§ 10.1. Tijorat banklari aktiv va passivlarini tezkor va strategik
rejalashtirishni mohiyati
§ 10.2. Tijorat banklari aktivlari va passivlarini tezkor va strategik
rejalashtirish
§ 10.3. Tijorat banklarini moliyaviy barqarorligini tavsiflovchi
koʻrsatkichlarni rejalashtirish
§ 10.4. Oʻzbekistonda tijorat banklarni tezkor va strategik
rejalashtirishni takomillashtirish
§
10.1. Tijorat banklari aktiv va passivlarini tezkor va strategik
rejalashtirishni mohiyati
Tijorat banklarini moliyaviy barqarorligini taʻminlash, ularni resurs bazasini
mustahkamlash Oʻzbekiston Respublikasi bank tizimini oʻrta muddatli istiqbolda
rivojlantirishni ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Bu esa, oʻz navbatida,
tijorat banklarida strategik rejalashtirishni takomillashtirish zaruriyatini yuzaga
keltiradi.
Tijorat banklarini likvidliligi va moliyaviy barqarorligini taʻminlash, ularni
resurs bazasini mustahkamlash bilan bogʻliq boʻlgan muammolarni mavjudligi
banklarda strategik rejalashtirishni takomillashmaganligidan dalolat beradi.
Xususan,
respublikamiz
tijorat
banklarida
balanslashmagan
likvidlilik
muammosini chuqurlashganligi kuzatilmoqda. Buning ustiga, tijorat banklari
depozit bazasini yetarliligi taʻminlanmagan. 2018-yilning 1-yanvar holatiga koʻra,
Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklari depozitlarini umumiy hajmida talab qilib
olinadigan depozitlarning salmogʻi 59,5 foizni tashkil etdi. Bu esa, banklarning
depozit bazasini yetarli emasligini koʻrsatadi. Chunki, tijorat bankini depozit
bazasi yetarli boʻlishi uchun talab qilib olinadigan depozitlarning jami depozitlar
hajmidagi salmogʻi 30 foizdan oshmasligi kerak.
112
Tijorat banklarida tezkor rejalashtirish deganda strategik rejalashtirishda
koʻzda tutilgan reja koʻrsatkichlarini bajarilishini taʻminlashga qaratilgan tadbirlar
tushuniladi.
Tijorat banklarida strategik rejalashtirish deganda bankni quyidagi faoliyat
yoʻnalishlari boʻyicha boshqarish strategiyalarini muqobil ssinariylarini ishlab
chiqish jarayonlari tushuniladi:
– aktivlarni boshqarish;
– resurslarni boshqarish;
– risklarni boshqarish;
– personalni boshqarish;
– marketing.
Tijorat banklarida tezkor rejalashtirish bank faoliyatini boqsharish
jarayonida
aniqlangan
oʻzgarishlarning
sabablarini
aniqlash
va
ushbu
oʻzgarishlarni salbiy taʻsiriga barham berish choralarini ishlab chiqishda muhim
ahamiyat kasb etadi.
AQShlik professor J.Sinkining
25
xulosasiga koʻra, tijorat banki faoliyatini
har bir yoʻnalishi boʻyicha strategik rejalashtirish ishlab chiqilgan boʻlishi va uning
pirovard maqsadi bank aktivlarini daromadliligi va risk darajalari oʻrtasidagi
mutanosiblikni taʻminlashga qaratilgan boʻlishi kerak.
J.Sinkining ushbu xulosasi hozirgi zamon bank amaliyoti uchun muhim
ahamiyat kasb etadi. Buning sababi shundaki, tijorat banklari faoliyatida
risklarning chuqurlashib ketayotganligi sababli Bazel qoʻmitasi tijorat banklari
faoliyatidagi kredit riski va operatsion riskni baholash va boshqarish boʻyicha
talablar va yondashuvlarni 2004-yilda qayta koʻrib chiqishga majbur boʻldi.
Natijada, kredit riskini baholash boʻyicha yangi ―standartlashgan yondashuv‖ deb
nomlangan yangi yondashuv va operatsion riskni boshqarish boʻyicha yangi
bazaviy indikativ yondashuv ishlab chiqildi.
25
Синки Дж. Финансовий менеджмент в коммерческом банке и в индустрии финансових услуг. Пер.
с англ. - М.: Алпина Паблишер, 2017. - 1018 с.
113
Do'stlaringiz bilan baham: |