§ 2.4. Oʻzbekiston Respublikasi bank tizimini isloh qilish va rivojlantirishning zamonaviy bosqichida tijorat banklari aktivlari va passivlarini boshqarishni takomillashtirish boʻyicha belgilangan vazifalar va chora-tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha ―Harakatlar
strategiyasi‖ da tijorat banklari aktivlari va passivlarini boshqarishni
takomillashtirish boʻyicha bir qator vazifalar va chora-tadbirlarni belgiladi,
jumladan
quyidagi vazifalarni: 1)
ilgʻor xalqaro tajribada qoʻllaniladigan instrumentlardan foydalangan
holda pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish;
2)
valyutani tartibga solishda zamonaviy bozor mexanizmlarini
bosqichma-bosqich joriy etish;
3)
bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini
taʻminlash;
4)
banklarning kapitallashuv darajasi va depozit bazasini oshirish;
5)
banklarning moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash;
6)
istiqbolli investitsiya loyihalari hamda kichik biznes va xususiy
tadbikorlik subyektlarini kreditlashni yanada kengaytirish.