Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini


§ 2.1. Tijorat banklari aktivlarining tarkibiy tuzilishi



Download 2,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/265
Sana18.02.2022
Hajmi2,6 Mb.
#451528
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   265
Bog'liq
fayl 2019 20211007

§ 2.1. Tijorat banklari aktivlarining tarkibiy tuzilishi
§ 2.2. Tijorat banklari passivlarining tarkibiy tuzilishi 
§ 2.3. Tijorat banklari aktivlari va passivlarini boshqarishning zarurligi 
§ 2.4. Oʻzbekiston Respublikasi bank tizimini isloh qilish va 
rivojlantirishning zamonaviy bosqichida tijorat banklari aktivlari va 
passivlarini 
boshqarishni 
takomillashtirish 
boʻyicha 
belgilangan 
vazifalar va chora-tadbirlar
§ 2.1. Tijorat banklari aktivlarining tarkibiy tuzilishi 
Tijorat banklarining aktivlari likvidlilik darajasiga koʻra quyidagicha 
tarkiblanadi: 
1. Kassali aktivlar 
2. Qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalar 
3. Kreditlar 
4. Asosiy vositalar 
Kassali aktivlarning tarkibi: 
1. Kassadagi naqd pullar 
2. Bankning Markaziy bankdagi ―Nostro‖ vakillik hisobraqamidagi pul 
mablagʻlari 
3. Bankning boshqa banklardagi ―Nostro‖ vakillik hisobraqamlaridagi pul 
mablagʻlari
4. Inkassatsiya jarayonidagi pul mablagʻlari (flout)
Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini taʻminlashda asosiy eʻtibor 
yuqori likvidli aktivlar bilan yuqori daromadli aktivlar oʻrtasidagi nisbatning 
oqilona darajasini taʻminlash lozim. Tijorat banklari aktivlarining optimal tarkibini 
shaklalntirishda yuqori likvidli aktivlar bilan riskli aktivlar oʻrtasidagi nisbatning 
oqilona darajasini taʻminlash lozim, degan xulosani shakllantiradi. 


13 
Qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalarning quyidagi toʻrt shaklini 
ajratib koʻrsatish lozim: 
a) Hukumatning qimmatli qogʻozlari; 
b) Boshqa banklarning depozit sertifikatlari; 
v) Tijorat qimmatli qogʻozlari; 
g) Investitsion jamgʻarmalar. 
Tijorat qimmatli qogʻozlariga qilingan bank investitsiyalarini yuqori likvidli 
aktivlar qatoriga kiritish mantiqan toʻgʻri emas. Chunki tijorat qimmatli qogʻozlari 
aniq moddiy kafolatga ega emas, ayniqsa, respublikamiz sharoitida koʻplab 
korxonalarning qimmatli qogʻozlar boʻyicha toʻlovsizlik muammosi mavjud. 
Bunday holatlarni ―Oʻzsanoatqurilishbank‖ ATBda, TIF Milliy bankida va boshqa 
tijorat banklarida kuzatish mumkin. Ana shu fikr va mulohazalardan kelib chiqqan 
holda, tijorat qimmatli qogʻozlariga qilingan bank investitsiyalarini yuqori livkidli 
aktivlar tarkibidan chiqarib tashlash zarur deb hisoblaymiz. 
Yuqori likvidli aktivlar tarkibiga kassali aktivlardan tashqari tijorat 
banklarining balansidagi Markaziy bankda qayta hisobga olinadigan trattalarni 
ham kiritilishi lozim. 
Tijorat banklarining likvidli aktivlarining miqdorini depozitlarning 
nobarqaror qismiga nisbatan emas, balki joriy depozitlar va jamgʻarma 
depozitlariga nisbatan belgilash maqsadga muvofiqdir. Chunki aynan shu 
depozitlarning nobarqarorlik darajasi yuqori boʻlib, tijorat banklarida likvidlilik 
riskini doimiy tarzda yuzaga keltiradi. Fikrimizcha, depozitlarning barqaror 
qismining jami depozitlarning 75 foizi miqdorida shakllanishi rivojlangan xorijiy 
davlatlarning amaliyotiga xos boʻlgan holat hisoblandi. Mazkur mamlakatlarda 
moliya bozorlarining rivojlanganligi, moliyaviy holati barqaror boʻlgan 
mijozlarning koʻpligi, Markaziy bank monetar siyosatining maqsadi va vazifalarini 
aniq hamda shaffofligi, korxonalarning soliq yukini moʻtadil darajaga 
keltirilganligi va boshqa omillar xoʻjalik yurituvchi subyektlarning pul oqimining 
barqaror darajasini taʻminlashga zamin yaratadi. Rivojlanayotgan davlatlarda esa, 
moliya bozorlari rivojlanmaganligi, Markaziy bankning monetar siyosatida 


14 
noaniqliklarning mavjudligi, soliq siyosatining takomillashmaganligi va boshqa 
omillar xoʻjalik subyektlarining moliyaviy holatiga nisbatan salbiy taʻsirni yuzaga 
keltiradi. Bu holatlar, pirovard natijada, xoʻjalik subyektlari pul oqimining 
barqarorligiga salbiy taʻsir koʻrsatadi. Buning natijasida tijorat banklaridagi talab 
qilib olinadigan depozitlar va jamgʻarma depozitlari qoldiqlarining nobarqarorligi 
kuchayadi. 

Download 2,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   265




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish