6
yoʻllari va usullari toʻgʻrisida bilimlar majmuasi. Bankni foyda darajasi
barqarorligini taʻminlash va koʻzda tutilmagan risklarni minimallashtirish
maqsadida balansning aktivlari va passivlarini tegishli moddalarini doimo bir-
biriga taqqoslab borishi zarur. Ushbu taqqoslash tijorat banklari aktivlari va
passivlarini tegishli usullar, mezonlar va meʻyorlarni qoʻllab boshqarish orqali
amalga oshiriladi.
TBAPB – bu bankning foyda darajasini pasaytirmasdan likvidlilikni
taʻminlashga qaratilgan usullar va tartiblar yigʻindisi boʻlib,
bankning moliyaviy
barqarorligi va majburiyatlarini bajarishga va uzluksizligini taʻminlashga
qaratilgan tashkiliy-huquqiy jarayondir. Xalqaro va mahalliy moliya bozorlarida
roʻy berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlar TBAPBning tashkiliy-
huquqiy asoslari va usullarini doimiy ravishda takomillashtirib borishni talab
etmoqda.
Bank faoliyatini boshqarishning usullarini doimiy takomillashtirimasligi
oqibatida, nafaqat rivojlanayotgan mamlakatlar, balki rivojlangan mamlakatlar
banklari ham iqtisodiy inqirozga yuz tutishi tabiiydir. Buga XX asrning ikkinchi
yarmida Osiyo, Lotin Amerikasi, Gʻarbiy Yevropa, Rossiya moliya tizimi hamda,
2008-yil sentabrda AQSh moliya tizimida boʻlib oʻtgan
moliyaviy-iqtisodiy
inqirozlar yaqqol misol boʻla oladi.
Tijorat banklarning aktiv va passivlarini boshqarishning zamonaviy
vositalarini aniqlanishi va bank amaliyotiga tatbiq etilishi ularning faoliyatini
samarali tashkil etish imkoniyatini beradi. Ammo keyingi yillarda bu sohada hali
yechilishi lozim boʻlgan masalalar talaygina. Buning asosiy sabablari, xalqaro va
mahalliy banklar amaliyotida tijorat banklarning resurslarini boshqarish masalasi
yetarlicha oʻrganilmaganligidadir. Bunga qator obyektiv va subyektiv sabablar
mavjud.
Birinchidan,
1950–1960-yillarda iqtisodiyotda va xalqaro moliya bozorlarida
arzon moliyaviy resurslarning yetarli darajada
mavjudligi banklar uchun
resurslarni izlab topish va ulardan samarali foydalanish boʻyicha muammolar
tugʻdirmagan.
7
Ikkinchidan,
mavjud iqtisodiy sharoit tijorat banklariga mijozlar va aholining
boʻsh pul mablagʻlarini muddatli depozitlarga past foizlar asosida jalb qilish
imkoniyatini bergan. Banklar ushbu yoʻl bilan jalb qilgan arzon mablagʻlar
hisobidan yetarli darajada daromadlarni shakllantirganlar, oʻz navbatida, ularda
resurslarni boshqarish ehtiyojini keltirib chiqarmagan, chunki muddatli depozitga
jalb qilingan mablagʻlar tijorat banklariga barqaror
kredit resurslari bazasini
yaratish va barqaror foyda olish uchun xizmat qilgan.
Uchinchidan,
tijorat banklar hukumat va Markaziy bank tomonidan
muomalaga chiqarilgan ishonchli va yuqori foizli qimmatli qogʻozlarga ega
boʻlishi ularning qoʻshimcha moliyaviy resurslarga boʻlgan ehtiyojlarini zudlik
bilan qondirish imkoniyatini bergan.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy oʻsishga erishishda banklarning
resurslarini samarali boshqarish muhim oʻrin tutadi. Tijorat banklarni moliyaviy
barqaror resurslar bilan taʻminlash muammosi bank resurslarini boshqarish
zaruriyatini keltirib chiqargan asosiy omillardan biri hisoblanadi.
―Tijorat banklarining aktiv va passivlarini boshqarish‖ fani boʻyicha
yaratilgan ushbu oʻquv qoʻllanmada tijorat banklarning aktiv va passivlarini
boshqarishning ilmiy-nazariy va metodologik jihatlari oʻz aksini topgan. Fanning
metodologiyasi oʻquv qoʻllanmaning
kelgusi boblarida yondashuvlar, prinsiplar,
yoʻnalishlar tushunchalar orqali batafsil oʻz aksini topgan. Unda tijorat banklarning
aktiv va passivlarini boshqarishning amaliy jihatlarini yoritishga alohida eʻtibor
qaratilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi ―Oʻzbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida‖gi
4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan ―2017-2021-yillarda Oʻzbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar
strategiyasi‖da bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini
taʻminlash, banklarning kapitallashuv darajasi va depozit bazasini oshirish,
ularning moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash, istiqbolli
8
investitsiya loyihalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini
kreditlashni yanada kengaytirish kabi vazifalar qoʻyilgan.
―Tijorat banklarining aktiv va passivlarini boshqarish‖ fani ikki yoʻnalishdan
iborat, moliyaviy resurslarni jalb etish va ularni samarali joylashtirish.
Ushbu
resurlarni joylashtirishda uchta mezon inobatga olinadi; 1- foyda, 2- likvidlilik, 3-
risk.
Shuningdek, oʻquv qoʻllanma mazkur fanning tijorat banklari faoliyatini
boshqarishni tashkil qilishning umumiy asoslari, tijorat banklarning moliyaviy
resurslari va ularni tashkil qilishning umumiy jihatlari, tijorat banklarning
kapitalini boshqarish, bank majburiyatlarini boshqarish,
tijorat banklarning kredit
portfelini boshqarish, tijorat banklarning resurslari bilan bogʻliq risklar va ularni
boshqarish, tijorat banklarni moliyaviy resurslarini strategik boshqarish, tijorat
banklarning resurslari va ulardan samarali foydalanish yoʻllari kabi masalalarini
oʻzida qamrab olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: