Mahsulotni bozorda sinab ko‘rish – yangi mahsulot ishlab chiqish jarayonining axborot to‘plashga aloqador qismidir, u turli mahsulot variantlarini dala va laboratoriya sharoitlarida keying baholashni nazarda tutadi.
Mahsulotning hayotiylik davri – vaqt o‘tishi bilan standart mahsulot foydasi va sotuv hajmining qanday o‘zgarishini tavsiflaydigan konsepsiya.
Miqyos samarasi – ishlab chiqarish va haridlar hajmi va o‘lchami bilan asoslanadigan tejamkorlikdir.
Muzokaralar – haridor uchun ham, sotuvchi uchun ham o‘zaro aloqalar qiymatini maksimallashtirishni maqsad qilib qo‘ygan jarayondir.
Do'stlaringiz bilan baham: |