Samarqand iqtisodiyot va servis instituti ekskursiya xizmatini tashkil qilish


Amallarningyaxshisi najot beruvchisidir



Download 9,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/283
Sana10.02.2022
Hajmi9,27 Mb.
#441585
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   283
Bog'liq
Ekskursiya xizmatini tashkil qilishю Tuxliyev I Amriddinova R

Amallarningyaxshisi najot beruvchisidir,
Mol-mulkning yaxshisi kifoyat qiluvchisidir.
Masjid ichkari qismida. 
Masjidning 213 ta (o ‘ra) ustunli ichki 
maydoni 55x45 metr boMgani holda, uning balandligi 4,5 metr. 
Besh mingga yaqin kishi namoz o ‘qishi mumkin bo‘lgan bu mas- 
jidda yog‘och o ‘ymakorligi san’atining qadimgi va eng chiroyli na- 
munalari hozir ham o‘z vazifasini bajarib turibdi. Bu ustunlaming 
ayrimlari XIII-XV asrlarda ishlangan bo‘lsa, ko‘pchiligi XIX—XX 
asrlarga taalluqli. Bugungi kungacha saqlangan bu ustunlaming 12 
ta eng qadimgilari X-XII asrlarda ishlangan. Ustunlaming ko‘pligi, 
ulaming ming yil ichida ta’mirlanmaganligi xorazmlik yog‘och 
o‘ymakor ustalarining ishlariga baho berish imkonini beradi. Agar 
e ’tibor qilinsa, ustundagi naqshlarning turli-tuman va bir-biridan 
chiroyliligi kishi diqqatini tortadi. Eng e ’tiborli tomoni shundaki, 
ustunlar qadimiylashib borgani sayin ulardagi go‘zallik ortib bora- 
di. Bu go‘zallik naqshlarning chuqurligi va mayin-nafisligidadir. 
X -X I asrda ishlangan ustunlarga tarixiy m a’Iumotlar yozilgan 
boMsa, XV-XVI asrlarda ularga hadislar yozilgani ma’lum bo'ladi.
X asrda Xorazmga kelgan arab sayyohlari Al-Istahriy va Al- 
Muqaddasiylaming guvohlik berishlaricha, masjid IX-X asrlarda
179


bunyod etilgan. Muqaddasiyning «Ahsan at taqosim fi ma’rifat 
al-Aqolim (mamlakatlarni o ‘rganish uchun eng yaxshi taqsimot)» 
asarida Xiva haqida shunday ma’lumotlar keltirilgan: «Xiva cho‘l 
chekkasida joylashgan azirrt bir shahardir va daryodan chiqarilgan 
kanal bo‘yidadir. Uning katta jom e’ masjidi bor». Ushbu asarda 
Xiva haqida berilgan tarixiy m a’lumot ham juda qimmatlidir, 
qarang unda у ana nimalarga e ’tibor qaratilgan: «U yerda uzum, 
ko‘plab mayiz, qandolat, kunjut, y o ‘l-yo'i matodan tikilgan kiyim- 
lar, gilamlar, nafis parchalar, qulflar, rang-barang kiyimiar, faqat 
kuchli odamlar foydalanishi mumkin bo‘lgan o ‘q-yoylar, maxsus 
pishloq, suzma, baliq yetishtiriladi. U yerda kemalar quriladi».
Ko‘pdan beri yashab kelayotgan xivaliklaming aytishlariga qa- 
raganda, ko‘hna masjid eskirib qolgan va uning o ‘miga ikki yuz 
yillar oldin xuddi o‘sha reja asosida ancha kengaytirilgan hozirgi 
masjid barpo qilingan. Tarixiy ma'iumotlarga qaraganda masjid 
1788-yilda Abdurahmon Mehtarning katta o ‘g‘Ii Abdurahimboy 
tomonidan qayta qurilgan. Masjidning kunchiqar tomonidagi kich- 
kina maqbaraga Abdurahmon Mehtar dafh qilingan.
Masjid mehrobining o ‘rtasida rangli bo'yoqlar bilan anor da- 
raxti va uning shoxlaiida pishib yetilgan mevalari tasvirlangan. 
Bu rasmning yasalishiga sabab, qadimgi xorazmliklaming islom- 
dan oldingi e’tiqodicha, y a’ni zardo‘shtiylik dinida anorni qo‘liga 
ushlab turgan Anaxita tasviri hosildorlik xudosi sanalgan. Islom 
keyin, anor guli yoki uning mevasi ayrim joylarda yasala bosh- 
langan. Mehrobning ikki yonida devorga o ‘matilgan marmar 
toshlarga o‘ymakor xatlar bitilgan bo‘lib, xatlarning birida mas­
jid mulki va mablag‘i haqidagi vaqfnoma, ikkinchisida esa masjid 
tarixiga oid m a’lumotlar keltirilgan. Ularda aytiiishicha, vazir Ab­
durahmon amri bilan 1203 hijriy (1788) yilda Kuyuk tom (hozirgi 
Qo‘shko‘pir tumanidagi qishloq) va Bekobod qishloqlarida mas- 
jidga vaqf yerlar ajratilganligi va daromadni xayr-ehsonga hamda 
masjid zaruriyatiga sarf qilish haqidagi xabarlar bor.
180



Download 9,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish