Samarqand iqtisodiyot va servis instituti fakultet fan mustaqil ish



Download 92,97 Kb.
bet1/4
Sana13.01.2022
Hajmi92,97 Kb.
#357098
  1   2   3   4
Bog'liq
buddaviylik


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

FAKULTET____________________________________

FAN_________________________________________



MUSTAQIL ISH

MAVZU:__________________________________________________________

Guruh:__________________________

Bajardi:__________________________

Tekshirdi: _________________________

SAMARQAND-2021
Reja:


  1. Buddaviylik ta’limoti. Budda shaxsi.

  2. Buddaviylikning o`rta osiyoga kirib kelishi.

  3. Xristianlik

  4. Xristianlikning o`rta osiyoga kirib kelishi

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati



Buddaviylik ta’limoti. Budda shaxsi.

Buddaviylik jahonda keng tarqalgan 4 asosiy dinlarning biri (Zardushtiylik, buddaviylik, nasroniylik va Islom) bo’lib, bu jahon dinining atalishi, uning asoschisi Budda nomidan olingan.

Buddaviylik dining asoschisi bo’lgan Budda (sanskritcha “Buddha”) nomining ma’nosi “ziyolangan”, “oliy haqiqatga erishgan” bo’lib uning asil ismi Sidhasa Gautama bo’lgan (“Nekqadam-xushqadam” degan ma’noni beradi). Laqabi Sidhardtha “dili ravshan” degan ma’noni anglatadi. Adabiyotlarda u Siddhartha Gautama deb tilga olinadi.

Budda Shimoliy Hindistondagi Gang daryosining o’rta oqimi (Nepal yaqinida) joylashgan Kapilavasti mamlakatining hukmdori Shak’ya qabilasidan kelib chiqqan Gautamalar sulolasining davomchisi Shudhodananing valiahdi bo’lgan. Onasi Maya u hali go’dakligidayoq vafot etib ketgan. Budda miloddan oldingi 623-yilda Kapilavasti mamlakatining Lumbini shahrida (Shimoliy Bengaliya) tug’ilib, 543-yilda 80 yoshida vafot etgan.

Shahzoda Sidhasa (Siddharta) voyaga yetgach, har qanday mavjudlik, hayot azob-uqubatlardan iborat ekan, degan xulosaga kelgan. Otasi uni 16 yoshida shu yoshdagi xolasining qizi Yashodharaga uylantirgan. Siddharta Gautama kishilar boshiga tushadigan kulfatlar sababini o’rganish va ularni bundan qutqarish maqsadida, 29 yoshida oilasini-xotini va o’g’lini qoldirib saroyni tark etadi. Olti yil uzlatga chekinib, tarki dunyo qilib, o’rmonga borib yashaydi va diniy, falsafiy kitoblarni o’qiydi, brahmanlikdan yuz o’girib, yangi ta’limot yaratishga urinadi.

Nihoyat, 35 yoshida unga haqiqat ayon bo’ladi va u bilim nuridan ziyolanadi. Shundan keyin u xalqqa “Haqiqiy bilim” topganini e’lon qiladi va Shak’ya-Muni Budda (uyg’ongan, nurlangan, haqiqatga-oliy maqomga erishgan) degan nom oladi.

Shak’ya-Muni Budda (Siddharta Gautama) o’zining ta’limotini dastlab Banorasda, keyinchalik umrining oxirigacha-45 yil butun Hindistonda targ’ib qilib yuradi.

Buddaviylik tarixi 2500 yildan ortiq davrni o’z ichiga oladi. Unga dastlab brahmanlik va jayniylikning ta’siri kuchli bo’lgan.

Buddaviylar 1956-yili o’z dinlarining 2500 yilligini tantanali nishonlaganlar.

Buddaviylik miloddan avvalgi 268-231-yillarda podshoh Ashoka davrida Hindistonning rasmiy diniga aylandi va Shri-Lanka, Indoneziya, Tibet, Xitoy, Koreya, V’etnam, Yaponiya, Tailand, Kambodja, Laos, Nepal, Buryatiya, Qalmoq, Tuva va boshqa Sharq mamlakatlariga tarqaldi. Hozirgi kunda bu dinga 86 mamlakatning 700 million kishisi e’tiqod qiladi.

Budda o’z ta’limotining asosiy qoidalarini “To’rt oliy haqiqat” shaklida bayon etgan. Ular quyidagilardir:

1)  azob-uqubat mavjud, ya’ni turmush azob uqubatlardan iborat;

2)  azob-uqubatlarning sababi bo’lgan istak nafs mavjud;

3)  azob-uqubatlarning tugashi, ya’ni nirvana mavjud, shuning uchun kishilar, azob-uqubatlardan xalos bo’lishni istasalar, o’zlarining istak, orzu va nafslarini jilovlab olishlari kerak;

4)  azob-uqubatlarning tugashiga olib keladigan 8 bosqichli yo’lga amal qilmoq kerak.

Uning shogirdlari yer yuzida birinchi monarxlik jamoasini tashkil etganlar. Uni qadimgi hind an’analariga ko’ra, Buddaning jasadini o’tda kuydirganlar. Buddaviylik dinining muqaddas kitobi - “Tripitaka” (Uch savat donolik) deb ataladi. Rivoyatlarga ko’ra, Siddharta uch savat ta’limot qoldirgan. Bular:

1)  Vinoyaptika (ahloqiy normalar);

2)  Suttapitaka (duolar);

3)  Abxidxammapitaka (diniy-falsafiy masalalar bayoni)lardir.

Buddaning izdoshlari yer yuzida rohiblik jamoasi bo’lmish “Sangha”ni tashkil etganlar. O’tgan asrlarda Sangha “Oliy haqiqatga” erishgan ko’plab avliyolar jamoasi bo’lgan.

Sangha jamoasiga qabul qilingan shaxs quyidagi 10 farzni ado etishga qasamyod qiladi:

1)      hech kimni, hech narsani hayotdan judo qilmaslik;

2)      yolg’on so’zlamaslik, vaysaqilik qilmaslik, vaysaqilik jahondagi barcha dinlarda qoralanadi va man etiladi;

3)      o’g’irlik va birovning haqiga xiyonat qilmaslik;

4)      jinsiy aloqa qilmaslik, uylanmaslik;

5)      mast qiluvchi ichimliklar ichmaslik;

6)      kunning ikkinchi yarmidan to ertangi sahargacha ovqatlanmaslik;

7)      uch kiyimdan ortiq hech narsa bilan bezanmaslik;

8)      ommaviy ko’ngilxushliklarda ishtirok etmaslik va tomoshabin sifatida hamqatnashmaslik;

9)      baland va yumshoq o’rinda yotmaslik;

10)  pul ishlatmaslik .

Buddaviylik ta’limoti mohiyatan barcha jonli narsalarga muhabbat bilan qarashni, aql farmoniga bo’ysunishni targ’ib qiladi. Hozirgi buddaviylar ham, ularning ko’z oldida biron-bir kishi biron-bir jonivorni o’ldirsa yoki birorta katta daraxtni kesib tashlasa, qattiq g’azablanishadi.

Budda Xudo-Halloqning mavjudligini hamda Vedalar dinini inkor etadi. U ko’pxudolikka, ularga har xil qurbonliklar qilish kabi ortiqcha keraksiz serdahmaza marosimlarga ham qarshi bo’lgan.

Budda azob-uqubatlar mutlaqo tugamaydigan narsa, Borliqning barcha ko’rinishlarini, mohiyatini, har qanday hayotni turgan bitgani azob-uqubat deb hisoblaydi.

Jannat to’g’risidagi ta’limoti oddiy dindorlar uchun nirvanaga qaraganda ancha tushunarli va jozibador edi.

Maxayana tarafdorlari xudosiz yoki xudolarsiz din xalq ommasiga tushunarsiz bo’lishini aniq hisobga ola bilganlar. Buddaviylik dastavval xudosiz din edi. Shuning uchun ham ular buddaviylik asoschisi - Gautama-Buddani xudo deb e’lon qilganlar. Shunday qilib, maxayanachilar uchun Gautama - Budda donishmand ustozdan xudoga aylangan. Asta-sekin Buddaga sig’inish qaror topgan. Buddaning ulkan tasviri tushirilgan ibodatxonalar qurilgan. Ammo Gautama yagona Budda emas. Bunday Buddalar Maxayanada 1000 tadir. Ularning  Siddharta, ya’ni buddaviylikning asoschisi; Mautreya - kelajak Buddasi, u kelgusida dunyoni boshqarayotgan hozirgi Buddaning   hukmdori.

Maxayananing hozirgi davrdagi eng muhim ko’rinishi - bu lamaizmdir. Tibet, Mongoliya, Xitoy, Nepal, Hindistonning ayrim joylarida, shuningdek, Buryatiya, Qalmiq, Tuva respublikalarida ham keng tarqalgan.

Lamaizm XIV asrning oxiri XV asrning boshlarida Tibetda vujudga kelgan (tibetcha “lama” - eng ulug’, oily budda rohibi, rohib).

Buddaviylikning barcha aqidalarini qabul qilgan lamaizmda inson faqat lamalar yordamida najot topadi, gunohlardan poklanadi, lamalarsiz oddiy bandalar jannatga tushib nirvanaga yetishish u yoqda tursin, shunchaki bu dunyoga qayta kelishda ham hech narsaga erisha olmaydilar.

Buddaviylik dinining o’ziga xos jihatlari quyidagilardan iborat:

1.   Har oyda 2 marta “Tiyilish marosimi”ni o’tkazadilar. Marosimda buddaviylik aqidalari takrorlanadi. Shunungdek, rohiblar lunyoviy odamlar ustidan suv sepadilar ular esa yerga suv sepadilar.

2.   Boshqa dinlarda jamoaviy ibodat keng tarqalgan bo’lsa buddaviylikda yakka ibodat ma’qullanadi.

3.   Buddaviy rohib va rohibalar turmush qurishmaydi.                    


Download 92,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish