Differensiatsiyalanmagan marketing – samarali segmentlashning yo‘qligidir.
Institutsional mijozlar – sog‘liqni saqlash va ta’lim muassasalari, davlat muassasalari kiradi.
Innovatsion mahsulot – bozorni shakllantirish muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun tarqatilishi lozim bo‘lgan g‘oya yoki konsepsiya
Ishontirish – bu mijozlarni haridni amalga oshirish zarurligiga ishontirish sifatida savdoga an’anaviy qarashda yaqqol namoyon bo‘ladigan ta’sir usulidir.
Komissioner – ulgurji savdogar yoki distribyutor bo‘lib, sanoat distribyutoridan ko‘ra torroq ixtisoslashuvga ega bo‘lishi va yakuniy mijozga yaqin bo‘lgan, quyi turadigan kanal qatnashchilariga xizmat ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |