Samarqand iqtisodiyot va servis instituti fakultet fan referat mavzu



Download 76,92 Kb.
bet1/3
Sana01.04.2022
Hajmi76,92 Kb.
#522994
TuriReferat
  1   2   3
Bog'liq
Oтработка реф


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI
FAKULTET _____________________________________
FAN ____________________________________________


REFERAT


MAVZU____________________________________________
GURUH_________
BAJARDI _________________
TEKSHIRDI _______________

SAMARQAND 202__



Mavzu: Moliyaviy siyosat mazmuni va tamoyillari.


REJA:

  1. Moliyaning paydo bo‘lishi, ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati.

  2. Moliyaning funksiyalari.

  3. Moliyaviy siyosat tamoyillari.


MOLIYANING PAYDO BO‘LISHI, IJTIMOIY-IQTISODIY MOHIYATI
О‘zining lо‘g’aviy ma’nosi jihatidan “Moliya” sо‘zi “daromad” yoki “tо‘lov” degan ma’nolarni anglatadi. Moliya davlatning vujudga kelishi va uning resurslarga bо‘lgan ehtiyojining rivojlanishi bilan doimiy (uzluksiz) tovar-pul munosabatlari sharoitida paydo bо‘ldi. Davlatning mavjudligi yaratilayotgan iqtisodiy (moddiy) nye’matlarni taqsimlash va qayta taqsimlash bо‘yicha oliy hokimiyat organi (shaxsi) sifatida davlat va takror ishlab chiqarish munosabatlarining boshqa ishtirokchilari (sub’yektlari) о‘rtasida ma’lum bir munosabatlarning о‘rnatilishini taqoza etadi. Xususan, ana Shu munosabatlar “Moliya” tuShunchasi orqali ifodalangan.
Natural munosabatlar ustunlik qilgan jamiyatlarda taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonlari natural soliqlar va turli kо‘rinishdagi shaxsiy tо‘lanmalar xarakteriga ega bо‘lgan. Tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi taqsimlash va qayta taqsimlash munosabatlari shakllarining о‘zgarishiga olib kyeldi – ular kо‘proq ravishda pul xarakteriga ega bо‘ldi. Biroq bu munosabatlarning mazmun-mohiyati prinsipial jihatdan keskin о‘zgarmay qolavyerdi.
Zamonaviy tasavvurdagi “Moliya” tuыhunchasini davlat xazinasining alohidalaShuvi va Davlat byudjetining vujudga kelishi bosqichiga kiritish mumkin.
Korporativ tipdagi (ustav kapitalining hissali aksionerlik shaklidagi) milliy va transmilliy tashkilotlarning vujudga kelishi bilan bog’liq holda tovar ishlab chiqarishning shirik masshtablarda rivojlanishi takror ishlab chiqarish jarayoninning turli ishtirokchilari о‘rtasida pul mablag’larini jalb qilish, ulardan foydalanish va ularni taqsimlash myetodlari hamda usullarining takomillashuviga olib keldi. Tovarlar harakatidan alohidalashgan (ajralgan) pul mablag’larining harakati masalalari bu taqsimlash jarayonlarida alohida ahamiyat kasb etadi. Ular bir tomondan, kreditning turli shakllari va ikkinchi tomondan, turli sub’yektlar о‘rtasida YAIM qiymatini taqsimlash va qayta taqsimlash bilan bog’liqdir. Bir vaqtning о‘zida, ularning har biri amaldagi huquqiy normalar yoki ishbilarmonlik aylanmasining tartibiga muvofiq ishlab chiqarilgan mahsulotdan о‘z hissalarini olishga da’vo qiladilarki, bu Moliyaviy munosabatlarning sohasidir.
Shunday qilib, Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, taraqqiyot qonuniyatlari, tovar-pul munosabatlarining qamrab olish sohasi va ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi roli jamiyatning iqtisodiy tuzumi, davlatning tabiati va funksiyalari bilan belgilanadi. Tarixiy kategoriya sifatida ham Moliyaning vujudga kelishi jamiyatning sinflarga bо‘linishi va davlatning paydo bо‘lishi bilan bog’liq.
Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish uchun sharoitlarni ta’minlash hamda davlatning funksiyalari va vazifalarini bajarish maqsadida markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul mablag’lari fondlarini shakllantirish, taqsimlash va foydalanish bilan bog’liq bо‘lgan iqtisodiy (Moliyaviy) munosabatlarga Moliya deyiladi.
Moliyaviy munosabatlarning farqlanuvchi xarakterli belgisi Shundan iboratki, YAIMni qayta taqsimlash jarayoni oldindan ma’lum maqsadlarga mо‘ljallangan turli pul mablag’lari fondlarini yaratish bilan kuzatiladi. Davlat va mahalliy о‘z-о‘zini boshqarish organlari darajasida tuziladigan pul mablag’lari fondlari markazlashtirilgan fondlar, xо‘jalik sub’yektlari darajasida tuzilgan pul fondlari esa markazlashtirilmagan pul fondlari deyiladi.
YAIMni taqsimlashda aholi ham ishtirok etib, ish haqi, tadbirkorlik (ishbilarmonlik) daromadi, dividyentlar va qayta taqsimlashning boshqa shakllari kо‘rinishidagi о‘z hissalarini (ulushini) oladi. Bundan tashqari majburiylik xarakteriga ega bо‘lgan soliqlar va boshqa tо‘lovlarni tо‘lash orqali (vositasida) aholi markazlashtirilgan pul mablag’lari fondini shakllantirishda ishtirok etadi. Aholi daromadlari va xarajatlarini shakllantirish va foydalanish bilan bog’liq bо‘lgan pul munosabatlarining bu tizimi ham Moliyaviy munosabatlarning alohida sohasini tashkil etadi.
Shunday qilib, quyidagilar moliyaning xarakterli belgilaridir:

  • qiymatning tovar shaklidagi harakatiga bog’liq bо‘lmasdan, aksincha, real pullarning harakatiga bog’liq bо‘lgan, huquqiy normalar yoki biznyesni Yuritish etikasiga asoslangan munosabatlarning taqsimlash xarakterdaligi;

  • pul mablag’lari harakatining, odatda, bir tomonlama yо‘nalishga ega ekanligi;

  • markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul fondlarini yaratish (vujudga kyeltirish).

Moliya pul munosabatlarining ajralmas qismi hisoblanadi. Shuning uchun ham uning roli va ahamiyati pul munosabatlarining iqtisodiy munosabatlar tizimida qanday о‘rinni egallaganligiga bog’liq. Bir vaqtning о‘zida Moliya puldan о‘zining mazmuni va bajaradigan funksiyalari bо‘yicha farqlanadi. Agar pul umumiy ekvivalyent bо‘lib, uning yordamida umumlashtirilgan ishlab chiqaruvchilarning mehnat xarajatlari о‘lchansa, Moliya esa yalpi ichki mahsulot (YAIM) va milliy daromad (MD)ni taqsimlash va qayta taqsimlashning iqtisodiy instrumyenti, pul mablag’lari fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirish qurolidir. Pul daromadlari va fondlarini shakllantirish yо‘li bilan faqatgina davlat va korxonalarning pul mablag’lariga bо‘lgan ehtiyojlarini ta’minlash emas, balki Moliyaviy resurslarning sarflanishi ustidan nazoratni ham amalga oshirish Moliyaning nima uchun mо‘ljallanganligini belgilab beradi.
Moliya quyidagilar о‘rtasida vujudga kyeladigan pul munosabatlarini ifodalaydi:

  • tovar-moddiy boyliklarni sotib olish, mahsulot va xizmatlarni realizasiya qilish jarayonida korxonalar о‘rtasida vujudga kyeladigan pul munosabatlari;

  • markazlashtirilgan pul mablag’lari fondlarini yaratish va ularni taqsimlash borasida korxonalar va ularning Yuqori organlari о‘rtasida vujudga kyeladigan pul munosabatlari;

  • byudjet tizimiga soliqlarni tо‘lash va xarajatlarni byudjetdan Moliyalashtirish davomida korxona va davlat о‘rtasida vujudga kyeladigan pul munosabatlari;

  • soliqlar va boshqa ixtiyoriy tо‘lovlarni tо‘lash jarayonida davlat va fuqarolar о‘rtasida vujudga kyeladigan pul munosabatlari;

  • tо‘lovlarni amalga oshirish va resurslarni olish jarayonida korxonalar, fuqarolar va nobyudjet fondlari о‘rtasida vujudga kyeladigan pul munosabatlari;

  • byudjet tizimining alohida bug’inlari о‘rtasida vujudga kyeladigan pul munosabatlari;

  • sug’urta badallarini tо‘lash va zararlarni qoplash, sug’urta hodisasi rо‘y bergan paytda aholi, korxonalar hamda mulkiy va shaxsiy sug’urta organlari о‘rtasida vujudga kyeladigan pul munosabatlari;

  • korxona fondlarining doimiy doiraviy aylanishiga xizmat qiluvchi pul munosabatlari.

Pul daromadlari va fondlarining eng asosiy moddiy manbai bо‘lib mamlakatning MD hisoblanadi. MDning hajmi umumdavlat ehtiyojlarini qondirish va ijtimoiy ishlab chiqarishni kengaytirish imkoniyatlarini aniqlab beradi. Aynan MD va uning alohida qismlarining - istye’mol fondi va jamg’arish fondining - hajmini hisobga olgan holda iqtisodiyotning rivojlanish proporsiyalari (nisbatlari) va tarkibiy tuzilmasi aniqlanadi. Xuddi Shuning uchun ham barcha mamlakatlarda MD statistikasiga muhim ahamiyat berilayotir.


Download 76,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish