Samarqand iqtisodiyot va servis instituti marketing kafedrasi


Mahsulot (tovar) ni yetkazish va to’lovini amalga oshirish. Xaridorga mahsulotni yetkazish quyidagi yo’llar bilan amalga oshiriladi



Download 0,88 Mb.
bet100/173
Sana29.01.2022
Hajmi0,88 Mb.
#415262
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   173
Bog'liq
B2B маркетинг

Mahsulot (tovar) ni yetkazish va to’lovini amalga oshirish. Xaridorga mahsulotni yetkazish quyidagi yo’llar bilan amalga oshiriladi:

  • shahar va atroflarida magazin kuryeri tomonidan;

  • ixtisoslashtirilgan kuryerlik xizmati (shu jumladan xorijiy) tomonidan;

  • pochta tomonidan;

  • haridorning o’zi olib ketishi;

  • telekommunikasiya tarmoqlari orqali ma’lumot kabi maxsus mahsulot (tovar) yetkaziladi.

Mahsulot (tovar) uchun to’lovlar quyidagi usullarda amalga oshiriladi:

  • avvaldan yoki mahsulotni olgan vaqtda;

  • kuryerga yoki haqiqiy magazinga kelganda naqd pul bilan;

  • pochta o’tkazmasi bilan;

  • bank o’tkazmasi orqali;

  • kredit karta (VISA, Mastercard va hokazo)lari yordamida;

  • alohida tijorat banklari orqali elektron to’lov tizimlari vositasida.

Oxirgi vaqtda elektron tijorat yoki Internet orqali savdo dunyo bo’ylab anchagina shiddat bilan rivojlanib bormoqda. Tabiiyki, ushbu jarayon kredit-moliya tashkilotlarining bevosita ishtirokida amalga oshirilmoqda. Va savdoning ushbu turi borgan sayin keng qamrovga ega bo’lib bormoqda, ayniqsa, yangi elektron bozordan korxonalar va aholining ko’pchiligi foydalana olishi mumkin bo’lgan joylarda.
Elektron tarmoqlardagi tijorat faoliyati ba’zi jismoniy cheklovlarni bartaraf etadi. Kompaniyalar, o’z kompyuter tizimlarini Internetga ulab, mijozlariga kunu-tun, dam olish kunlarisiz xizmat ko’rsatish imkoniyatiga ega. Mahsulotga buyurtmalar har qanday vaqtda, har qanday joydan qabul qilinishi mumkin.
Biroq ushbu masalaning yana bir tomoni bor. Xorijda, elektron tijorat ko’proq rivojlanib borayotgan davlatlarda, oldi-sotdi shartnomalari yoki mahsulotlarning qiymati ko’p holatlarda 300-400 AQSh dollari bilan cheklanib qolmoqda. Bu kompyuter tarmoqlaridagi axborot xavfsizligi muammolarining yetarli darajada hal bo’lmayotganligi bilan izohlanmoqda. BMTning Jinoyatchilikni oldini olish va kurashish qo’mitasiga ko’ra, kompyuter sohasidagi jinoyatchilik xalqaro muammolar darajasiga ko’tarilgan. AQShda jinoyatchilikni ushbu turi daromadlilik bo’yicha qurol va narkotik moddalari bilan savdo qilishdan keyin uchinchi o’rinni egallab ulgurgan.
Bunday keng diapazon elektron tijoratning axborot xavfsizligini ta’minlash muammosi bilan belgilanadi. Agar xavfsizlik darajasi bugungi holatdagidek bo’lib saqlanib tursa, u holda elektron tijoratning dunyo aylanmasi yanada kamayishi mumkin. Bu holat, aynan elektron tijorat tizimining past darajada himoyalanganligi, elektron biznesning rivojlanishini to’xtatib turuvchi omili ekanligini namoyon qiladi.
Elektron tijoratning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash muammosini hal qilish birinchi navbatda unda qo’llanayotgan axborot texnologiyalarining himoyasi bilan bog’liq, ya’ni axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari bilan.
Biznes-jarayonlarining Internet muhitiga integrasiyalashuvi xavfsizlikni ta’minlash holatini keskin o’zgarishiga olib keladi. Elektron hujjat asosida huquq va javobgarlikning paydo bo’lishi,ham hujjat jo’natuvchini, ham qabul qiluvchini barcha xavflar majmuasidan har tomonlama himoyalashni talab qiladi.
Afsuski, elektron tijorat korxonalarining rahbarlari axborot xavflarining jiddiyligini va o’z resurslarining himoyasini tashkil qilishning muhimligini axborot hujumlariga duchor bo’lganidan so’ng anglamoqdalar. Ko’rinib turganidek, barcha sanab o’tilgan to’siqlar axborot xavfsizligi sohasiga tegishli.
Tijorat amaliyotlarini o’tkazishga bo’lgan asosiy talablar orasida – konfidensiallik, yaxlitlik, autentifikasiya, avtorizasiya, kafolatlar va sir saqlanishi.
Axborotning xavfsizligiga erishishda uning ochiqligi, konfidensialligi, yaxlitligi va yuridik ahamiyatini ta’minlash bazaviy vazifalar hisoblanadi.
Har bir xatar xavfsiz axborotning ushbu to’rtta xususiyati va sifatiga zarar yetkazishi mumkinligi nuqtai nazaridan ko’rib chiqilishi zarur. Konfidensiallik ochiqligi cheklangan ma’lumot, unga faqat ushbu ma’lumot yetkazilishi mo’ljallangan shaxs kirish huquqiga ega ekanligini bildiradi. Ma’lumotning yaxlitligi ostida uning o’zgartirib bo’lmas holda bo’lishi xususiyati tushuniladi. Ma’lumotning ochiqligi tizimning, vakolati bo’lgan subyektlarga ma’lumotga to’siqsiz kirish huquqi bilan ta’minlash xususiyati orqali belgilanadi. Ma’lumotlarning yuridik ahamiyati, oxirgi vaqtda mamlakatimizda axborot xavfsizligiga oid normativ-huquqiy bazaning yaratilishi bilan birgalikda ortib bormoqda.
Kompleks axborot xavfsizligini ta’minlash doirasida, avvalam bor, o’z ichiga navbatdagilarni oluvchi elektron biznes xavfsizligi sohasidagi asosiy muammolarni ajratish lozim:

  • aloqa kanallari orqali uzatilayotganda ma’lumotlarni himoyalashni;

  • kompyuter tizimlari, ma’lumotlar bazalari va elektron hujjat aylanishni himoyalashni;

  • ma’lumotni uzoq vaqt davomida elektron ko’rinishda saqlanishini ta’minlashni;

  • tranzaksiyalar xavfsizligini ta’minlashni, tijorat ma’lumotini maxfiyligini, autentifikasiyani, intellektual mulkning himoyasini.


Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish