Samarqand iqtisodiyot va servis instituti marketing kafedrasi


Biznes – darajadagi strategiya



Download 0,88 Mb.
bet64/173
Sana29.01.2022
Hajmi0,88 Mb.
#415262
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   173
Bog'liq
B2B маркетинг

9.2. Biznes – darajadagi strategiya
Marketing auditi detallarini o’rganish hamda kompaniyaning kuchli va kuchsiz tomonlarini tahlil qilishdan chetlashib, strategiya ishlab chiquvchi kompaniya faoliyati haqida eng muhim savolga ijodiy javob topishi lozim: «Nima tashkilotda boshqalardan ajratib turadigan kompetensiya hisoblanadi?» Boshqalardan ajratib turadigan kompetensiya tashkilot o’zini eng yaxshi tarzda namoyish etadigan istalgan faoliyat sohasida, masalan, ilmiy tadqiqotlar, injiniring, ishlab chiqarish, marketing, distribusiyada aniqlanishi yoki bir nechta faoliyat elementlari sinergiyasining natijasi bo’lishi mumkin.
Kompaniyani boshqalardan ajratib turadigan kompetensiya – bu tovar-bozor strategiyasida ifodalangan va kompaniyani uning raqobatchilari orasida ajratib turadigan qator o’ziga xos xususiyatlardir. Kompaniyani boshqalardan ajratib turadigan kompetensiyalarni aniqlashga yondashuvlardan biri maqsadli mijozlarni, ularning ehtiyojlar xarakterini va bu ehtiyojlarni qondirishda kompaniyaning tovar taklifi rolini aniqlashga asosiy e’tibor qaratadi.
Bu yondashuv mijozlarning ehtiyojlarini qondirish nuqtai nazaridan «Biz nima bilan shug’ullanishimiz kerak?» degan savolga javob topish imkonini beradi. Boshqalardan ajratib turadigan kompetensiyalarni aniqlash muammosiga bunday nazar mijozlarga yo’naltirilgan marketing strategiyasining negizi hisoblanadi. Kompaniyani boshqalardan ajratib turadigan kompetensiya albatta uning texnik imkoniyatlari bilan bog’liq bo’lishi shart emas – u kompaniya faoliyatining istalgan sohasida topilishi mumkin.
Masalan, quyidagilar boshqalardan ajratib turadigan kompetensiyalar bo’lishi mumkin:
1) mijozlar muammolarining samarali yechimini topishga imkon beradigan tadqiqot va ishlanmalar sohasida ilmiy bilimlar darajasining yetarliligi;
2) strategik muhim xomashyo va tarkibiy qismlarga ega bo’lish;
3) patentlar va mos keluvchi texnik tajriba;
4) mahsulot sifatini oshirish va ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish imkoini beradigan texnologik jarayonlar yoki asbobuskunalarga daxldor o’ziga xos ishlab chiqarish imkoniyatlari;
5) xarajatlarni qisqartirish va noyob mahsulot tavsifnomalari olishga imkon beradigan stasionar qurilmalar, joylashuv va texnologiyalar;
6) raqobatchilar oson chiqa olmaydigan maxsus bozorlarga (mijozlarga) chiqishni ta’minlaydigan distribusiya tizimi. Asosiy kompetensiyalar kompaniya nima bilan shug’ullanishini belgilab beradi. Asosiy kompetensiya sohasini aniqlash korporativ strategiyani belgilashda birinchi qadam sanaladi va mahsulot/bozor yoki biznes-birlik strategiyasini belgilashga olib keladi.
Strategik rejalashtirish bilan shug’ullanuvchi marketolog asosiy kompetensiyalarni belgilash jarayonida ikki jihatni hisobga olishi lozim. Birinchidan, bunday belgilash kompaniyaning maxsus tovarbozor imkoniyatlariga e’tiborni va uni raqobat bozorida pozisiyalashtirishni (biznes-strategiya) nazarda tutadi. Ikkinchidan, u kompaniya o’z resurslarini yo’naltirishi hamda o’z kompetensiyalarini qo’llab-quvvatlash va o’z harakatlarini raqobatchilardan himoya qilish uchun funksional strategiyalar ishlab chiqishi lozim bo’lgan faoliyat sohalarini belgilab beradi.



Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish