o‘quv – uslubiy majmua
MUNDARIJASI
1.
|
O’quv materiallar
|
|
1.1.
|
Nazariy materiallar (ma’ruza mashg’ulotlar)
|
|
1.2.
|
Amaliy mashg’ulot materiallari
|
|
2.
|
Mustaqil mashg’ulotlar va ishlar
|
|
3.
|
Glossariy
|
|
4.
|
Ilovalar
|
|
4.1.
|
Fanning o’quv dasturi
|
|
4.2.
|
Fanning ishchi dasturi
|
|
Kirish
Tizimli demokratik bozor islohotlarini joriy etish, iqtisodiyotni erkinlashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, sanoat tarmoqlaridagi tarkibiy o’zgarishlarni izchil amalga oshirish, modernizasiyalash va diversifikasiyalash jarayonlarini davom ettirish – O’zbekiston muvaffaqiyatining asosiy omilidir. Mamlakat yalpi ichki mahsulotining muttasil o’sishi an’anaviy xomashyo tarmoqlari yoki jahon bozoridagi qulay kon’yunktura, ayrim xomashyo va materiallar narxining yuqoriligi hisobidan emas, aksincha, raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish, zamonaviy xizmat ko’rsatish sohalarini jadal hamda ustuvor rivojlantirish hisobiga ta’minlanmoqda. Umuman sanoat respublikamiz iqtisodiyotining asosiy tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Chunki, sanoat o’zining qo’shimcha qiymat yaratishi, aholi ehtiyojini qondirishdagi o’rni va yuqori darajaga ega bo’lgan ishlab chiqarish lokomotivi bilan boshqa soha va tarmoqlardan tubdan farq qiladi. Sanoat tarmog’ining rivojlanishi milliy iqtisodiyotning barqaror sur’atlar bilan rivojlanishiga olib keladi. Sanoat sohasida qazib olingan, ekib o’stirilgan barcha resurslarni qayta ishlash, ulardan yangidan-yangi mahsulotlar ishlab chiqarish, assortiment va nomenklaturaning ko’payishi hisobiga diversifikasiyalashuv jarayonlari takomillashadi.
Mahalliy va xorijiy bozorlarda talab yuqori bo’lgan mahsulotlar ishlab chiqarish uchun sanoatda kooperasiya aloqalarini rivojlantirish, xo’jalik yurituvchi subyektlar o’rtasida o’zaro hamkorlik uchun qulay shart-sharoitlar yaratish mamlakatimiz iqtisodiyotini jadal rivojlantirishning eng muhim shartlari hisoblanadi.
Ichki bozordagi ehtiyojlar hajmlarining tahlili davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini amalga oshirish orqali sanoat kooperasiyasini va talab yuqori bo’lgan tovarlarning alohida turlarini ishlab chiqishni kengaytirish uchun foydalanilmayotgan imkoniyatlar mavjudligini ko’rsatmoqda1.
Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni yanada kengaytirish, kichik biznes subyektlarini sanoat faoliyatiga keng jalb etish, sanoat kooperasiyasini mustahkamlash va rivojlantirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tannarxini kamaytirish, sanoat mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojni o’rganish, B2B bozorida marketing tadqiqotlarini o’tkazish, sanoat mahsulotlari sotuv kanallarini shakllantirish, reklamasini tashkil etishda B2B marketingining o’rni beqiyosdir.
B2B marketingi biznes subyektlari o’rtasidagi marketing faoliyati, sanoat korxonalarining xo’jalik faoliyatida marketing funksiyalarining qo’llanilishi, B2B bozorini diversifikasiya qilish kabilarni o’z ichiga oladi.
Mamlakatimizda ishlab chiqarishni tarkibiy o’zgartirish, modernizasiya va diversifikasiya qilishni ta’minlashga qaratilgan e’tibor natijasida viloyatda kimyo mahsulotlari, rezina va plastmassa buyumlar, to’qimachilik, kiyim-kechak, oziq-ovqat, charm va qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi yanada ortmoqda. Ayniqsa, hozirgi epidemiologik vaziyat bois tozalash va dezinfeksiya vositalariga talab oshgan. Xususan, qo’shni davlatlardan 2 ming tonna gipoxloritga buyurtma kelib tushgan. Shuningdek, tog’-kon metallurgiya sanoati uchun muhim bo’lgan sianid tuzlariga ham ehtiyoj ortmoqda2. Buning natijasida mazkur bozorlarda xom ashyoga bo’lgan talab ortib bormoqda. Bu esa B2B marketingi tamoyillari asosida biznes subyektlari faoliyatini rivojlantirish, qolaversa biznes marketingi texnologiyalarini qo’llashni taqozo qilmoqda.
Ushbu fanning maqsadi magistrlarga sanoat korxonalarining xo’jalik faoliyati samaradorligini oshirish uchun ularning bozorga yo’naltirilgan marketing strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish, narx, tovar, sotish, kommunikasiya bo’yicha strategik qarorlar qabul qilish yo’llarini nazariy va amaliy tomonlarini o’rgatishdan iborat. B2B marketingi fani sanoat korxonalarning iqtisodiy faoliyatida marketingning nazariy va amaliy tomonlarini o’rganish bilan birga, korxonalar o’rtachidagi o’zaro bozor faoliyati jarayonlarida vujudga keladigan muammolarni tahlil qilishda va ularning yechimini topishda, shuningdek, sababiy bog’liqlikda xulosalar yasashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Fan 16 mavzuni qamrab olgan. Birinchi mavzu B2B marketingining asoslari. Biznes marketingining masshtabi va biznes bozorlarini shakllantirish shartlari. B2B marketing tushunchasi. B2B marketingining mazmuni. B2B marketingining o’ziga xos xususiyatlari. Biznes marketingi va uning o’ziga xos xususiyatlari. Biznes marketingining masshtabi, tarkibiy tuzilishi. Biznes bozorlari va ularni amal qilish shartlari tushuntiriladi. Ikkinchi mavzu B2B bozori va talab. Ishlab chiqarish-texnik maqsadlarga mo’ljallangan mahsulotlar bozori. Ishlab chiqarish vositalari bozori. Sanoat bozori. Biznes bozori tushunchalari. Bozor tuzilmasidagi farqlar. Biznes marketingida talabni o’rganish. Biznes talabi. Talabning o’zgaruvchanligi haqida ma’lumot beradi. Uchinchi mavzuda B2B bozorida iste’molchi xulq atvori. B2B bozorida iste’molchilar tuzilmasi haqida ma’lumot beradi. To’rtinchi B2B bozorida xaridlarni amalga oshirish yo’llari bayon etiladi. Beshinchi mavzuda xaridor va sotuvchining o’zaro munosabatlari yoritiladi. Oltinchi mavzu B2B bozorida marketing strategiyasini shakllantirish yo’llari bilan tinishiladi. Yettinchi mavzuda B2B bozorini segmentlash va segment talabini qondirish bo’yicha tushunchalar beriladi. Sakkizinchi mavzuda B2B bozorida marketing tahlili va raqobat razvedkasi o’rgatiladi. To’qqizinchi mavzuda B2B marketingida rejalashtirish bo’yicha tushunchalar beriladi. O’ninchi mavzu global bozorda biznes marketing strategiyalariga bag’ishlangan. O’n birinchi mavzuda B2B bozorida tovar strategiyalari tasvirlangan. O’n ikkinchi mavzu yangi mahsulotlarni ishlab chiqish strategiyasi yoritiladi. O’n uchinchi mavzuda B2B bozorida narx strategiyalari tushuntiradi. O’n to’rtinchi mavzu B2B bozorida sotuv va taqsimot kanallariga bag’ishlangan. O’n beshinchi mavzuda B2B bozorida marketing kommunikasiyalarining mazmuni yoritiladi. O’n oltinchi mavzu B2B bozorida elektron tijoratga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |