Gazeta reklamasi. Gazetalar milliy axborot vositasidir. Bugungi kunda gazetalar ko‘plab OAVlar maqsadli aditoriya ulushi uchun raqobatlashmoqdalar. Reklama beruvchilar yoki reklama agentliklari endilikda gazetalar orasidan sotish joyi, vositalarini tanlab olish imkoniyatiga egadirlar. Maqsadli auditoriya ham yangiliklar to‘g‘risida televizor yoki radioda tez xabar topishi mumkin. Yanada aniqroq ma’lumotlarni esa raqamli va kabelli kanallar orqali batafsil oladilar. Buning natijasida kundan-kunga gazta o‘quvchilar soni kamayib bormoqda. Ma’lmotlarga ko‘ra bugungi kunda butun dunyo bo‘yicha kundalik gazetalar soni XIX asrga nisbatan to‘rt marta kamaygan.
Kitob reklamasi. Oxirgi vaqtda reklama maktublarini yangi kitoblar nashrida joylashtirish nufuzli bo‘lib qoldi. Lekin shuni hisobga olish kerakki, bundan juda ehtiyotkorlik bilan foydalanish kerak. Reklama kitobni mazmuni va bezashga mos kelishligini hisobga olish zarur. Kitobda reklama uchun joyni aniq tanlash kerak. Korxona reklamasini faqat yo‘l ko‘rsatkichga (putevodel) qo‘shilgan dasturlar bilan bog‘lik kitoblarda, mamlakat haqida ma’lumotnomada (spravochnik), marshrutlari kezish dasturlarida taklif etilgan mamlakatlar haqidagi badiiy kitoblarda joylashtirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Bunday reklama uchun to‘lov yuqori va homiylikka yaqinlashadi. Bunday reklamada qatnashib firma homiylikda qatnashishini ta’kidlaydi va birato‘la o‘z imdjini ko‘tarishi mumkin.
Bukletlar. Bitta korxona yoki uni tovarlariga bag‘ishlangan maxsus nashrlar. Bukletlarda reklama matnlari bilan birga korxona birinchi shaxslarni fotosuratlari va qisqacha tarjimai hollari, halqaro yarmarka va ko‘rgazmalarda, mamlakatni siyosiy hayotida qatnashishni yoritish qabul qilingan. Ularni albatta korxonaga har qanday tashrifda, taqdimotda, ko‘rgazma yoki kontrakt tuzishda beriladi.
Reklama varaqalari. Bir varaqda chop etiladi, bir rangli va ko‘p rangli, illyustratsiyalar bilan yoki faqat matn materiallari bilan bo‘lishlari mumkin. Ko‘pincha ko‘rgazma, yarmarkalarda qatnashchilarga tarqatish uchun qo‘llaniladi. Korxonalar halqaro yoki mintaqaviy yarmarkalarda ishtirok etganda ishtirokchilarga tarqatadi.
Kataloglar. Qisqa tushuntirish va narxlari bilan mahsulot va xizmatlarni katta ro‘yxatini reklama qiluvchi chop etilgan nashrlar.
Korxona faoliyatida - bu, keyingi mavsum uchun taklif qilinadigan dasturlar haqidagi ko‘pchilik savdo agentlarni kataloglari. Oddiy iste’molchilar uchun kataloglar ko‘rgazmalarda tarqatilishi mumkin, lekin odat bo‘yicha (bu aksiyani qimmatligi tufayli) savdo agentlar va ulgurji sotuvchilar orasida tarqatiladi.
Afishalar. Katta illyustratsiyalardan foydalanadigan katta o‘lchamli reklamali ko‘p rangli nashrlar. Afishalar ko‘pincha ko‘chalarda ishlatiladi, shuning uchun suvdan himoya qatlamiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |