Samarqand iqtisodiyot va servis instituti r. S. Amriddinova mehmonxona servis xizmati


Mehmonxona biznesini kompyuterlashtirish



Download 0,71 Mb.
bet70/74
Sana10.03.2022
Hajmi0,71 Mb.
#488358
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74
Bog'liq
Mehmonxona servis xiz!!!!!

2. Mehmonxona biznesini kompyuterlashtirish

Mehmonxonani kompyuterlashtirish:



  • boshqaruv tizimining samaradorligini oshirish;

  • mehmonlar va ularning shaxsiy mol-mulki, shuningdek mehmonxona mol-mulkining xavfsizligini oshirish;

  • mehmonxonaning mijozlari doirasini kengaytirish va bir qancha marketing vazifalarini hal qilish;

  • mehmonxona qo‘shimcha xizmatlari taklifining kengayishi bilan bog‘liq daromadlarni ko‘paytirish imkonini beradi.

Yuqorida zikr etilgan vazifalar hozirda har qanday mehmonxona uchun – uning nomerlari miqdori, toifasi va joylashgan yeridan qat’i nazar, dolzarb ahamiyatga ega.
Agar mehmonxonaning nomerlari va xizmat xonalari elektron qulflar bilan jihozlangan bo‘lsa, kompyuter yordamida ularni yagona tarmoqqa birlashtirish mumkin. Bu tarmoq ham bir qancha qo‘shimcha vazifalarni bajaradi:

  • markaziy pultdan berilgan komanda bo‘yicha nomerni blokirovka qilish, bir yoki bir nechta nomerni ochish;

  • nomerga ruxsatsiz kirishga harakat qilingan taqdirda trevoga signalini olish;

  • eshikning holati (ochiqberk, qaysi kalit bilan ) haqida axborot olish;

  • nomerda mehmon bor-yo‘qligi haqida axborot olish. Ammo bu funksiya ayrim mamlakatlarda taqiqlangan, chunki mehmonning shaxsiy hayotiga aralashish hisoblanadi.



3. Mehmonxonani boshqarish kompyuter tizimlari

Mehmonxona majmuini markazlashtirilgan tartibda boshqarish kompyuter tizimlari hatto yirik mehmonxona faoliyatini ham ko‘p vaqt va kuch sarflamasdan muvofiqlashtirish imkonini beradi. Tizim quyidagi vazifalarni hal qiladi:



  • biznes-jarayonlarni oqilonalashtirish, qog‘ozli hujjat aylanishi hajmini kamaytirish;

  • xizmatlar va xodimlar faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish;

  • mehmonlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash;

  • operatsion harajatlarni oqilonalashtirish;

  • statistik va analitik funksiyalar.

Professional tizimlar zamirida ko‘plab mehmonxonalarning muvaffaqiyatli ish tajribasi yotadi. Bu tajriba yildan yilga oshib bormoqda va yangi professional ishlovlarda takomillashtirilmoqda. Hozirgi vaqtda avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini tanlashda mehmonxonalar diqqatiga sazovor bo‘lgan bir nechta professional ishlovlar mavjud.
Mehmonxona xo‘jaliklarini avtomatlashtirish kompleks tizimlari ko‘pligiga qaramay, bunday tizimlarni tuzishning asosiy prinsiplari ancha o‘xshash.
Barcha tizimlar mehmonxonaning asosiy xizmatlari, chunonchi: nomerlar fondi, ma’muriy, tijorat, muhandislik, umumiy ovqatlanish xizmatlari faoliyatini avtomatlashtiruvchi dasturlar paketidan tashkil topadi. Dasturlarning o‘zi funksional prinsipga ko‘ra tuzilgan.
Masalan, nomerlar fondini boshqarish xizmati (Front office)ni avtomatlashtirish dasturi nomerlar fondini boshqarish, rezervlash, bronlash, mehmonlarni ro‘yxatga olish, joylashtirish, yashash va ko‘rsatilgan xizmatlar bahosini avtomatik tarzda yozish yo‘li bilan mehmonlarning hisobvaraqlarini yuritishni ta’minlash imkonini beradi.
Restoranlar, barlar hamda umumiy ovqatlanishning boshqa bo‘limlarida mijozlarga xizmatlar ko‘rsatish va ular bilan hisob-kitob qilishni avtomatlashtirishga mo‘ljallangan dastur quyidagi vazifalarni bajaradi: mehmonlarning ovqatlanishi va zallarning yuklanishini boshqarish dasturlarini yuritish, omborda va ishlab chiqarishda oziq-ovqat mahsulotlari mavjudligini kuzatish, oziq-ovqat omboriga talabnomalarni rasmiylashtirish, ishlab chiqarish oziq-ovqat mahsulotlarining harakatini hisobga olish va nazorat qilish, taomlar va menyuni kalkulyatsiya qilish.
Tizimlarning servis modullari hujjatlar va xatlarni tayyorlash va chop etish, operatsion, statistik va moliyaviy hisobotlar tuzishga mo‘ljallangan. Kichik mehmonxonalarda asosan Front offise ni avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan soddalashtirilgan tizimlar qo‘llaniladi. quyida shunday tizimlarning ayrimlarini ko‘rib chiqamiz.

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish