Assortiment- bu iste’mol, savdo yoki ishlab chiqarishdagi aniq bir belgilariga mos holda birlashtirilgan har xil ko‘rinishdagi, turdagi tovarlarning majmuasidir. Assortiment tovarni tavsiflovchi muhim ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Sanoat va savdo assortimentlari farqlanadi.
Sanoat assortimenti- bu alohida korxona, korxonalar uyushmasi yoki sanoat tarmog‘i tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlar nomenklaturasidir.
Savdo assortimenti- bu ulgurji va chakana savdo sohasida, muomala sohasida mavjud bo‘lgan tovarlar nomenklaturasidir. U sanoat assortimentiga bog‘liq, ammo undan kengroq bo‘ladi, chunki savdo assortimentiga import tovarlar ham kiradi.
Savdo assortimenti o‘z navbatida tovar guruhlari assortimenti va savdo korxonasi assortimentiga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |