohat qiluvchi turistlarning dam olishini tashkil etish muammosini hal 
qilishga ko‘maklashishi mumkin.
Joyning tabiiy-iqlimiy va jug‘rofiy omillari ta’siri, shuningdek bunga bog‘liq 
tarzda turizmning muayyan turiga ixtisoslashish turistik bazalarning memorlik-tarx 
yechimlarini tanlashda individual yondashuvni taqozo etadi. Bunda quyidagi 
tabaqalanishga amal qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi: 
tog‘
hamda 
tog‘ chang‘i sporti
turistik bazalari, 
tekislikdagi
hamda 
dengiz, daryo yoki khl bo‘yidagi
turistik bazalar, 
shuningdek bevosita akvatoriyalarda joylashgan 
suv sporti
turistik bazalari 
(akvatellar, flotellar, marinalar va sh.k.). 
Joylashtirish ob’ektlarini loyihalash, qurish va ulardan foydalanish 
amaliyotining tahlili shuni ko‘rsatadiki, yil bo‘yi ishlaydigan turistik bazalar 
hududida asosan yozda foydalanishga mo‘ljallangan yozgi pavilonlar, kottejlar, 
shalelar qurish, palatkalar va boshqa statsionar yoki yig‘ma joylashtirish vositalarini 
o‘rnatish maqsadga muvofiqdir. Turistik bazaning sig‘imini mavsumiy kengashtirish 
imkoniyati loyihalash bosqichidayoq qo‘shimcha maydonlar ajratish orqali nazarda 
tutilishi lozim.
So‘nggi yillarda turistik bazalar (turistik mehmonxonalar)ni bevosita memorlik 
yodgorliklari – binolarda hamda tarixiy diqqatga sazovor joylarda tashkil etish va 
turistlarni qabul qilish keng tarqalmoqda. Bu maqsadda eski binolar, memorlik 
ansambllari restavratsiya qilinmoqda, yangi funksional vazifasiga qarab ularning 
tarxini qisman o‘zgartirish amalga oshirilmoqda. Bunday hollarda turistik bazalar 
joylashtirish vositalari, hziga xos turistik xizmatlar ko‘rsatish, shuningdek namoyish 
etish ob’ektlari funksiyalarini o‘zida mujassamlashtiradi va ekzotik yo‘sindagi 
turistik ehtiyojlar qondirilishini ta’minlaydi. Turistik faoliyatning mazkur turi muhim 
tarixiy va madaniy merosni saqlab qolish imkonini beradi. 

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish