Samarqand iqtisodiyot va servis instituti ekskursiya xizmatini tashkil qilish


Nutqning tempi (tezligi)



Download 9,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/283
Sana10.02.2022
Hajmi9,27 Mb.
#441585
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   283
Bog'liq
Ekskursiya xizmatini tashkil qilishю Tuxliyev I Amriddinova R

47


Nutqning tempi (tezligi). 
Hikoyaning mazmunidan kelib chiq- 
ib ekskursiya jarayonida nutq tempi tezlashadi yoki sekinlashadi. 
Nutqning tez, o‘rta, sekin, muloyim templari mavjud. Nutq maz­
muni samarali qabul qilinishi uchun uning tempi sokin, bir ma- 
romda bo‘lishi kerak.
Ekskursiya mavzularini tayyorlash jarayonida, hikoyani tu- 
zishda gid qoMida soat bilan mustaqil mashg‘ulotlar o'tkazishi 
maqsadlidir. Nutqning tezligi daqiqasiga 75 ta so‘z, o‘rtachasi - 60 
ta so‘z, sekini - 45 ta so‘zdan iborat bo‘ladi. Hikoya qilish jarayoni­
da tez gapirish (daqiqasida 80 va undan ziyod so‘z) noto‘g‘ridir, bu 
tinglovchilami zeriktiradi, ekskursiya ma’lumotlarini tahlil qilish­
ga xalaqit beradi. Tanaffussiz tez tempdagi nutqlami ekskursantlar 
qabul qilmaydi. Shu bilan birga butun ekskursiya jarayonida bir xil 
tempni saqlab turish ham noto‘g‘ridir. Gid nutqida asosiy holatlar 
boshqa ma’lumotlardan ko‘ra sekinroq hikoya qilinadi. Asosiy ho- 
latlami rivojlantiruvchi materiallar tez bayon etiladi.
Nutqning kamchiligi sifatida maxsus atamalarni, so‘zli shtamp- 
lami, uzun iboralarni haddan ziyod ishlatilishini ко‘rsatish mum­
kin. Bular eshituvchilar asabiga tegishi va diqqatning pasayishiga 
olib keladi.
Yaxshi diksiyaga ega bo‘lish gid uchun muhimdir. 
Diksiya -
bo‘g‘inlar, so‘zlar va butun bir iboralarni aniq, tushunarli talaf- 
fuz etishdir. Duduqlanish, so‘zlaming qo‘shimchalarini to‘g‘ri 
qo‘ymaslik yoki «yutib yuborish» nutqning kamchiliklariga kiradi.
Gid o‘z tili ustida ishlashni nutq texnikasini (nafas olish, ovoz, 
diksiya) egallashdan boshlaydi. Diksiya aniq va tushunarli bo'lishi 
muhimdir. Eng awalo noaniqliklarni, tushunarsiz nutqni bartaraf 
etib, ekskursantlar tushunishi mushkul bo‘lgan so‘zlar talaffuzini 
takrorlab olish kerak. Keyiri talaffuzning tezligiga e’tibor beriladi. 
Har bir so‘z shu jumladan, xorijiy so‘zlar, ism va familiyalar aniq 
aytilishi, ekskursantlarga tushunarli bo‘lishi lozim. Gid o‘z nutqi­
ning ifodasi (intonatsiya) ya’ni so‘z va gaplami talaffuz etishda 
ovozning past va balandligini kuzatishi zarur. Nutq ifodasi man-
48


iu|iy ishotli boiishi kerak, chunki hikoyaning negizida nafaqat 
likr, balki hissiyot ham turadi. U hikoyaga «jon» bag‘ishlaydi, gid­
ning ma’Iumot mazmuniga munosabatini ko‘rsatadi.

likoya ifodasining yana bir vazifasi - biror fikmi mantiqiy 
yakuniga yetkazishdir. Ifodali o‘qish muhim faktlarga urg‘u berish 
imkonini, hikoyaga tantanaviylik, kutilmaganlik, so‘rovIiIik tusini 
beradi. Ifodaning o‘zgarishi hikoya mazmunidan kelib chiqadi, 
■.finning uchun gidning alohida so‘zlar va butun bir iboralarni har 
xil ohang jilosida talaffuz eta olishi katta ahamiyatga ega.
Ba’zi gaplar ifodasi so‘roq, darak, undov, tasdiqlovchi. hiko­
yaning ohangi quvonchli, qayg‘uli, tantanali bo‘lishi mumkin. 
HuJaming barchasi gidning hikoya mazmuniga nisbatan munosa- 
batiga bog‘liq. Hikoyaning hissiyotli jilosi haqiqiy chiqishi uchun 
ekskursiya xizmatini o‘tkazishda tayyorgarlik ko‘rishda hikoya­
ning ohangi va ifodasini aniqlab olishi kerak.
Gid so‘zli, iboraviy, mantiqiy urg'ularni to‘g‘ri ishlatishi lozim. 
Urg‘u bu so‘z yoki so‘zlar guruhini ovoz kuchi yoki ohangni 
ko4arish bilan ajratishdir. Gid o‘z nutqi ustida uzluksiz ishlashi 
lug'aviy zaxirasini boyitadi, hikoyada to‘g‘ri so‘zlarni saralab 
va tanlab ishlatish imkonini beradi, keraksiz so‘zlardan, standart 
iboralardan nutqni «tozalash» shuningdek, o‘z nutqining individu­
al uslubini yaratish imkonini beradi.

Download 9,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish