Samarqand iqtisodiyot va servis instituti marketing kafedrasi


-ma’ruza: Axborotlarni to‘plash uslublari



Download 1,52 Mb.
bet30/236
Sana05.04.2023
Hajmi1,52 Mb.
#924905
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   236
Bog'liq
Маркетинг-2020

8-ma’ruza: Axborotlarni to‘plash uslublari
Reja:
1. Axborot yig’ish usullari
2. Axborotlarni qayta ishlash va tahlil qilish



      1. Axborot yig‘ish usullari.

Birlamchi axborotni olish uchun marketing tadqiqotlarini o’tkazishning to’rtta uslubi mavjud: kuzatish, sinash, fokuslash va so’rov.
Kuzatish marketing tadqiqotlarining eng ko’p tarqalgan usullaridan hisoblanadi. Kuzatish bevosita yoki yashirin, strukturalashtirilgan yoki strukturalashtirilmagan turlariga bo’linadi.
Bevosita kuzatishga haridorning do’konda biron-bir tovarni sotib olishdagi xatti-harakatini sotuvchilar tomonidan o’rganish kiradi. Bilvosita kuzatuv deganda esa, xatti-harakatning o’zi emas, balki ma’lum bir hatti-harakatning natijasi o’rganiladi. Masalan, axlat tashlanadigan yashiklarning ichidagi axlatlarning turiga qarab (butilkalar, bankalar va hokazolar) qaysi firma yoki ishlab chiqarish korxonasi atrof-muhitni ifloslantirayotganligi haqida xulosa qilish mumkin.
Kuzatishning ochiq usulida odamlar ularni kuzatib turganligini biladilar, yashirin turida esa bilmaydilar.
Sinov - oldindan “holatni yaratish asosida olingan natijalarni o’lchash bilan biror jarayonni amalga oshirishdir”. Bu uslub asosan sabab-natijaviy aloqalarni o’rganishda ishlatiladi. Masalan, tovarlarni har xil o’ramlarda taklif etishga haridorlarning munosabatini o’lchash, yoinki xususiyati o’zgartirilgan tovarlarning ana’naviy tovarlarga nisbatan sotilish miqdorini baholash va hokazo. Sinovning asosiy kamchiligi unga ketadigan harajatlarning yuqoriligi, sharoitning sun’iyligi va marketing rejasiga ta’sir ko’rsatadigan hamma omillarni hisobga olishning imkoniyati yo’qligidadir.
Fokus-guruh - o’rganiladigan muammoni atroflicha maxsus tanlangan respondentlar tomonidan muhokama qilish va shu asosda qarorlar qabul qilish tushuniladi. Ko’pchilik hollarda fokus guruhining optimal soni 8-12 kishidan iborat bo’ladi. Fokus-guruhni shaklllantirishda ularning ish faoliyati, yoki oilaviy ahvollari bir xil bo’lishiga e’tibor qaratilishi maqsadga muvofiqdir. Ikkinchidan, guruh qatnashchilarini tanlashda marketing tadqiqotlarini o’tkazishdan maqsad nima ekanligini hisobga olish ham zarur hisoblanadi. Fokus-guruhning yutug‘i ko’p tomonlama bu guruhni boshqaruvchisining bilimiga va samarali faoliyatiga ham ko’p darajada bog‘liq bo’ladi. Fokus-guruhning afzalligi unda ishtirok etuvchilarning o’z fikr va mulohazalarini erkin bayon qila olishi, muzokaralarda buyurtmachining ham ishtirok etishiga sharoit mavjudligi va bu usulni turli yo’nalishlarda qo’llash mumkinligidadir.
So’rov marketing tadqiqotlarini o’tkazishning universal usullaridan biri bo’lib, bunda axborotlar yetarli darajada ko’p sonli respondentlar guruhining bevosita fikri asosida to’planadi. So’rovlar og‘zaki, pochta orqali savol-javob qilish, telefon orqali so’rovlar tarzida o’tkazilishi mumkin.
Og‘zaki so’rovlar boshqa so’rov turlariga qaraganda birmuncha ustunlikka ega, chunki ular shaxsiy muloqotga asoslanadi. Firmalar va korxonalar insonlarning bilimi, dunyoqarashi, iste’molchilarning qanday talablari mavjudligi, ko’rsatilayotgan xizmatlardan qoniqish darajasi va boshqa masalalarni bilish uchun so’rovlar o’tkazadilar.
So’rovlarni o’tkazishda so’rov varaqalarini ishlab chiqish eng qiyin va mas’uliyatli jarayon hisoblanadi. So’rov varaqalaridagi savollarni tuzishda savollarning axborotning eng muhim jihatlarini aks ettirishiga, savollarda ularga javob berishning prinsipial imkoniyati bo’lishligiga, savollarning shakli so’raluvchilarda javob bermaslik ishtiyoqini uyg‘otmaslikka, savollarning mazmuni so’raluvchilarning tayyorgarligi, ma’lumoti, bilimlarining hajmiga mos kelishiga alohida e’tibor qaratilishi lozim.
Pochta orqali savol-javob o’tkazish esa axborotni olishning nisbatan arzon usuli hisoblanadi. Bu usul bilan axborot olishning kamchiligi shundan iboratki, birinchidan, yuborilgan anketalarning qaytarilish darajasi juda past bo’lsa (taxminan 10-15 %), ikkinchidan, anketa javoblarini olish ko’p vaqt talab etadi.
So’rov o’tkazishning eng tezkor va arzon usullaridan yana biri yuqorida qayd etib o’tganimizdek, telefon orqali intervyular olish hisoblanadi. Bu usulning qulayligi shundaki, berilgan savollarga 80-90 foiz javob olish mumkin bo’ladi. Bu usulning kamchiligi esa, savollar sonining boshqa usullardagiga nisbatan cheklanganligidir.
Shunday qilib, marketing tadqiqotlari davomida olingan axborotlar matematik-statistik yo’l bilan tahlil qilinib, xulosalar shakllanadi va shu asosda manfaatdor shaxslarga tavsiyalar beriladi.
Anketa so’rovlarining yakuniy bosqichi bo’lib so’rov natijalari bo’yicha hisobotni tuzish va takliflarni ishlab chiqish hisoblanadi. Odatda, hisobot uch bo’limdan tashkil topgan bo’ladi: kirish, so’rov natijalari, xulosalar va takliflar.




      1. Download 1,52 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish