Samarqand iqtisodiyot va servis instituti fakultet fan referat mavzu



Download 76,92 Kb.
bet3/3
Sana01.04.2022
Hajmi76,92 Kb.
#522994
TuriReferat
1   2   3
Bog'liq
Oтработка реф

MOLIYAVIY SIYOSAT TAMOYILLARI
Moliyaviy boshqaruvning barcha tizimi davlatning Moliyaviy siyosatiga asoslanadi. Shuning uchun ham Moliyaviy siyosat Moliyaviy boshqaruv tizimida eng asosiy element hisoblanadi. Moliyaviy siyosat davlatning Moliyaviy munosabatlar sohasidagi mustaqil faoliyatidir. Bu faoliyat davlatning u yoki bu iqtisodiy va sosial rivojlanish dasturini amalga oshirish uchun tyegishli Moliyaviy resurslar bilan ta’minlashga qaratilgan.
Sotsial rivojlanish deyilganda faqatgina maorif, madaniyat, sog’liqni saqlash va boshqa sosial ehtiyojlarning rivojlanishi tuShunilibgina qolmasdan jamiyatning sosial tuzilmasi ham tuShuniladi. Shuning uchun ham Moliyaviy siyosatni faqat iqtisodiy siyosatga bog’lab qо‘yish maqsadga muvofiq emas.
Siyosat davlat faoliyatining barcha yо‘nalishlarini qamrab oladi. Siyosiy ta’sir ob’yekti hisoblangan ijtimoiy munosabatlar sohalariga bog’liq ravishda iqtisodiy yoki sosial, madaniy yoki texnikaviy, byudjet yoki kredit, ichki yoki tashqi siyosat tо‘g’risida gapiriladi.
Moliyaviy siyosat о‘z-о‘zini bosib turuvchi mustaqil ahamiyatga ega bо‘lib, bir vaqtning о‘zida ijtimoiy faoliyatning har qanday sohasida davlat siyosatini amalga oshirishning muhim vositasi hisoblanadi. Bu yerda uning iqtisodiyot, sosial soha, harbiy islohotlar yoki xalqaro munosabatlar bо‘lishi prinsipial ahamiyatga ega emas.
Siyosat, siyosiy ta’sir va siyosiy rahbarlik quyidagi uch elementlardan tarkib topadi:

  • bosh maqsadni aniqlash va qо‘yish hamda jamiyat hayotining ma’lum bir davriga xos qо‘yilgan maqsadlarga erishish uchun yechilishi zarur bо‘lgan istiqboldagi va yaqin kunlardagi vazifalarni konkryetlashtirish;

  • yordamida qо‘yilgan maqsadlarga qisqa muddatlarda erishiladigan, yaqin kunlardagi va istiqboldagi vazifalar esa oqilona tartibda hal qilinadigan munosabatlarning myetodlari, vositalari va konkryet shakllarini ishlab chiqish;

  • qо‘yilgan vazifalarni yechishga qodir bо‘lgan kadrlarni tanlash va joy-joyiga qо‘yish, ularning bajarilishini tashkil qilish.

Dyemak, takror ishlab chiqarishning alohida ehtiyojlarini qondirish va uzluksiz takror ishlab chiqarish jarayonini Moliyaviy resurslar bilan ta’minlash uchun ijtimoiy boylikni shakllantirish, taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonlariga yо‘naltiriladigan maqsad va vazifalarning yechilishini aniqlashga Moliyaviy siyosat deyiladi.
Moliyaviy siyosatga quyidagicha boshqa ta’rif ham berish mumkin: Moliyadan foydalanishning myetodlari, uni tashkil qilishning amaliy shakllari va myetodologik prinsiplarining majmuiga (yig’indisiga) Moliyaviy siyosat deyiladi.
. Dunyoning barcha mamlakatlarida Moliyaviy siyosat Moliya tizimi orqali amalga oshirilib, uning faoliyati quyidagi prinsiplar asosida quriladi:

  • Moliya tizimi bug’inlarining о‘ziga xos bо‘lgan xususiyatlarini inobatga olib Moliyaviy boshqaruvni amalga oshirish;

  • barcha Moliyaviy muassasalar funksiyalarining umumiyligi;

  • barcha quyi boshqaruv organlarining faol ishtirokida markazdan umumiy boshqarish.

Moliyaviy siyosatni amalga oshirishning (о‘tkazishning, hayotga tatbiq etishning) asosiy myetodologik prinsiplari quyidagilardan iborat:

  • pirovard maqsadga bog’liqlik;

  • xо‘jalik barcha tarmoqlarining makroiqtisodiy balanslashtirilganligi (muvozanatliligi, mutanosibligi);

  • jamiyat barcha a’zolarining manfatlariga muvofiqligi (mos kelishi);

  • real (haqiqiy) imkoniyatlar asosida ichki va tashqi iqtisodiy sharoitlarni hisobga olish.

Moliyaviy siyosatning amalga oshirilishini davlat tomonidan о‘z funksiyalari va dasturlarini (uzoq, о‘rta va qisqa muddatli) bajarish uchun Moliyaviy resurslarni mobilizasiya qilish (jalb qilish), ularni taqsimlash va qayta taqsimlashga yо‘naltirilgan davlat tadbirlarining majmui ta’minlaydi. Bu tadbirlarning orasida Moliyaviy munosabatlarning shakllari va normalarini huquqiy ryeglamyentasiya qilish (tartibga solish) muhim о‘rin egallaydi.
Agar gap korxonalarning Moliyaviy siyosati xususida kyetadigan bо‘lsa, bu narsa korxona Moliyaviy myenyejyerlarining biznyesni Yuritish maqsadlariga erishish borasidagi maqsadga yо‘naltirilgan faoliyatini anglatadi. Korxona Moliyaviy siyosatining maqsadi quyidagilardan iborat bо‘lishi mumkin:

  • raqobat kurashi sharoitida korxonaning sog’lom hayot kyechirishiga (faoliyat kо‘rsatishiga) erishish;

  • yirik Moliyaviy muvaffaqiyatsizliklardan va bankrotga (kasodga) uchrashdan qochib qutilish;

  • raqobatchilar bilan kurashda yetakchilikka (lidyer bо‘lishga) erishish;

  • korxonaning bozor qiymatini maksimallashtirish;

  • korxona iqtisodiy salohiyatining о‘sish sur’atlarini barqaror о‘stirish;

  • ishlab chiqarish va realizasiya hajmini oshirish;

  • foydani maksimallashtirish;

  • xarajatlarni minimallashtirish;

  • rentabelli faoliyatni ta’minlash

  • va boshqalar.

Korxona Moliyaviy siyosatining u yoki bu maqsadlaridagi ustuvorlik, eng avvalo, biznyesni Yuritishning maqsadlariga muvofiq ravishda aniqlanadi. Qо‘yilgan maqsadlarga erishish uchun tyegishli Moliyaviy mexanizmdan foydalaniladi.
Moliyaviy siyosatning о‘ziga xos bо‘lgan eng asosiy xususiyati Shundan iboratki, bu siyosat mamlakat ishlab chiqaruvchi kuchlarining rivojlanishiga va iqtisodiy muvaffaqiyatlarga uzluksiz ravishda ta’sir kо‘rsatib turishga yо‘naltirilgan bо‘lishi kerak. Bunday siyosat aholining turmush farovonligi ta’minlab va davlat daromadlarining manbaini kо‘paytirib, Moliyaviy xо‘jalikka nisbatan eng Yuqori natijalarni berishi mumkin. Moliyaviy siyosatning ana Shunga yо‘naltirilganligi orqali uning quyidagi eng asosiy maqsadini aniqlash mumkin: jamiyatning sosial-iqtisodiy taraqqiyoti, aholi turmushining darajasi va sifatini oshirish uchun Moliyaviy sharoitlarni yaratish Moliyaviy siyosatning eng asosiy maqsadidir.
Download 76,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish