1.2. Ekskursiyaning mazmuni va mohiyati
«Ekskursiya» tushunchasi yunoncha «excursio» so‘zidan
olingan bo‘lib, «sayohatga chiqish, sayr qilish» degan ma’noni
anglatadi. «Ekskursiya» tushunchasiga eng birinchi ta’rifni
V.Dal (1882y) quyidagicha bergan: «ekskursiya - bu sayr-to-
mosha, biror nimani izlash, o'simliklar yig‘ishdir». Rossiyalik
olim M.
P.
Ansiferov (1923 y) «ekskursiya - bu sayr bo‘lib,
uning vazifasi aniq ma’lumotlar asosida mavzuni o‘rganishdir»,
degan fikmi keltirib o‘tgan.
6
Kjchik sovet ensiklopediyasida (193 ly) «ekskursiya - bu
ma’lum bir joylarda, sanoat korxonalarida, sovxoz, muzeylarda va
boshqa joylarda ilmiy va ta’limiy maqsadlarda jamoaviy tashrif
buyurishdir» - deb ta’rif berilgan.
Katta sovet ensiklopediyasida (1978y) «ekskursiya - bu diqqat-
ga sazovor obyektlarga (madaniy yodgorliklar, muzeylar, kor-
xonalar, joylar va sh. k) tashrif buyurish, bilim olishning shakli
va metodi bo‘lib, odatda mutaxassis gid rahbarligida jamoaviy
o‘tkaziladi»-deb ta’rif berilgan.
Ekskursiya tushunchasini tahlil qilganda ekskursiya xizmatining
obyektiv talablardan iboratligini e’tiborga olishimiz kerak bo'ladi.
Har bir ekskursiya o‘ziga xos faol jarayon bo‘lib, uning mohiyati
ma’lum qonuniyatlar (mavzuiyligi, maqsadliligi, ko‘rgazmaliligi,
hissiyotliligi, faolligi va h.k.) bilan asoslanadi.
Ekskursiya xizmati oldida turgan vazifalari quyidagicha namo-
yon bo‘lishi mumkin:
1.1-rasm.
Ekskursiya xizmati jarayoni va vazifalari.
Demak, ekskursiya xizmati - bu tarixiy va madaniy yodgor
liklar, tabiat manzaralari, ishlab chiqarish korxonalari va boshqa
diqqatga sazovor joylami ko‘rsatish, hikoya qilish jarayonini uslu-
biy jihatdan tashkil qilishdir, Ushbu jarayonda ekskursantlar ko‘z
oldidagi obyektlar, ular bilan bog‘liq voqea-hodisalar malakali
mutaxassis-gid tomonidan hikoya va tahlil qilinadi.
Ekskursiya xizmatida gid ekskursantlarga mavzuni yoritishga
yordam beruvchi obyektlarni ko‘rishga (birinchi vazifa), ushbu
obyektlar haqida zaruriy ma’lumotlami olishga (ikkinchi vazifa),
7
tarixiy voqeaning mohiyatini his etishga (uchinchi vazifa), ekskur
siya obyektlarini mustaqil kuzatish va tahlil qilish ko£nikmasiga
ega bo‘lishga (to‘rtinchi vazifa) yordam beradi. So‘nggi vazifani
bajarishda ekskursantlarda obyektlarni to‘g‘ri ko‘rish qobiliyatini
shakllantira olish katta o‘rinni egallaydi. Obyektlarni to‘g‘ri ko‘ra
olish qobiliyati deganda, estetik qabul sifatida me’morchilik mas-
salari, ranglari, har xil turdagi chiziqlar, jismlar guruhini, ranglar
jilosini, chiziqlar va ulaming kompleksini yorug‘lik, ma’lum bur-
chak ostida ko‘rish, qabul qilish tushuniladi. Obyektlardagi ta
rixiy jozibadorlikni anglay olish quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
birinchidan, ekskursiya obyektidagi tarixiy-madaniy o‘ziga xos-
likni topa olish; ikkinchidan, ekskursiya obyektida turli davrlar-
dan qolgan izlarni aniqlay olish; uchinchidan, monumental va
muzey-tarixiy yodgorliklaridan tarixiy faktlarni topa olishdir. Bu
jarayon har doim katta bilim va ko‘nikmani talab qiladi. Ekskur
siya ma’lumotlari va ulami hikoya qilishda gidning malakaviy-
ligi ekskursantlaming kerakli xulosaga kelishi imkonini beradi.
Bu haqda rossiyalik pedagog A.V. Bakushinskiy shunday degan:
«Ekskursiya rejasi, vazifasi, maqsadi bilan asoslangan materialning
uslubiy ishlanmasi qatnashchilarga mustaqil his qilish, qabul qilish
va baholash ko‘nikmalarini uyg‘otishi kerak».
Ekskursiya xizmatining vazifalaridan biri - ekskursantlar on-
gida ekskursiya mavzusi, tarixiy shaxslar hayoti, voqealar, faktlar
va umuman ekskursiya ma’lumotiga bo‘lgan munosabatni va mus
taqil baho berishni shakllantirishdir.
Baho berish
- bu biror kim yoki narsa haqida tasavvurga ega
bo‘lish, uning mohiyati, fe’l-atvori, rolini aniqlash, kimningdir ijo-
biy sifatlari va ustunliklarini tan olishdir.
Ekskursiya xizmatini baholash
degani, gidning ko‘rsatmalari
yordamida ekskursantlaming mavzu bo‘yicha yakuniy xulosaga
kelishidir.
Ekskursiya xizmatiga munosabat
- bu ekskursiya xizmati mav-
zusida yoritiladigan tarixiy davrga nisbatan ekskursantning aniq
8
bir qarashlari; biror-bir harakatlami his etishi, yozuvchi yoki ras-
som o‘z asarini yaratganida uning kayfiyatini tushunishdir.
Adabiy asarlarga qo‘yilgan talablar kabi ekskursiya ham aniq
muallifning asari sifatida o‘z syujetiga ega bo‘Iib, barcha ekskur
siya materiallari unga bo‘ysunadi.
Ekskursiya xizmati o ‘z vazifasi va o'tkazish shakliga ko‘ra
yo‘l-yo‘lakay olib boriladigan ekskursiya axboroti yoki turistik
poxodlardagi instruktor suhbatlaridan ko‘ra murakkabroq jarayon-
dir. Mavzuli ekskursiya xizmati shahar ko‘rgazmali ekskursiyasi-
dan o‘zining tarkibi, mazmuni, uslub jihatidan murakkabligi bilan
farqlanadi. Ekskursiyaning rivojlanish yo‘li uning mazmun jiha
tidan o‘zgarishi bilan bogMiqdir. Awallari ekskursiya shifobaxsh
o‘simliklami izlab topish maqsadidagi sayr deyilgan, keyinchalik
unga masalan, o‘lkashunoslik muzeylariga namunalar yig‘ish kabi
ilmiy maqsadlar qo‘yilgan. Mustaqil ta’limning yangi shakllarini
izlash jarayoni ekskursiya xizmati oldida umumta’limiy maqsad-
lami belgiladi. Tarbiyaviy ishlami samaraliroq tashkillashtirish ha-
rakatlari ekskursiya xizmatini madaniy-ta’limiy ishlaming biriga
aylantirdi.
Hozirda ekskursiya xizmati individual metodika sifatida tu-
gallangan, maqsadli, o‘ziga xos funksiya va xususiyatlarga ega
bo‘ldi. U mazmuni, o‘tkazish shakli, ma’lumotlami taqdim etish
uslubi jihatidan ahamiyatli darajada boyidi va g‘oyaviy-tarbiyaviy,
madaniy-ommaviy ishlarning ajralmas qismi sifatida tavsiflandi.
Ekskursiya xizmatining vazifasi va o‘tkazish shakllari 1.1- jad-
valda keltirilgan.
Demak,
ekskursiya
xizmati
insonning
atrof-muhitni
o‘rganishidagi ko‘rgazmali jarayon bo‘lib, unda tabiiy sharoitlar-
da, korxona binolarida, laboratoriyalarda, ilmiy tadqiqot institut-
larida va boshqa joylarda joylashgan obyektlar oldindan tanlangan
bo‘ladi.
Obyektlarni ko‘rsatish jarayoni malakali mutaxassis - gid rah-
barligida amalga oshiriladi. Obyektlarni tushunish, qabul qilish
Do'stlaringiz bilan baham: |