3. Boshqaruvning ijtimoiy samaradorligi.
Boshqaruv samaradorligining keltirilgan ko‘rsatkichlarini Itisodiy samaradorlikning ko‘rsatkichlari deb hisoblash mumkin. Shu bilan birga yana boshqaruv faoliyatining ijtimoiy natijasiri aks ettiruvchi boshqaruvning ijtimoiy samaradorligini ham ko‘rib chiqish mumkin. U mehnat jamoasi va har bir xodimning salohiyatli imkoniyatlari, uning ijodiy qobiliyatlaridan foydalanish, jaoaning rivojlanishi ijtimoiy vazifalarini hal qilishning muvaffaqiyatliligi darajasini ta’riflaydi.
Menejment samaradorligi ko‘rsatkichlarini hisoblab chiqish olingan natijalar va qilingan xarajatlarning o‘zaro munosabatini ko‘zda tutadi. Bunda korxonalar faoliyatining ijtimoiy natijalari sifatida mehnat va turmush sharoitlari, xodimlarining malakasi, ularning faoliyatini tashkil etish va motivatsiyadan iborat boiadi.
Ayrim hollarda ular boshqaruvning texnik vositalarini xarid qilish, xodimlarni tayyorlash va malakasini oshirish, korxona xodimlari uchun turar-joylar qurish, xodimlarni sanatoriya-kurortlarda davolanishlari va dam olishlari uchun yo‘llanmalarni xarid qilish va boshqalarga sarflagan xarajatlar sifatida bo‘ladilar. Ammo boshqaruv faoliyatining ko‘pgina ijtimoiy natijalari moddiy xarajatlarga bog‘liq bo‘lmaydi.
Shunday qilib, qilingan xarajatlar va korxona faoliyatidan
olingan ijtimoiy natijalar ular uchun umumiy bo‘lgan ko‘lamga, o'lchovlarga ega emas. Bundan tashqari, ular vositali va qoidaga ko‘ra, stoxatik xarakterga ega. Buning oqibatida menejmentning ijtimoiy samaradorligi ko‘rsatkichlari iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlaridan farqli ravishda, qilingan xarajatlar va korxona
faoliyatidan olingan ijtimoiy natijalarining nisbati orqali aks ettirilmaydilar. Shu munosabat bilan ularni xarajatlar (resurslar)siz faqat natija beruvchi tashkil qiluvchilar bilan ta’riflash maqsadga muvofiqdir.
Menejmentning ijtimoiy samaradorligini ko‘rsatkichlar tizimi yordamida baholash maqsadga muvofiqdir, uni fikrimizcha, quyidagi 4 guruhga ajratish mumkin:
— tashkilot xodimlari mehnat sharoitlarini ta’riflovchi ko‘rsatkichlar;
— tashkilot xodimlarining ijtimoiy-maishiy sharoitlarini ta’riflovchi ko‘rsatkichlar;
— xodimlar malakasini ta’riflovchi ko‘rsatkichlar;
— mehnatni tashkil etish va unga undashlarni ta’riflovchi
ko‘rsatkichlar.
Shuni ta’kidlash joizki, boshqaruv samaradorligi yana boshqaruv tizimining faoliyat yuritishga intilishi kerak bo‘lgan qandaydir sharti, alomati, natijasi sifatida namoyon bo‘ladi.
Boshqaruv samaradorligi ko‘rsatkichlaridan foydalanish boshqaruv tizimiga tashxis qo‘yish, uni faoliyat yuritishida vujudga keladigan chetga chiqishlarning oldini olish, samarasiz boshqaruvning sabablarini ochib berish, boshqaruv idoralari faoliyatida ilmiy asoslangan maqsadni ko‘zlashini amalga oshirish, ularning bunday keyingi ishlariga tuzatishlar kiritishga imkon beradi.
Bundan tashqari, u boshqaruv xodimlarining motivatsiya
tizim ini yaratish, ularning mehnatiga haq to‘lashni boshqaruv bo‘yicha faoliyat samaradorligiga berilgan bog‘liqlikka qo‘yishga imkon beradi. Shu munosabat bilan ta’kidlash kerakki, xalokatlar nazariyasiga ko‘ra, mas’ul qarorlar qabul qiluvchi va ularni amalga oshiruvchi shaxslar va kishilarni bu qarorlarni amalga oshirishligiga shaxsan, moddiy bog‘lanishlari g‘oyatda muhimdir.
Xulosa.
Shunday qilib, boshqaruv samaradorligi - bu ishlabch iqarish samaradorligini oshirishda boshqarishning rolini oshirishdan iboratdir, Bu holatda samaradorlik - boshqarish faoliyati, mavjud resurslar (moddiy, mehnat, moliyaviy) samarali foydalanish natijasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |