5-Topshiriq:
Quyida keltirilgan jadvalda har xil turdagi kir yuvish kukunlari ishlab chiqaradigan kompaniyaning oylik sotuv miqdori ko‘rsatilgan.
Kir yuvish kukuni nomi
|
Oy
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
VII
|
VIII
|
IX
|
X
|
XI
|
XII
|
«Dosya»
|
5
|
9
|
10
|
12
|
17
|
20
|
9
|
12
|
11
|
10
|
9
|
-
|
«Mif»
|
-
|
-
|
9
|
15
|
17
|
19
|
20
|
7
|
5
|
3
|
2
|
1
|
«Veta»
|
12
|
20
|
21
|
21
|
20
|
19
|
13
|
19
|
20
|
9
|
7
|
-
|
Vsego
|
17
|
29
|
40
|
48
|
54
|
58
|
42
|
38
|
36
|
22
|
18
|
1
|
Savol va topshiriqlar:
a) Yuqorida keltirilgan jadvaldan foydalanib, har xil kir yuvish kukuni navlari sotuvi xaqida qanday axborot olishingiz mumkin?
b) «Mif» kukuni sotuvi qisqarishining sabablarini o‘z farazlaringiz bo‘yicha sharhlab bering.
v) Firma kelajakda sotuv hajmini oshirishi mumkin bo‘lgan marketing tadbirlarini taklif qiling.
TEST-TOPSHIRIQLAR:
1. Marketing axborotlari marketing faoliyatida nima uchun kerak?
a) cheklangan tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, johon bozoriga chiqish uchun.
b) haridorlar talabiga javob beruvchi mahsulot modellarining nusxalarini yaratish bo‘yicha ilmiy tadqiqot va tajribaviy-konstruktorlik ishlari olib borish uchun.
c) marketing faoliyatida u yoki bu qarorlarni qabul qilish, noaniqliklarga aniqlik kiritish va tavakkalchilikni kamaytirish uchun.
d) zamonaviy telekommunikatsiya vositalaridan foydalanish, iste’molchilar bilan individual munosabatlar o‘rnatish uchun.
2. Marketing axborot tizimi deb nimaga aytiladi?
a) marketing rejalarini ishlab chiqish va ularni to‘g‘irlash uchun zarur bo‘lgan marketing tashqi muhitining o‘zgarishi to‘g‘risidagi joriy axborotni to‘plash bo‘yicha tizimli faoliyatdir.
b) korxonaning marketing faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni to‘plash, jamlash, qayta ishlash, saqlash va tahlil qilishning usullari yig‘indisidir.
c) korxonaning ishlab chiqarish, moliya, sotish, mehnat va boshqa resurslari haqidagi axborotlarni to‘plash jarayonidir.
d) bozor infratuzilmasi, haridorlar, raqobatchilar, vositachilar va ta’minotchilar haqidagi ma’lumotlarni to‘plash jarayoni.
3. Birlamchi axborot – bu ... .
a) davriy matbuot ma’lumotlari va internet tarmoqlarida joylashtirilgan axborotlar majmuasi.
b) korxonaning moliyaviy, buxgalteriya hisobotlari.
c) qachonlardir korxonada tadqiq qilinayotgan aniq muammo yechimi bilan bog‘liq bo‘lmagan qandaydir maqsadlar uchun kimdir tomonidan to‘plangan ma’lumotlar to‘plami.
d) aniq marketing muammosini yechish uchun maxsus dala tadqiqotlari natijasida hozirgina olingan ma’lumotlar yig‘indisidir.
4. Birlamchi axborot manbasiga nimalar kiradi?
a) davlat boshqaruv organlarining axborot materiallari.
b) statistika idoralarining axborot materiallari.
c) davriy matbuot ma’lumotlari.
d) kuzatuv, so‘rov, ekspertlar va eksperimental tadqiqotlar natijasi.
5. Marketing tadqiqotlarida birlamchi axborot yig‘ishning qaysi usulida ko‘p sonli iste’molchilarning bevosita fikrini to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘rganish imkoniyati bor?
a) eksperimental.
b) kuzatish.
c) ekspertlar usuli.
d) so‘rov.
Do'stlaringiz bilan baham: |