8-Moliyaviy hisobotlari bilan tanishish.
Biz tanishuv amaliyotini olib borgan “Zohir Asliddinovich Qurilish” XK da moliyaviy hisobot ishlarini olib boorish, qonun hijjatlarida keltirilgan maxsus nizom va qoidalardan chiqmagan holda amalga oshiriladi.
Moliyaviy hisobot teganda eng avvalo buxgalteriya hisobi ma’lumotlari asosida tuziladigan hujjat. Moliyaviy hisobot quyidagilarni o’z ichiga oladi:
Buxgalteriya balansi;
Moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot;
Pul oqimlari to’g’risida hisobot;
Xususiy capital to’g’risida hisobot.
Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy hisoboti soddalashtirilgan shakilda tuziladi.
“Moliyaviy hisobot shakillari va ularni to’ldirish boyicha qoidalarni tastiqlash to’g’risida” O’zbekiston respublikasi Moliya vazirining buyrug’I ( № 1209, 24. 01. 2003 y.) belgilangan.
Shu’ba korxonalari, filliallari va vakolatxonalari moliyaviy hisobotning umumlashtirilgan moliyaviy hisobotolib boradi. Yuridik shaxslar o’z filiallari, vakolatxonalari va boshqa tarkibiy bo’linmalarni mustaqil balansga ajratishlari mumkin, ularning balanslari va boshqa hisobot shakillarini o’zlarining umumlashtirilgan hisobotiga kiritishlari shart. Har bir narsaning vaqti soati bo’lganligi kabi Moliyaviy hisobotning ham hisobot davri mavjud. U yangi yilning 1 yanvaridan boshlab yilning oxirgi kuni 31 dekabirgacha bo’lgan davr moliyaviy hisobotning hisobot davri deyiladi. Yangidan tashkil etilgan yuridik shaxslar uchun yuridik shaxs huquqi qo’lga kiritilgan sanadan boshlab o’sha yilning 31 dekabriga qadar bo’lgan davri yuridik shaxs yuridik shaxs hisoblanmaydiganlar uchun esa, uning davlat orgonlarida ro’yxatga olingan sanadan boshlab birinchi hisobot yili deb hisoblanadi. Agar yuridik shaxs 1 oktyabrdan keyin ro’yxatdan o’tqazilgan bo’lsa , birinchi hisobot yili keying yilning 31 dekabirida tugaydi.
Korxonalarning moliyaviy hisobotlari quyidagilarga taqdim etiladi:
Soliq organlariga;
Ta’sis hujjatlariga muvofiq mulkdorlarga;
Davlat statistika o’rganlariga;
Qonun hujjatlariga muvofiq boshqa organlarga
Moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatlarini O’zbekiston respublikasi moliya vazirligi belgilaydi. Korxonlar moliyaviy hisobotini hisobot yili boshdan qo’shilib boruvchi jamlama tartibida yilning har choragida taqdim etadilar.
Korxonaning moliyaviy hisobotini tekshirish quyidagi faoliyatni tekshiradi:
Korxonaning moliya-xojalik faoliyatini tekshirish, qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlari doirasida va tartibda soliq va boshqa nazorat orgonlari tomonidan to’rt yilga bir marotaba kompleks tarzda o’tkaziladi.
Korxona moliiya faoliyatini nazorat qiluvchi organlar tamonidan tekshirish 30 kalendar kunidan oshmasligi va korxona faoliyatiga halaqit bermasligi lozim;
Korxona faoliyatini tekshirish davomida korxona tasischisining tashabbusi bilan ham o’tkazilishi mumkin;
Korxona moliya faoliyatini nazorat qiluvchi organlar va ularning mansabdor shaxslar, auditorlar, auditor faoliyatini tekshirish munosabati bilan o’zlariga ma’lum bo’lgan tijorat siri hisoblanuvchi malumotlarni oshkor etganligi uchun qonunga muvofiq javobgar hisoblanadi.
Xulosa
Men tanishuv amaliyotini “Zohir Asliddinovich Qurilish” xususiy korxonasida 2019-yilning 24 iyundan 06 iyulgacha o’tadim. Amaliyot mobaynida korxonada mavjud materiallar,korxonaning bajargan ishlari va boshqalar aktivlari bilan yuz bergan operatsiyalarni dastur asosida o’rganib chiqdim. Amaliyot o’tash mobaynida korxona xodimlari bilan yaxshi aloqada bo’ldim. Ular menga hujjatlar bilan ishlashda yuz bergan operatsiyalarni rasmiylashtirishni o’rgatdi.
Amaliyot mobaynida korxonaning tuzilishi, uning faoliyati, boshqaruv strukturalarini, buxgalteriya hisobotlarini olib boorish jarayonlari, korxonani nazorat qilish tartibi, qurilish olib borayotgan muassasa, tashkilotlar bilan shartnoma tuzish jarayonlari va korxonaning huquqiy maqomi , ta`sis hujjatlari, tashkiliy tuzilishini boshqa jarayonlari bilan tanishib, o’rganib chiqdim, va o`z amaliy ko`nikmalarimni hisobotimda yoritdim “Zohir Asliddinovich Qurilish” XK ning umumiy strukturasi , boshqaruv organlari , bo`limlari va uning vazifalari hamda huquq va majburiyatlari haqida ma`lumotlarini amaliy ko`nikmalarimni hisobotimda yoritdim .
Korxonaning umumiy faoliyati bilan qisman tanishib chiqqan holda, Shuningdek , xususiy korxonaning huquqiy maqomi , ta`sis hujjatlari va tashkiliy tuzilishini o`rganib chiqdim va o`z amaliy ko`nikmalarimni hisobotimda yoritdim.
Do'stlaringiz bilan baham: |