Samarqand iqtisodiyot va servis instituti ekskursiya xizmatini tashkil qilish


Xulosa qilib, ekskursiya xizmatining mazmunini quyidagicha



Download 9,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/283
Sana10.02.2022
Hajmi9,27 Mb.
#441585
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   283
Bog'liq
Ekskursiya xizmatini tashkil qilishю Tuxliyev I Amriddinova R

Xulosa qilib, ekskursiya xizmatining mazmunini quyidagicha
talqin qilishimiz mumkin: 
ekskursiya 
xizm ati- bu insonlar gu-
1 Емельянов Б.В. «Экскурсоведение» Уч.пос. М. 2006.
10


ruhiga maxsus shakllarda beriladigan bilimlar majmui bo‘lib, bi- 
limlami uzatishda maxsus harakatlar tizimi tanlanadi.
1.3. Ekskursiya xizmati muloqot shakli sifatida
Insonlaming kundalik faoliyatida ikki xil muloqot sliaklini uch- 
ratish mumkin: bevosita muloqot va bilvosita muloqot. 
Bevosita
muloqot shafdiga -
suhbat, ma’ruza, dars, diskussiya, miting, tele- 
fon, ekskursiya xizmati va shu kabilar kiradi. Bunday muloqot ja- 
rayonida insonlarda hissiyotlar, kayfiyatlar, fikrlaming umumiyligi 
shakllanadi, bir~birini tushunishga erishiladi, axborot o‘rganiladi, 
o‘zaro aloqa mustahkamlanadi.
Bilvosita muloqot shakli
- gazeta, jumal, kitob o‘qish, radio, 
televizor eshitish orqali yuzaga keladi. Bunday muloqot jarayoni- 
da bevosita muloqot jarayoni kabi olingan axborotga subyekt reak- 
siyasini ko‘rsatadigan teskari aloqa mavjud bo‘lmaydi.
Ekskursiya jarayoni bevosita muloqot shakli sifatida gid va 
ekskursantning hamkorlikdagi faoliyati bo‘lib, ulaming o‘zaro 
fikr almashuvi va harakatlarini nazarda tutadi. Insonlarga katta 
hajmdagi axborotlami olish imkoniyatini beradi, fikrlash qobili- 
yatini shakllantiradi. Ekskursiya xizmatidagi muloqot jarayonida 
guruhdagi individning harakatidagi birdamlikka, hissiy bir-birini 
tushunishiga, kayfiyat, fikrlar, qarashlar umumiyligining shaklla- 
nishiga erishiladi.
Ekskursiya jarayoni qatnashuvchilari muloqotini ruhiy-axborot 
muloqot turi, subyektlar va obyektlar o‘rtasidagi ikki xil munosa- 
batlar shaklining uyg'unlashuviga kiritishimiz maqsadga muvofiq-
Gidga psixologiya va pedagogika sohalaridan bilimlarning 
mavjudligi ekskursiya xizmatini to‘g ‘ri tashkil qilishga yordam 
beradi. Gid va ekskursantlar o‘rtasida to‘g‘ri tashkil etilgan o‘zaro 
muloqoti ekskursiya kabi pedagogik jarayonning negizidir. Kom- 
munikativ komponent gid kasbiy mahoratining asosiy qismidir.
11


Ekskursiya xizmatining samaradorligi nafaqat gidning mavzu 
bo‘yicha bilimi, uni auditoriyaga yetkazish uslubiga, balki ekskur- 
santlar, boshqa mutaxassislar, haydovchi bilan o ‘zaro muloqotiga 
ham bog‘liqdir.
Auditoriya bilan muloqotda hushyorlik, dialog o‘mata olish 
kabi xususiyatlar ham muhimdir. Ekskursiya muassasasi rahbarlari 
ekskursiya xizmatida gidning roliga katta e’tibor berib, uning yu- 
tuqlari bilan birga kamchiliklarini ham tahlil qilishadi. Ekskursiya 
jarayonida ekskursantlaming faolligini oshirish maqsadida gid 
turli variantlarni qo‘llashi kerak bo'ladi. Agarda u hikoyani keng- 
roq yoritsa, ma’ruzachiga aylanib qoladi, bu esa ko'rgan va eshit- 
ganlarni his qilishda gidning rolini susaytiradi. Gid ma’Iumotlarga 
urg‘u berayotganida, ekskursant diqqatini aniq yo‘naltirib, uni 
fikrlashga, taqqoslashga, baholashga, xulosa qilishga undasagina 
jarayon samarali bo‘ladi.
Amaliyotda ekskursiya xizmatini turli nuqtayi nazarda (aspekt) 
ko‘rib chiqish mumkin2:
ta’lim va tarbiyaning mustaqil shakli sifatida; 
ommaviy auditoriya bilan ishlashning shakli sifatida; 
madaniy hordiqni, tarbiyaviy ishlami tashkil qilish shakli sifatida; 
epizodik tadbir, mavzuli siklning bir qistni, bilishning bir 
pog‘onasi sifatida;
ilmiy bilimlami tarqatish shakli, g'oyaviy tarbiya sifatida; 
tarbiyaviy yo'nalishning bir turi sifatida (vatanparvarlik, 
mehnatsevarlik, estetik) shuningdek, har tomonlama mukammal 
shaxsni shakllantirish jarayonining bir qismi sifatida;
madaniy-tarbiyaviy ishlarning mutlaq shakli va tashkillashtiril- 
gan turizmning ajralmas qismi sifatida.
Ekskursiya xizmati bir tomondan bilim bersa, ikkinchi tomon- 
dan ekskursantlarga san’at asarlari, tabiat hodisalari, turli soha va- 
killari hayoti bilan tanishish, obyektlarni to‘g‘ri ko‘rish mahoratini 
rivojlantiradi.

Download 9,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish