Samarqand iqtisodiyot va servis instituti r. S. Amriddinova mehmonxona servis xizmati


Ma’muriy-xujalik (kastelyan) xizmati



Download 0,71 Mb.
bet34/74
Sana10.03.2022
Hajmi0,71 Mb.
#488358
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   74
Bog'liq
Mehmonxona servis xiz!!!!!

5. Ma’muriy-xujalik (kastelyan) xizmati

Ma’muriy-xo‘jalik bo‘limi mehmonxonaning eng yirik (xodimlar soni jixatidan) bo‘limi hisoblanadi. Unda mehmonxona jami xizmatchilarining 50% ga yaqini mehnat kiladi. Bo‘limni ma’muriy-xo‘jalik xizmati direktori yoki ijrochi kastelyan boshkaradi. Bo‘lim boshlig‘i xizmat vazifalarining xususiyati undan tashkilotchilik qobiliyati va talabchanlikni talab kiladi. Ko‘p sonli nomerlarni har kuni lozim darajada batartib saklash juda katta mas’uliyat, aniklik va puxtalikni takozo etadi.


Mehmonlar o‘rtasida o‘tkazilgan barcha so‘rovlar ma’muriy-xo‘jalik xizmatining muhimligini ko‘rsatadi. Tozalik va batartiblik mehmonlarning barcha talablari orasida birinchi o‘rinni egallaydi.
Tajribali kastelyan (xizmat direktori) o‘z ishida kuyidagi o‘n qoidaga amal kiladi.

  1. Mehnat resurslaridan samarali foydalanish. Ish o‘z vaktida bajarilishiga erishish uchun topshiriklarni qo‘l ostidagi xodimlar o‘rtasida taksimlab, ularning har biriga muayyan topshirik berib, zimmasiga majburiyat yuklash.

  2. Bajarilgan ish to‘g‘risida hisobot berishning okilona usullarini uylab topish. Qo‘l ostidagi xodimlar ishini muttasil nazorat kilish.

  3. Og‘ir mehnat talab etadigan ishlarni standartlashtirishga harakat kilish. Qo‘l ostidagi xodimlarga o‘z ishini anik va puxta bajarishiga yordam berish.

  4. Vaqti-vaqti bilan inventarizatsiya o‘tkazib turish. Asbob-uskunalar va mavjud materiallarning qiymatini nazorat kilish.

  5. Qo‘l ostingdagilarga namuna bo‘lish.

  6. Mehmonlar va boshliklar kastelyan xizmati oldiga qo‘yadigan muammolardan buyin tovlamaslik.

  7. Rejalashtirish masalalarini hal qilishga xodimlarni jalb etish Ularning ishni tez va sifatli bajarish imkonini beruvchi ratsionalizatorlik takliflarini rag‘batlantirish.

  8. Xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirib borish. Tegishli malaka oshirish kurslari tashkil etish orkali ularning o‘zi ustida ishlashga intilishini qo‘llab-kuvvatlash.

  9. Menejerlar tayyorlash buyicha dasturlar tashkil kilish. Xodimlaring xizmat pillapoyalari bo‘ylab ko‘tarilishiga imkoniyat yaratish.

  10. O‘z bo‘limining ishini boshqa bo‘limlar, ayniksa, ma’muriy, muxandislik-foydalanish bo‘limlari va kirxona ishi bilan muvofiklashtirish.



Xizmat direktori majburiyatlari orasida kuyidagilar muximlik jixatidan birinchi o‘rinda turadi:

  1. Odamlarni boshkarish, asbob-uskunalarning ishlashini va kerakli mahsulotlar o‘z vaktida yetkazib berilishini kuzatib borish.

  2. Nomerlarda va umumiy foydalaniladigan xonalarda tozalik va tartibni saklash.

  3. Bosh boshkaruvchining moliyaviy siyosatiga muvofik xizmatga raxbarlik qilish.

  4. Hujjatlarni yuritish.

Xizmat direktorining ertalab 7.45 da boshlangan va 18.00 da tugagan odatdagi ish kuniga misol.

    • Tungi farroshlar guruxining rahbari bilan birga koridorlar va xollarning tozaligini tekshirish.

    • Ma’muriy-xujalik daftaridagi kaydlarni tekshirib ko‘rish.

    • Mehmonxona nomerlarining to‘lish prognozini tekshirish va mehmonxonani tark etayotganlar mikdoriga aniklik kiritish.

    • O‘tgan kun uchun hisobotlarni tekshirish, yangikelgan mehmonlar soniga aniklik kiritish, tegishli xozirlik ko‘rish uchun «o‘ta muxim mehmonlar» tashrifi kutilayotgan-kutilmayotganini aniklash.

    • Ma’muriy-xo‘jalik xizmatining majlisida ishtirok etish.

    • Joriy muammolarni xal qilish.

    • Yangixodimlarni o‘kitib-o‘rgatishda ishtirok etish.

    • Menejerlar va sektorlarning sardorlari bilan majlis o‘tkazish.

    • Har xil ishlarni bajarishga naryadlar berish.

    • Byudjetni tekshirib ko‘rish.

    • Xaridlarga buyurtmalarni ma’kullash„

    • Asbob-uskunalar va jixozlarni tekshirib ko‘rish.

    • Mehmonlarning xonalaridagi tozalikni tekshirib ko‘rish.

    • Ekspluatatsiyachilardan kelgan naryadlarni ko‘zdan kechirish.

    • Xizmatga qabo‘l qilishga nomzodlar bilan suxbatlashish.

Kadrlar masalalarini ko‘rib chikish, xizmatni rivojlantirish haqida o‘ylash, maslahatlar berish.
Xizmat direktorining eng og‘ir vazifasi - qoida tarikasida, turli millat vakillari bo‘lgan bo‘lim xodimlarini boshkarish. Mehmonxonaning katta-kichikligiga karab, xizmat direktori bir o‘rinbosarga va bir yoki bir nechta yordamchiga ega bo‘ladi, ular esa, o‘z navbatida, mehmonxonaning turli sektorlari (kavatlar, prolyotlar va hk.) uchun mas’ul bo‘lgan xodimalar ishini yo‘lga soladi (5.9-rasm).

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish